Infocom.uz

Pingvinlarnikida mehmonda yoki Linux barcha uchun

I bob. Kirish

Kirish qismi odatda nima sababdan ushbu maqolaning yozilishini tushuntirish bilan o’tadi. Men ham shunday qilishga harakat qilib ko’raman. Birinchidan bu maqola Linux bilan qiziquvchi, lekin nimadan boshlashni bilmay turganlar uchun mo’ljallangan.
Kompyuteriga Linuxni qo’ymoqchi emas, lekin baribir ana shu OS haqidagi bilimlarni bir oz oshirmoqchi bo’lganlar, bundan tashqari men shu yetrda ko’tariladigan masalalar, izohlar va boshqa shu kabilarni oldindan ko’rsatib o’tmoqchiman.
Barchaga ma`lum bo’lgan uning hamma yo’nalishlarini, qo’shimchalari bilan mashhur Windowsdan boshqa qancha operatsion sistemalar mavjud. Juda ham ko’p, bu juda qiziqarli. Ammo oddiy foydalanuvchi ulardan ko’pchiligi bilan tanish emas. Bunga turlicha sabablar mavjud – qo’llanilishi maxsusligi yoki imkoniyati cheklanganligi, ular yozilgan platformalar imkoniyati yo’qligi sababli va shunga o’xshash. Ulardan ba`zilarini sanab o’tishga harakat qilib ko’raman: QNX, Unixning turlicha versiyalari (AIX, HP – UX, Free BSD, Solaris, Irix, NextStep, Linux, Net Ware, Mas OS), Hozirgi kungacha OS/2 va DOSlar ham mavjud bo’lib kelmoqda, bu juda ham hayratlanarli bo’lib ko’rinishi mumkin.

pic

Bu DOS

Boshqa mashhur bo’lmagan operatsion sistemalar ham mavjud (ular haqida [url=http://dmoz.org/Computers/Software/Operating_Systems/]http://dmoz.org/Computers/Software/Operating_Systems/[/url] va [url=http://www.cs.arizona.edu/people/bridges/os/full.html] [url=http://www.cs.arizona.edu/people/bridges/os/full.html[/url]]http://www.cs.arizona.edu/people/bridges/os/full.html[/url][/url] Html larga kirib bilib olish mumkin. Misol uchun Sylable OS yoki Atheos.

pic

Sylable OS

Ulvr soni bunchalik ko’pligi xatto mutaxassisni ham ajablantiradi. Bugungi kunda OSlar nima uchun yana bunchalik ko’p. Nima uchun yana yangilarini yozishga harakat qilishadi. Mening fikrimcha, bu juda oddiy. Odamlarda tanlash erkinligi kerak va ular shunga ega bo’lishni xohlaydilar.
Bu maqolamiz esa barcha uchun mumkin bo’lgan OSlardan biri Linuxga bag’ishlangan. Shuni ham aytish kerakki, uni tushunish osondir. Linuxni Internetdan yozib olish mumkin, do’kondan sotib olish yoki o’rtoqlaringizdan sotib olishingiz ham mumkin.
Linux haqiqiy Unix hisoblanadimi, uning bir turimi, undan kelib chiqqanmi yoki umuman aloqasi yo’qmi, buni maqolada muhokama etmaymiz. Bu asosiy maqsad emas. Asosiysi bu sistema bilan tanishib olish. Maqolada Linuxda ishlashning aniq bir usullari haqida gapirilmaydi. Bu haqda keyingi maqolalarda gap yuritilishi mumkin.
Bu sistemaga oxirgi yillarda kompyuter qiziquvchilaridan tashqari HP. IBM, Nowell va boshqa ulkan kompyuterlarning ham e`tibori kuchayib bormoqda.
Xakerlar uchun sistemadan (yaxshi ma`noda) sistemali administrator, dasturchi (programist), kompyuter tashabbuskorlari va komandali konsol boshqa qiziquvchilaridan u ajoyib foydalanish OS darajasigacha ko’tarildi. Undan Gollivud kompaniyasi o’z filmlarida har xil ta`sirchan holatlarni yaratish uchun foydalanadi.
Evropa shaharlar munitsipalitetlarida korxonalarda o’rnatadilar.
Ilmiy tashkilotlar uchun Linux allaqachon sevimli sistemalardan bo’lib qolgan, chunki uning asosida osongina ilmiy hisob – kitoblar, hisobotlar uchun klasterlar yaratish mumkin.
Shu bilan birga ta`lim tizimida ham keng foydalanib kelinmoqda. Ammo hozirgacha ko’pchilik oddiy foydalanuvchilar Linux faqatgina xakerlar uchun, juda kuchli dasturlar uchun yoki hech bo’lmaganda tajribali foydalanuvchilar uchun kerak, degan fikr bilan yashaydilar. Uning o’rnatilishining murakkabligi, komanda satrlari bilan ishlash zarurligi, rus tiliga o’tkazish qiyinchiliklari va bu operatsion sistemaning boshqa bosh og’riqlari – mana shular uning va oddiy foydalanuvchi o’rtasida turgan asosiy to’siqlar hisoblanadi. Yana biri shubhalanib, “Sizning sistemangiz uchun qancha dasturlar bor?” deb so’raydi. “OC Linuxni o’rganish uchun qaysi distributiv ko’proq to’g’ri keladi? ” – bu yana bir savol. “O’yinlar masalasida nimalar deya olasiz?”
Ana shu kabi ko’plab savollarning bir qismiga javob berish uchun maqolada Linux ning quyidagi distributivlarini ta`riflab o’tamiz:

Ark Linux – [url=http://www.arklinux.org]http://www.arklinux.org[/url] (1 CD). Red Hat Linux ga asoslangan.
SOT Linux – [url=http://www.sot.com/ru]http://www.sot.com/ru[/url] (1 CD) RedHat Linux tomonidan yaratilgan.
Mandrake Linux – [url=http://www.linuxmandrake.com]http://www.linuxmandrake.com[/url] (3CD) RedHat Linuxga asoslangan.
Blin Linux – [url=http://blin.zp.ua/]http://blin.zp.ua/[/url] – t.n. Linux – na – CD (180 Mb). RedHat Linux ga asoslangan.

Nima uchun aynan mana shu distributivlar?!
Bularni tanlashda asosiy talab OCning o’rgatilishi Windowsni o’rnatish bilan solishtirishganda osongina e`tibor berildi. Minusoid va Yuniksoidlar nuqtai nazaridan yaxshimi yoki yomonmi biz muhokama qilib o’tirmaymiz. (Debian, Slaekware, Redhat, Turbolinuxva boshqa distributivlar tarafdorlari bularni faqatgina bir oz eslab o’rganish uchun meni kechirarlar deb o’ylayman.) Bu sistema bilan tanishib olish yoki undan foydalanishga qaror qilgan foydalanuvchi inson nuqtai nazaridan menimcha, bu yaxshi. Barchaning ham Unixni yaxshi biladimi tajribali tanishlari yo’q. Yoningda biladigan inson bo’lsa, bu har doim ham yaxshi bo’ladi.
OC Linux haqida juda ham ko’p yozilgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun [url=http://www.linuxcenter.ru]www.linuxcenter.ru[/url], [url=http://www.linux.ru]www.linux.ru[/url] yoki [url=http://www.linux.org.ru]www.linux.org.ru[/url] larga kirib chiqish yetarli bo’ladi. Agarda siz bu maqolada o’z savollaringizga javob topa olmasangiz, OC haqida ko’proq bilishni yoki o’z kompyuteringizga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, ana shu saytlarga kirib chiqing.

II bob. LinusTorvalds – Linuxning otasi va yo’lboshchisidir

Insoniyatning ko’plab faoliyat turlari haqida afsonalar bor. “Bir kuni” ko’pgina voqealar tavsiloti shundan boshlangan. Bir kuni ikki talaba garajda kompyuter yig’adilar. Shundan boshlab masilar paydo bo’lgan. Yoki ajoyib bir frantsuz Paskal tili kompilyatorini yozadi, uni 49,99 dollardan sotib, Borcand kompaniyasini yaratadi.
O’zing haqingda afsonalar yarat. Xudolar ham shundan boshlaganlar.- shunday fikrni bildirgan bir vaqtlar polshalik yozuvchi Stanislav Eji Lets va u haqdir. Ammo kompyuter olimi darajasiga ko’tarilishga da`vogarlarning ko’pchiliklari hali ancha yoshlar, ularning birinchi qadamlari afsonalarga aylanishi uchun hali vaqt bor.
Hamma shundan boshlagan, Amsterdam universitetining professori Endryu Tannenbaum R.S. uchun Unix versiyasi Linuxni yozadi. Ba`zilarning aytishlaricha, buni uning o’zi kitobining illyustratsiyasi uchun – boshqa fikrlar bo’yicha esa – universitet uchun juda ham katta bo’lgan, Unix uchun litsenziyaning bahosi qimmatliligi sabab bo’lgan.

pic

Xelsinkidagi universitetning talabasi esa xobbi sifatida o’zining Linuxsini yozishga qaror qildi. O’sha 1991 yillarda Linus Torvalde buning oqibati nimalarga olib kelishini tasavvur qilganman!
Shunday qilib, 1991 yilning 5 oktyabrida Linuxning birinchi rasmiy versiyasi dunyoga keldi. (versiyasi – 0,02). Demak, shu kunni ana shu OSning tug’ilgan kuni deb hisoblash mumkin.

III bob. Turlar nazariyasi yoki deyarli Darvin ta`limoti bo’yicha

[url=http://www.linux.org]www.linux.org[/url] versiyasi bo’yicha Linux distributivlarining soni 180dan ortiqroq. Bu ko’pincha Unix dunyosidan uzoq bo’lgan insonlarni juda ajablantiradi. Nima uchun bunchalik ko’p. Turli xillik albatta yaxshi. Lekin ularni shartli ravishda quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin. (Mening guruhlarga ajratishim bilan yuqorida aytilgan saytlarda guruhlarga ajratish o’rtasida farq bor, lekin bu haqida keyinroq).
Minimolistik. Bir (ikki, uch) disketalarga sig’adigan distributivlar.
Asosan sistemani administrlashtirish (idora qilish uchun, hamda Linuxzasida routerlar va fayervaller tashkil etish uchun foydalanishadi. Tashib yuruvchi (Nositel)ning hajmi cheklanganligi sababli u faqatgina eng zarur dasturli va sistemali foydalanish to’plamlarini o’z ichiga oladi, bu esa ana shu distributivlarni Linuxni dastlab boshlang’ich o’rganishga imkon bermaydi.
Kiritiladigan sistemalar uchun Linuks distributivlari eng qiziqarlilari – Flight Linux (kosmik apparatlar bortidagi kompyuterlarda foydalanish uchun NASA tomonidan ishlab chiqilgan), BlueCat Linux (harbiy texnikalar uchun foydalaniladi).
Linuks CDda (Live CD). Instlyatsiya talab etilmaydi, ya`ni to’g’ridan – to’g’ri CD – ROMdan ishga solinadi. Kichik bo’lgan distributivlar mavjud – Demo Linux (http://demolinux.org), Damn Small Linux ( http:// [url=http://www.damnsmallinux]www.damnsmallinux[/url] org ), Bysantine OS(http://byrgl.sourceforge. net) Blin Linux ( [url=http://blin.zp.ua,]http://blin.zp.ua,[/url] bu distributivning asosiy farqi – rus tilida to’la ishlay olishidir), “cho’ntak” CD – ROMida sig’adigan (Pocket Sile CD -ROM), 185ga b hajmli yoki CD – vizitkalarga sig’uvchilari ham bor. (busepess card sise CD, hajmi 50 mb).
Oddiy shug’ullanuvchi CD-ROMlar ham bor, bu Knoppix (http://www.knopper.net/knoppix/ index-en.html, [url=http://www.knoppix.ru]http://www.knoppix.ru[/url]) Cool Linux (http:// [url=http://www.linux.rodniki.ru]www.linux.rodniki.ru[/url]) va boshqalar. Linukeni vinchesterga o’rnatib kiritib o’zini qiynab o’tirishni xohlamaydigan foydalanuvchilar uchun o’rganishni xohlovchilar uchun juda qulay hisoblanadi. Yagona bir qiyin tomoni – “to’g’ri” distributivni tanlay olish, ulardan distributivni tanlay olish, ulardan ko’pchiligi rus tilida ishlashni ta`minlamaydi
Bu guruhga 2 ip – disklarda bo’lgan kam sonli distributiv turlarini ham kiritish mumkin.
Standart Linuks distributivlari, ya`ni bu distributivlar shaxsiy kompyuter vinchestriga instalyatsiyalashtiriladi va asosiy yoki yordamchi OC sifatida foydalaniladi, ularning turlari juda ham ko’p, shuning uchun eng asosiylarini aytib o’taman:
RedHat (htp: // [url=http://www.redhat]www.redhat[/url] com.htp : //www.redhat.ru)
Mandrake (htp: // [url=http://www.linuxmandrake.com]www.linuxmandrake.com[/url])
Debian (htp: // [url=http://www.debian.org]www.debian.org[/url])

Suse ( http: // [url=http://www.suse.de]www.suse.de)[/url] )
Slackware ( htp: // [url=http://www.slackware.org]www.slackware.org[/url] )
TyrboLinux ( http: // www turbolinux.com )
Rossiyada yaratilgandistributivlarni alohida aytib o’taman. Bular ASP Linux ( [url=http://www.asplinux.ru]http://www.asplinux.ru[/url] ), ALT Linux ( [url=http://www.altlinux.ru]http://www.altlinux.ru[/url] )
Shaxsiy foydalanish uchun OC sifatida (desktop yoki work station) yoki server oci sifatida foydalanish mumkin.
Aniq bir asos “temirlar” uchun yaratilgan distributivlar (Mac, Xbox, Playstation 1/2, Alpha, Sparestation, ARM, ShChK) .
Ishlab chiqilishi, yaratilishida asosiy e`tibor xavfsizlik yoki OSning ancha o’ziga xos xususiyati, maxsus masalalarni hal etishga moslashtirilgan distributivlar.
10.
IY Bob. Boshqa linus, dasturlar qo’shimchalar haqida

Linux bepuldir.(aniqrog’i GPL – Gni Public License litsenziyasi bo’yicha tarqatiladi, u tijorat qo’llanilishi imkoniyatini bir muncha cheklaydi, lekin oddiy foydalanuvchi uchun bu litsenziya bilan beriladigan mahsulotlar bemalol deb aytish mumkin.). Demak, litsenziyali tomondan juda sof, Biroq tijorat versiyalari ham mavjud. Lekin ko’pincha shundaylari ham uchraydi: ASP Linux do’konda sotib olish mumkin.
Shu bilan birga siz firma tomonidan servis xizmatini ham olasiz. Shu bilan bir vaqtda uni tarmoq orqali yozib olish mumkin. Lekin bu holda firma yordamidan foydalanmaysiz. Bu ikki xil yo’nalish inson uchun shunday holatni yuzaga keltiradi.
(http://ixbt.stack.net/editorial/fishday/fishday-14.shtml, muallif: Vladimir Ribnikov)
“Gapni shundan boshlaymiz, uning “bepulligi” (ya`ni Linux – mening izohim) rasmiy ravishda osongina rad etilishi mumkin! Turli xildagi Unix har qanday nusxasini umuman bepul olish deyarli mumkin emas. Yoki siz Internetga kirganingiz uchun va ishlab chiqaruvchi serveridan distributivni yozib olish hajmiga pul to’laysiz (yoki buni sizning ish beruvchingiz o’zi to’laydi.
Siz bunchalik katta hajmdagi trafik zarurligi haqida unga yolg’onlarni gapirib aldaysiz) yoki bozorga borasiz va ana shu distributivni yozib olgan kimdir tomonidan yaratilgan SDni sotib olasiz.Biroq nima bo’lmasin shu baribir pul to’laysiz. Umuman olganda, xatto siz vinchestringizni olib o’rtog’ingiz oldiga kelib ISO – namunalarini o’zingizga umuman bepul yozib olgan taqdiringizda ham – baribir siz ularni kiritadigan toza “balvankalarga”” ham pul to’lashingizga to’g’ri keladi va bir ma`noda o’zingizning yozish sistemangizni ishlatish bilan ham “pul to’laysiz” . Biroq buni tan olish kerak. Haqiqatan xarajatlar ancha kam bo’ladi.
Yana nima desa bo’ladi? Bir qaraganda barchasi to’?ridek, biroqµumumantekingaintilish ko’pchilikning ongiga shunchalik singib ketganki, bu juda ham aniq narsalarni teskarisiga ko’rsatishga majbur etadi. Mening fikrimcha, o’rtasidagi bemalol turgan qo’ziqorin va mevalarni terish uchun ketayotgan inson yo’lga chipta sotib olib va savatcha sotib olsa ham, o’rniga ne`matlarni shuning uchun bepul hisoblaydi. Yana bir narsa, o’rto?ingizdan distributivlarni olib, sistemani o’rnatib olib uni yana qaytarib bersangiz nima uchun pul to’laysiz? Boshqa bir misol: Microsoft mahsulotlari bo’lgan CV-ROM ni 4000 so’mga sotib olsangiz – bu bilingki, “qaroqchilarniki” bo’ladi. Ammo bu diskda Linexning bir distributivi bo’lsa (ularni Toshkentda ko’plab sotiladi, notijorat versiyasi ko’zda tutilmoqda), – bu umuman qonuniy, haqiqiy nusxadir. Farqini his eting-chi!
“Аmmo aytib o’tilgan “texnik yordam” haqida esga olaylik. Bu termin yordam Windowsdan foydalanuvchilar ning hammalariga bepul va cheklanmagan muddatda ko’rsatilib keladi (ushbu OC versiyasining ” unsupported” qatoriga kiritilish paytigacha, bu esa odatda uch yildan avval sodir bo’lmaydi), u yana Linuxfoydalanuvchilarning hammasida imkoniyat yo’q; ko’pchilik hollarda pullik “korobkali” distributivni sotib olgandagina mumkin bo’ladi”.

Bu ko’proq haqiqatga o’xshaydi, biroqqarashga ham bo’gliq. Haqiqatan tijorat dasturli ta`minotni ta`minlab turish standart usuli nuqtai nazaridan bu to’gri. Linux esa, juda katta ishqibozlar tomonidan yaratilib va rivojlantirilib kelar ekan, (ular orasida yuqori darajali professionallar juda ko’p). Butun dunyoda erkin Dasturli ta`minot hamjamiyati ruhida juda kuchli qo’llab-quvvatlab kelinadi.
Aynan quyidagilar: linuksoidlar forumlari bilan ko’plab saytlar deyarli hamma yo’nalish rabotri bo’yicha hujjatlar, UUG – Linux USer Group sayti (Linuxdan foydalanuvchilar guruhi), ular Rossiyada ham juda ko’p (http://www.log.ru) va shu kabilar, bu erda har doim ham qiziktiruvchi masala bo’yicha yoki muammo bo’yicha javob topish mumkin.
OC distributivini turli paketlar bilan jamlash nuqtai nazaridan Linux Windowsdan nimasi bilan farq qiladi? Keling, o’zimizga Windows distributivini tasavvur qilib ko’ring.Uning instolyatsiyasi diskida sistemaning o’zidan tashqari ofis ham, Photoshop 4 darajasidagi grafik dastur (ko’pchilik GIMP ni 4ni fotoshopdan kuchliroq deb hisoblaydilar), bir necha brovzerlar, ICQ mijozlar, downCoad – menedjerlar, veb-serverlar, fayerval, arxivatorlar, ShChKdan ma`lumotlarni sinxronlashtirish dasturi, CD uchun yozish, audiomuharrirlar, o’n-o’n beshta o’yinlar bor. Bu ro’yxatning davom ettirsa ham bo’ladi. Shuni aytib o’tish kerakki, Windows distributivi – faqatgina birgina OSni o’zidan iborat bo’lmay, balki unda brovzer, pochta mijozi, oddiy matnli muharrir, xuddi shunday grafik muharrir, bir necha o’yinlar ham bor. Ammo dasturli ta`minot har doim ham qulay emas, biroq Linuxni o’z kompyuteriga o’rnatib foydalanuvchi barcha narsaga to’la ega bo’ladi, yuqorida aytib o’tilgan imkoniyatlarning barchasi mavjud, chunki uning distributivlari har doim ham juda yaxshi distributivlar to’plami bilan ta`minlangan bo’ladi.
Linux uchun dasturli ta`minlash haqida fikr yuritadigan bo’lsak, unda bu OC ga poligrafiya va buxgalteriyadan boshqa barcha faoliyat turlari uchun dasturlar mavjud. Bu yo’nalishlarda ham ahvol yaxshilanmoqda. Misol uchun IH: ProTect (http://11. W4b.ru) nomli loyiha mavjud, uni yaratishdan maqsad – 1C ga teng va u bilan matama`lumotlar darajasida mos keladigan buxgalterlik dasturini yaratishdan iborat bo’ladi. Linux uchun dasturlar haqida ko’proq ma`lumotlarni bilib olishni xohlovchilar uchun quyidagi ilovalarni taklif etish mumkin:
[url=http://www.linuxoid.ru/how_to/win-lin-soft.html]http://www.linuxoid.ru/how_to/win-lin-soft.html[/url] – dasturlar te- Windows va Linux-dasturlari mos kelishi jadvali bor sahifa bilan. [url=http://Sal.Kachinatech.com/]http://Sal.Kachinatech.com/[/url] – Linux uchun ilmiy dasturlar va faqatgina uning uchun emas.
[url=http://freshmeat.net]http://freshmeat.net[/url]
http:// [url=http://www.ibiblio]www.ibiblio[/url] org.

Y Bob. O’yinlar, o’yinlar, o’yinlar

Albatta ish uchun – bu eng asosiy si emas, biroq Linuxni tanqidchilari o’yinlar mavjudligi masalasidagi noaniqlikni ko’pincha sabablar, dalillardan biri sifatida foydalannadilar.
Aytaylik, qaysi darajada asosga ega bo’lgan bir fikr bor. “Pingvincha” mos keladigan o’yinlar juda kam. Agarda aniqroq aytadigan bo’lsak, Linuxga mos tushadigan o’yinlar juda ham ko’p emas va bu holat oxirgi paytlarda ancha yaxshilanmoqda. Shuni aytish kerakki, ko’plab o’yinlar bizda- kontrafaktlidir, ya`ni qaroqchilarniki. O’yinlarni tez-tez o’zgartirib o’ynaydiganlar buni esdan chiqarmasliklari kerak.

pic

Keling, bizning “pingvinlarimizga” qaytaylik. Biror bir narsa o’ynash xohishini qondirish uchun ushbu vaziyatda biz nimalarga egamiz.
[url=http://www.demo-files.com/linuxlist.php3]http://www.demo-files.com/linuxlist.php3[/url] – ana shu manzilga kirib, Linux uchun o’yinlar demo-versiyalarini topish mumkin va demak, ko’pchilik uchun muhim bo’lgan savolga javob topsa bo’ladi. Ana shu saytdan olingan ba`zi o’yinlar nomlarini aytib o’taman:

Unreal Tournament 2003 – Action
Return to Castle Wolfenstein: Enemy Territory
America’s Army: Operations 1
Uplink (for Linux) – Simulation
Monster Hunter – Arcade
Descent3 – Action
Sid Meier’s Alpha Centauri – TBS
Soldier of Fortune – Action
Heavy Gear II – Action
Heroes of Might and Magic III – RPG
Heretic II – Action
Parsec – Spacesim
Terminus – Spacesim
Space Gnats
GLTron – Arcade
Theocracy – RTS
Bzflag – Action
Railroad Tycoon II – TBS
Quake III Arena – Action

Eric’s Ultimate Solitaire – Puzzle
Civilization: Call to Power – TBS
Myth II: Soulblighter

pic
pic
pic

Juda ham qiziquvchan o’quvchilar uchun quyidagi saytlarni kiritishni tavsiya etaman. Yoki izlash sistemasida biror bir ” Linux dames” ga o’xshashni terib va bu masalani chuqurroq o’rganishlari mumkinligini aytib o’tish mumkin. [url=http://sourceforge.net]http://sourceforge.net[/url] ga kirish mumkin, – bu sayt erkin dasturni ta`minlash imkoniyati hisoblanadi, unda dasturlar bo’yicha va albatta o’yinlar bo’yicha ko’plab ma`lumotlarni topish mumkin. Bundan tashqari, bir necha Windows emulyatorlari bor, ular bu “xalq” operativ sistemasi dasturini Linuxda ishlatishga imkon beradi.

YI Bob. Boshlaymizmi?
Blin Linux
I Bobda aytib o’tilgan Linux distributivlarini ko’rib chiqishni Blin Linuxdan boshlaymiz, uning hajmi (disk tarzi) 180 mb bo’lib, rus tilida ishlaydi (+ inglizcha va ukraincha). Bunchalik hajmi katta bo’lmagan distributivdan foydalanuvchi nimalarga ega bo’ladi?
Bunda ancha jiddiy dasturlar to’plami bor. Bunda matn muharrirlari ham bor (brovzerlar, IGQ mijozi, pochta mijozi va boshqalar) O’yinlar bor, juda oddiy, lekin ular windowsdagidan ancha ko’proqdir. Sistemani va tarmoq qo’shimchalari bor. Media – pleyeri, Acrobat Reader, grafik fayllarni ko’rish dasturlari, komanda (obolochka)lari (ularsiz ham bo’lmaydi) , Desktopmepedlar sifatida windows makerdan foydalaniladi, u MS Windows foydalanuvchilari uchun ancha tanish bo’lsa ham shunga qaramay, disketa bilan ishlash unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Tajribali foydalanuvchilar nastroykalarni (tarmoqli misol uchun) disketada saqlab qolishlari mumkin.
Bu distributiv yangi boshlovchiga nimasi bilan foydali bo’lishi mumkin? Eng avval o’rnatish uchun hojat yo’qligi bilan (bu ko’pincha yangilikni o’zlashtirishda to’siq bo’lib qoladi.)
Mobilligi, chunki Linuxda ishlash va o’rganishni foydalanuvchidagi bor bo’lgan har qanday mashinada amalga oshirish mumkin.
Har qanday Linuxni – CD – disketaga kiritish qattiq diskdan sistemani zagruzka qilishdan ko’ra ancha uzoq davom etadigan jarayon bo’ladi. Bu juda ham tushunarli, chunki CD -ROM ning tezligi HDOning tezligidan ancha pastdir. Bundan tashqari lazerli diskdan faylni virtual diskka joylashtirildi. Bu esa shunday distributivlarning ajoyib xususiyati hisoblanadi. Ishlaysan, mashinani qayta zagruzka qilasan, bo’ldi. Hech narsani instolirovat qilish kerak emas. To’g’ri, mening fikrimcha, CD – da Linux bunday hajmda – baribir yangilar uchun o’rganishda juda ham yaxshi usul emas. Blin Linux juda ham ajoyib xususiyatlariga qaramay, baribir vinchesterga instolirovat distributivlar kabi ko’p sonli dasturlarga ega emas va albatta ko’pchilik ishlarni qo’lda bajarishga to’g’ri keladi, bu Linuxdan tajribali foydalanuvchini hech tashvishlantirmaydi, lekin yangilari uchun unchalik to’g’ri kelmaydi. Ana kategoriyadagi yana bir distributiv ham mavjud – bu Knoppx hisoblanadi – u ancha og’ir hisoblanadi – 1 “katta” CDdan iborat. Lekin Knoppx rus tilida qisman ishlaydi va shuning uchun ingliz tilini yaxshi bilmaydigan foydalanuvchilarga uni tavsiya etib bo’lmaydi. Aytgandek, xohlasangiz bu ikki distributivni ham qattiq diskka ko’chirib olish mumkin.
Ark Linux

Ark Linuxni kompyuterda o’rnatish juda ham oson. Sichqoncha bilan bir necha harakat qilib, barchasini tartib bilan bajarasiz va bo’ldi.
Birinchi ekran. Tilni tanlaymiz (afsus ruschasi yo’q, bu ham muammo emas, har qanday Linuxni ruschalashtirish mumkin, to’g’ri bu boshlovchilarning ishi emas). Klaviatura joylashishini tanlaymiz. (ruschasi ham bor) va vaqtinchalik zonani tanlaymiz.

pic

Keyingi ekranga o’tamiz – instolyatsiyasi turini tanlash – to’la (Sistem install) – Linuxni butun vinchesterga o’rnatish. Shu bilan birga ilgari unda nimalar bo’lgan bo’lsa barchasi yo’q qilinadi. Tez o’rnatish (express instale) – bu sistemani diskning boshqa OClari bo’lmagan bo’limlariga o’rnatilishi uchun kerak va nihoyat, uchinchi variant – parallel install, parallel o’rnatish. Diskning bo’sh joylaridan iborat qismi Linux uchun ajratiladi, shu bilan birga boshqa barcha sistemalar (Windows yoki Dos va boshqa barcha fayllar) to’la saqlanib qoladi.

Shundan keyin uchinchi ekranga o’tamiz, u juda oddiy bajaradi – o’rnatilish jarayoni borishini ko’rsatadi. To’g’ri, ARK Linuxning yaratuvchilari bu sahifada Tetris o’yinini qo’yganlar, shuning uchun poylab o’tirishni xohlamasangiz, o’rnatilish tugaguncha o’yin o’ynab vaqtni o’tkazish mumkin.

pic

Shundan 15-20 daqiqa keyin mashinani qayta zagruzka qilish qoladi, xolos va mana sizga Linux.

pic

ARK Linuxni o’rnatish oxirgi ekrani – tugmasini bosishgina qoldi. Birinchi marta ishga solishda tugmasini ko’proq bosishga to’g’ri keladi, chunki KDE (Linuxning deektop – menejerlaridan biri) boshlang’ich konfiguratsiyasini berish kerak bo’ladi va bo’ldi – ishlash mumkin.

pic

Dasturlar to’plami endi bu yerda ancha jiddiy, KDE, mening fikrimcha, Windows 2000\ XP desktonidan ancha yaxshiroq. Gap uning chiroyliligida emas. KDE juda ixcham, qulay sozlanadi va ishlatishda oson, qulay bo’ladi. (bu mening shaxsiy fikrim). Lekin ARK Linux va KDE lardan tashqari yana Open office ham bor, unga matn muharriri, jadval muharriri, taqdimot(prezentatsiya)lar tayyorlash dasturi va boshqalar bor, grafika, ovoz, yozish va CD ko’rsatish bilan ishlash uchun dasturlar bor. Internet – dasturlar to’la to’plami mavjud (brovzerlar, pochta dasturlari, ICQ mijozlari). Albatta o’z – o’zidan media – pleyerlar ham bor.
ARK Linux oddiy foydalanuvchiga mo’ljallanganligi aniq ifodalangan bo’lsa ham ishlab chiqaruvchilar uchun dasturlar ham mavjud. Ulardan biri – Qnanta – Veb – masterlar uchun dasturlar.

pic

Qnanta – HTML- koder uchun kuchli dastur.

Ushbu distributiv rus tili bilan yaxshi ishlaganda edi, uni boshlovchilarga Linuxning eng yaxshi versiyalaridan biri sifatida qo’rqmay tavsiya etish mumkin bo’lar edi. Lekin siz ingliz tilidagi interfeyslarga ega dasturlar bilan ham bemalol ishlasangiz АRK Linuxga ham e`tibor qaratishingiz mumkin bo’ladi.

pic

O’rnatilgandan keyingi ARK Linux standart desktoni, menyu, kongieror (veb – brovzer) va KSCD (CD pleyer)

pic

Mission Control – “control – panel” ARK Linux, barcha ustanovkalarni boshqarish bo’yicha nazorat markazi.

pic

Skrintot Synaptic bilan – dasturli, Sizning Linux – mashinangizni Internet orqali o’tkazish imkoniyatini beradi. Hamda GIMP – rasm chizish va tasvirlarni tahrir qilish dasturi va KMeSS (menejer – mijoz).

pic

Open office – Linux uchun to’la ofis, tekislangan true type shriftlari bilan ishlashni ta`minlaydi.

pic

KWordni uzatadi va PDF fayllarni tahrir qiladi.

3. SOT Linux
SOT Linux – SOT Oy Suomen Ohjelmistoty Ab fiktsatsiya kompaniyasi tomonidan chiqariladigan distributiv.
Bu firmaning Estoniya versiyasi 96 filiallari mavjud. Albatta, bu distributiv fin tili, ingliz va rus tillarida ishlashi tushunarlidir. U Windows NT/2000 dan foydalanuvchilari uchun nimasi bilan odatiyga o’xshaydi, biroq tashqi ko’rinishdan farqi ham bor.

pic

Tarmoq serverlarini sozlash.

pic

Tarmoqni sozlash

Bu distributivning imkoniyatlari Ark Linux diskidagiga o’xshash. (bu tabiiydir, chunki ularniki ikkalasi ham – bir diskli distributivlar va uyda foydalanishga mo’ljallangan.) Аmmo yana bir marta eslatib o’taman. Linuxni instalyatsiya qilishda o’rnatilgan dasturlardan tashqari har doim ham sizni qiziqtirgan u yoki bu dasturni topish va yozib olish mumkin. Misol uchun, Ab Word – kichik hajmga ega bo’lgan matn muharriri, lekin juda ham yaxshi ishlangan, uni ruslashtirish mumkin, lug’at va to’g’ri yozilishini tekshirish blokini o’rnatish mumkin. Yoki bo’lmasam Blender – 3D modellashtirish va animatsiya dasturini, Аrk Linux va SOT Linux ham eng tarqalgan Red Hat Linux asosida bo’lgani sababli o’rnatishga tayyor dasturni topish (uni o’zi kompilirovat qilmasligi uchun) juda oson, bu qulay, moslashgan ishni sistemasini tez qurish imkonini beradi.

pic

Blender modellashtirish va animatsiya – 3D dasturi interfeysi

pic

Foydalanuvchi interfeysidan tarmoqni sozlash

4. Mandrake Linux
Bu distributiv uchta CDni egalaydi. O’rnatish eng aniq dasturi. Bu ham tushunarli, chunki instalyatsiya qilishda sistemani har qanday ehtiyoj uchun o’zgartirib, to’g’rilab olish mumkin. Ishchi stantsiyasi sifatida, hammasini barobariga qo’yish ham mumkin va juda ajoyib imkoniyatga ega bo’lib ishlash Linuxni o’rganish mumkin.
Mandrake rus tilida juda ham yaxshi ishlaydi, shuning uchun ham ko’p bosqichli va to’la intolyatsiya qilish hech bir muammolarsiz o’tadi. Ammo unchalik katta tajribaga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga esa har ehtimolga qarshi tanish – bilishlarini chaqirishni maslahat beraman. Linuxni o’rnatganingizdan keyin siz windows – menejerlaridan birini tanlashingiz mumkin. Turli usullar bo’lishi uchun bu gap Gnome tanlab olindi.

pic

Gnome.

pic

Har doimgidek, kino ko’rsa ham bo’ladi.

pic

Mandrake Control Center foydalanuvchiga sistemani to’la sozlash imkonini beradi.

pic

Skrinshotda – ShChKni PC bilan sinxronlashtirish dasturi va raqamli kameralar bilan ishlash uchun dasturlar.
Dasturlar katta soni (har holda 3 CD ) foydalanuvchining talablarini deyarli to’la qondirish imkonini beradi. Mandrake – universal distributiv, uni Linuxni o’rganish uchun ham, ishlash uchun ham uy mashinasi uchun OC sifatida ham bemalol tavsiya etilgan bo’ladi.
Xulosa sifatida nima deyish mumkin? Turli distributivlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan Linuxning barcha kuchli tomonlariga va ko’payishiga moslashuvchanligini saqlab qolgan holda “do’stonalik” yo’nalishida juda jiddiy ishlar amalga oshirildi, Windowsda ham ishlash mumkin, komandali ham ishlasa bo’ladi.
Barcha tomonlarini hisobga olib sistemani o’zi uchun moslashtirib olish mumkin. Bu linuxni hozirgi sharoitlarda juda ajoyib, qiziqarli sistema bo’lishiga imkon beradi. Shu bilan birga boshlovchilar uchun distributlar bilan cheklanmaydi, bu esa ushbu maqoladan ham ko’rinib turibdi. Boshqa, e`tiborga loyiq distributivlar ko’rib chiqilmadi: ASP Linux, ALT Linux, SuSe (u Germaniya va Evropaning boshqa mamlakatlari davlat idoralarida keng qo’llaniladi)
P.S. Mening Linux bilan tanishishim va ishlashim 1994 yili boshlandi. Xuddi shu vaqtda men O’zbekistonda Sun Microsystems ishchi stantsiyalarini yetkazib bergan “Ochiq texnologiyalar” QK ga ishga o’tdim. Solaris, Nextsterlarda ishladim. Keyinchalik Irixda ishladim. Linux bilan yaqin tanishishim 1996 yilda boshlandi. Bo OC bilan ishlashda hech ham qiyinchiliklar sezmaganman.
Menga quyidagilar yanada ko’proq yoqadi:
“Siz bizning GNU\ Linux dasturli ta`minotimizni Siz qanday ma`qul hisoblasangiz shunday tarqatishingiz mumkin. Qancha ko’p nusxalar xohlasangiz shuncha nusxa oling. Tarqating, had`ya eting, soting ularni, Internet orqali almashing. Erkin dasturli ta`minlashni erkin tarqatilishini biz ma`qullaymiz.
Siz bizning GNU\Linux dasturli ta`minotimizni bemalol o’zgartirishingiz mumkin. Biz barcha GNU\Linux qo’shimchalar uchun asosiy, dastlabki kodlarni beramiz va buni xatto qo’llaymiz. Agarda siz ularni o’rgatib yoki o’zingizga yoqqaniga tuzatib olsangiz hursandmiz. Bizning mahsulotlarimizni olib, Sizga mos keladigan qilib sozlang yoki biz yaratganni olib o’z loyihalaringiz uchun asos qilib foydalaning.” (BuLojitata SOT Linuxni ishlab chiqqan SOT Oy Syomon Ohjelmis Toty – kompaniyasining sayti – www sot. com. rasmiy saytidan olingan.
Matn Abi Word tahrirchisida terilgan. (freeware, http: // [url=http://www.abisource.com.)]www.abisource.com.)[/url]

pic
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top