Infocom.uz

O‘zbekistondagi IT mutaxassislarning daromadi

Ma’lumki har bir soha mutaxassislari o’z bilim ko’nikmalariga mos ravishda daromad topadilar. Ana shunday zamonaviy va rivojlanib borayotgan kasblardan biri bu IT sohasidagi o’z yo’nalishining mutaxassialaridir.

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” tomonidan IT sohasidagi bir qator mehnat bozorlarining tahlili olib borildi va bularga ko’ra:

  1. HeadHunter 771 ta,
  2. Ish ko‘p601 ta,
  3. IT-Market – 157 ta,
  4. OLX – 145 ta
  5. Fintech Jobs – 81 ta ish o‘rinlari aniqlandi.

Mazkur tahlillar natijalariga ko’ra jami 1755 ta vakansiya mavjudligi, bundan 377 ta vakansiyaning oylik maoshi ko’rsatilgani qolgan vakansiyalar esa suhbat davomida kasbiy mahorati va ish tajribasiga ko‘ra oylik maosh tayinlanishi o‘rganildi.

Ish beruvchilar tomonidan e’lon qilingan ish o‘rinlarining soni mehnat bozorlarida turlicha ko‘rinish kasb etadi. Yo‘nalishlar kesimida olib borilgan o‘rganishlar natijasida vakansiyalarning katta qismi HeadHunter ga to‘g‘ri kelayotganini hamda talab kuchli bo‘lgan yo‘nalish bu – dasturchilik ekanini ko‘rishimiz mumkin. 5 ta mehnat bozori bo‘yicha dasturchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlarining soni 969 tani tashkil etadi.

Ish tajribasi 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan dasturchilar uchun eng yuqori maosh taklif etilgan bo‘lib 28 mln.so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari:

Analitik (tahlilchi) – 25 mln. so‘m;
1C dasturchi24 mln. so‘m;
Project menejer – 13,5 mln. so‘m;
Dizayner – 13,2 mln. so‘m;
Axborot xavfsizligi mutaxassisi – 10 mln. so‘m;
IT mutaxassis va tizim administratori 8 mln so‘mni tashkil etyapti.

3 yildan 6 yilgacha ish tajribasiga ega bo‘lgan mutxassislar kasbiy mahorati yetarli darajada shakllangani va ish beruvchilarning talablariga javob berishi bilan ish tajribasi kamroq bo‘lgan mutaxassislardan farq qiladi. Ayanan shuning uchun ularga taklif etilayotgan maoshlar tajribasi kamroq bo‘lgan mutaxasssilardan farq qiladi.
Mazkur ish tajribasiga ega mutaxassilar uchun quyidagi oylik maoshlari taklif etilmoqda:

Dasturchi – 55 mln. so‘m;
1C dasturchi va Project menejer – 42 mln. so‘m;
Tahlilchi – 36 mln. so‘m;
Dizayner – 30 mln. so‘m;
Tizim administratori – 23 mln. so‘m;
IT mutaxassislar – 10 mln. so‘m.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top