Infocom.uz

O’zbekiston – Latviya: AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari

pic

Uchrashuvda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, jumladan O’zbekistondagi axborot texnologiyalari bo’yicha Uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar hamda Latviya Respublikasi PO kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O’zAAA dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va bozorini rivojlantirish bo’lim boshlig’i F.A’zamov O’zbekistonda AT-sohasining ahvoli va istiqbollari haqida so’zlab berdi. O’zbekistonda AT-Uyushma ish tajribasi va uni rivojlantirish bo’yicha istiqbolli rejalar haqida uyushmaning ijrochi direktori I.Abdullayev ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekiston va Latviya kompaniyalari o’rtasida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish borasida AT-mahsulotini yaratishning keng qamrovli masalalari yuzasidan hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.

Tadbir asnosida AT-mutaxassislari mamlakatlarning dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bozori ahvoli, shuningdek, mazkur sohani rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Qo’shma innovatsion loyihalarni venchur moliyalashtirishning ehtimoliy mexanizmlari, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida ta’lim muassasalari va AKT kompaniyalarining o’zaro hamkorligini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu uchrashuvning amaliy ahamiyatini yuqori baholab, dasturiy ta’minot sohasining qator yo’nalishlari bo’yicha kompaniyalar o’rtasida yanada hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,