Infocom.uz

Poletim.uz – Beeline Club bonusli dasturining yangi ishtirokchisi

“Kompaniyamiz O‘zbekiston telekom-bozori yetakchilaridan biri bo‘lib, Tarmoqda biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Poletim.uz – mutlaq sayt orqali faoliyat olib borishga ixtisoslashtirilgan o‘ziga xos birinchi aviakassa bo‘lib, o‘z o‘rnida UZ milliy domenining Internet-festivali doirasida yil ixtirosiga aylandi”.

Poletim.uz tez va qulay onlayn-bron qilishni va “O‘zbekiston Havo Yo‘llari”, “Aeroflot”, “Turk Havo Yo‘llari», “Aerosvit” (Ukraina), “Eyr Astana” (Qozog‘iston) va boshqa aviakompaniyalarning qog‘oz hamda elektron chiptalarini sotishni taklif qiladi.

“Biz Beeline Club kabi yirik dastur bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz – deydi Poletim.uz loyihasining rahbari Alisher Najmitdinov. – Kompaniyalarimiz www.otdohnem.uz sayti tomonidan taqdim qilingan turistik biznes yo‘nalishi bo‘yicha ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, mijozlarimizga safarlarda “Bilayn” aloqasidan foydalanishni tavsiya qilamiz, chunki aynan O‘zbekistondagi 1 raqamli rouming-operator butun dunyo bo‘ylab eng keng geografik qamrovni ta’minlaydi”.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz va www.poletim.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top