Infocom.uz

O‘zbekistonning 1 raqamli rouming-operatori Ruminiyaning Orange kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan laoqlar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Bugungi kunda biz “Bilayn” abonentlariga butun jahon bo‘ylab 400 dan ortiq hamkorlar tarmog‘ida romungni taklif qilmoqdamiz. Bunda biz nafaqat rouming geografiyasini kengaytirish, balki qamrab olingan mamlakatlarda operatorlarning tanlash imkoniyatini taqdim qilish ustida ham ish olib bormoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Unitel abonentlari uchun uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top