Infocom.uz

Qiziqarli fAKTlar. eBay intеrnеt-auksioni

eBay Inc. — Amerika kompaniyasi bo‘lib, bir zumlik to‘lovlar evaziga internet-auksionlari (asosiy faoliyat maydoni), internet-do‘konlari sohasida xizmatlar taqdim etadi. eBay.com veb-sayti va ko‘plab mamlakatlardagi mahalliy versiyalarini boshqaradi, u PayPal kompaniyasining egasidir.

Rivojlanish tarixi

1995-yil 4-sentabrda San-Xose (Kaliforniya shtati)da dasturchi Per Omidyar o‘z veb-saytining bir qismi sifatida AuctionWeb nomli onlayn auksionini yaratdi.

eBayning qanday yaratilganligi tarixi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot mashhur bo‘lib qolgan. U Perning qallig‘i PEZ o‘yinchoq-dozatorlarini boshqa kolleksionerlar bilan almashtirishi imkoniga ega bo‘lishi uchun yaratilgan bo‘lib, 1997-yilda kompaniyaning jamoatchilik aloqalari bo‘yicha menejeri tomonidan o‘ylab chiqarilgan va keyinchalik kompaniya tomonidan ham tasdiqlangan.

Dastlabki AuctionWebning sotilgan predmeti Omidyarning buzilgan lazerli ko‘rsatkich tayoqchasi bo‘lgan, unga 13,83 USD haq to‘langandi. Xaridor bilan bog‘lanib, Per undan qiziqib, «Siz lazerli ko‘rsatkich tayoqcha buzilganligini tushundingizmi?» — deb savol jo‘natdi. Xaridor javob xatida: «Men buzilgan lazerli ko‘rsatkich tayoqchalarni jamlovchi ishqibozman» — deb yozdi.

Dastlabki vaqtda AuctionWeb butunlay bepul faoliyat ko‘rsatardi, keyinchalik sotuvchi va xaridorlarni qiziqtira boshladi. 1995-yilning oxirida mazkur sayt orqali minglab auksionlar o‘tkazila boshlandi.

1995-yilda Per Omidyar tomonidan ishlab chiqarilgan auksion ish tamoyillarini belgilaydigan va hozirgi davrga qadar amal qilib kelayotgan eBay auksionida:
• «Asosan barcha odamlar to‘g‘ri ko‘ngil»
• «Har kim o‘z hissasini qo‘shishi mumkin»
• «Ochiq jamiyatda odamlar o‘zlarining yaxshi xislatlarini namoyon etadilar» — degan tayanch qoidalari o‘rnatildi.

Bugungi kundagi kompaniya nomi 1997-yilda berilgan. Dastlab Omidyar Echo Bay Technology Group konsalting kompaniyasi bilan aloqani saqlash niyatida saytni Echo Bay Technology Group deb nomlamoqchi bo‘lgandi. Biroq EchoBay.com domen nomi Echo Bay Mines oltin qazuvchi kompaniyaga tegishli edi, shu bois, nom qisqartirib, eBay.com ko‘rinishini oldi.

Keyingi yillarda eBay jismoniy va yuridik shaxslar foydalanadigan «burga bozori» tusidagi «S2S» savdo maydonidan «B2C» platformasigacha rivojlandi.

Biznes-model
eBayning asosiy maqsadi istalgan tovarni sotish uchun sotuvchilarga internet-platforma taqdim etishdir. eBay firmasining o‘zi xaridor va sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzishda vositachi rolini bajaradi, xolos. Tovar to‘lovi va uni xaridorga yetkazishda eBay ishtirok etmaydi. Sotuvchilar platformadan foydalanganligi uchun badal to‘laydilar, odatda, taqdim etilgan lotlar va mulklarga qo‘yilgan foizlardan daromad oladilar. Xaridor uchun eBaydan foydalanish bepul. eBay to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo hajmidan daromad oladi. Savdoga eBay filiali joylashgan mamlakatdagi amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan va eBay qora ro‘yxatiga kiritilmagan istalgan mulkni savdoga qo‘yishga ruxsat berilgan.

Sotuvchi savdoda uch modeldan birini tanlash imkoniniga ega: Auksion savdosi ingliz tilida — Online Auction.

Ushbu savdo usuli eBayga muvaffaqiyat keltirdi. Sotuvchi lotning boshlang‘ich narxini, savdo boshlanishi vaqtini va uning davomiyligini ko‘rsatadi. Barcha qiziquvchilar istagan paytlarida ushbu lotga ma’lum narx qo‘yishlari mumkin, biroq ushbu narx boshqa xaridorlar tomonidan oshirilishi mumkin. Mavjud narxlar bilan istalgan paytda tanishish mumkin. Auksion yakunlanishi paytida narxi eng baland bo‘lgan ishtirokchi tovarni xarid qilish huquqini oladi. Xaridning yakuniy narxi maksimal narxga teng emas, balki narxning kattaligiga bog‘liq bo‘lgan kattaligi bo‘yicha ikkinchi narxdan bir inkrementga (misol uchun, 10 USD narx qo‘yilganida 500,00 dan to 999,99 USD gacha) ortiq bo‘ladi. Shunday qilib, eBay auksioni ikkinchi narx (Vikri auksioni xususiy holati) bo‘yicha sotadi.

Aniq bir — narx bo‘yicha sotish ingl. Fixed Price
Sotuvchi o‘z tovarini ma’lum vaqtgacha (savdo oxirigacha) oldindan ko‘rsatilgan narxda taklif etadi (Buy It Now). Ko‘rsatilgan narxni to‘lashga rozi bo‘lgan savdoning birinchi ishtirokchisi xarid qilish huquqini oladi. Aniq narxda va auksionda aralash sotish mumkin.

Reklama e’loni ingl. Ad Format
Sotuvchi eBay veb-sayti bo‘limida namoyish etiladigan muddatsiz e’lon yaratiladi, unda faqat ushbu sotuvchining lotlari joylashtiriladi. eBay Shop deb ataluvchi mana shunday bo‘limlarda sotuvchi amal qilish muddati tugashi ko‘rsatilmagan e’lonlar berishi mumkin. Ushbu bo‘limda qo‘shimcha ushbu sotuvchining shu paytda auksionda yoki qayd etilgan narxda sotilayotgan tovarlari ko‘rsatiladi.

eBay shartnoma tuzishni va bajarishni yengillashtirishga imkon beruvchi qo‘shimcha xizmatlarni taklif etadi. Xususan, ularga Skype VoIP-tizimi va PayPal onlayn-to‘lovlar tizimi kiradi.

Kompaniyaning joriy biznes-strategiyasi — xalqaro savdolar soni oshishi hisobiga daromadning o‘sishidan iborat. eBay hozirgi kunda 20dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan, Xitoy va Hindistonda ish olib boradi. eBay hozircha muvaffaqiyatga erisha olmagan yagona mamlakat — bu Yaponiya, bu mamlakatda onlayn-auksionlar bozorida deyarli monopoliyali Yahoo kompaniyasi ustunlik qiladi.

eBay Developers Programm’da ro‘yxatdan o‘tgan DT loyihachilari auksion bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlab o‘z dasturlarida eBay API dan foydalanishlari mumkin.

Biznes-modelining samaraliligi sababi
Geografik to‘siqlarning yo‘qligi bois — sotuvchi va xaridorlar dunyoning istalgan nuqtasidan eBay savdosida ishtirok etishlari mumkin, buning uchun Internet tarmog‘iga ulanish yetarli. Bu sotuvchilar/qo‘yiladigan lotlar sonini va xaridorlar/qo‘yilgan narxlar sonini oshiradi.

Til to‘siqlarning yo‘qligi sababli — auksion savdosida turli tillarda ishtirok etish mumkin. Ko‘pchilik mamlakatlar auksionning shaxsiy, lokal filiallariga egalar, misol uchun, Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiyalar, Ispaniya, Avstraliya va bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin.

Vaqt chegaralari yo‘qligi — eBay da tovarlarga kun davomida 24 soat, hafta davomida 7 kun narx qo‘yish mumkin. Lotlar o‘z navbatida, izlash, tanishish va xarid qilish uchun yetarli muddat — 10 kungacha davrga qo‘yilishi mumkin.

Xaridorlar soni ko‘pligi — auksionlarga tashrif buyuruvchilarga nisbatan arzon narxlarda taqdim etilayotgan ko‘p sonli turli tovarlar taqdim etiladi. Bu yerda offlaynda sotib olish deyarli mumkin bo‘lmagan nodir, kolleksiya buyumlarini ham topish mumkin.

Sotuvchilar soni ko‘pligi — tovarlarni joylashtirishga kam xarajatlar, katta xaridorlar auditoriyasi, eBay auksioni servisidan foydalanish oddiyligi ham sotuvchilar uchun foydali, qulay. Bundan tashqari, har bir ishtirokchi sotuvchi bo‘lishi mumkin.

Modelning multiplikatsiyali natijasi — xaridorlar soni o‘sishi sotuvchilar soni o‘sishiga olib keladi, sotuvchilar soni o‘sishi xaridorlar soni o‘sishini rag‘batlantiradi. Mana shu holat eBay.com butun dunyoda rivojlanishni ta’minlaydi.

Internet-auksionlarning an’anaviylardan farqli tomoni
Internet-auksionlari, ya’ni «onlayn auksionlari» Internet vositasida tashkil etiladi. Internet-auksionlarning odatiy, an’anaviylardan farqli tomoni shundaki, internet-auksionlari xaridorlar shaxsan emas, masofadan turib ishtirok etishlari asosida o‘tkaziladi. Ularda yer kurrasining istalgan uzoq manzillaridan turib ishtirok etish, auksionning internet-saytida yoki maxsus kompyuter dasturida savdo jarayonini amalga oshirish mumkin. Internet-auksionining tugash vaqtida, odatiy, an’anaviylardan farqli ravishda, mulkni savdoga qo‘yishi paytida sotuvchining o‘zi tomonidan belgilanadi. An’anaviy auksionlarda esa mulkka qo‘yilgan auksion narxi o‘sib borar ekan kurash davom etadi. Internet-auksioni yakunlanishi bilan xaridor pul mablag‘ini sotuvchiga o‘tkazishi shart (juda oz hollatlarda, masalan — mulkni shaxsan kelib olib ketganlarida— naqd pul to‘laydilar), sotuvchi esa mulkni pochta orqali har qanday mamlakatga jo‘natishga majbur bo‘ladi. Savdoning boshida sotuvchi tomonidan chegaralar ko‘rsatiladi. Internet-auksioni elektron tijoratning bir qismi hisoblanadi.

Bahaybat predmetlar
eBay auksionida sotilgan eng yirik predmetlardan biri Yangi Angliya shahri hokimiyati, bunday yodgorlikning hech kimga keragi yo‘q deb qaror qilganlaridan so‘ng savdoga qo‘yilgan ikkinchi jahon urushi davridan qolgan suvosti kemasi-submarina bo‘ldi.

Аmalga oshmagan yirik auksion
Аuksionda qo‘yilgan eng yirik predmetlardan biri bu samolyotlar uchishi yoki qo‘nishi uchun moslashgan bahaybat harbiy kema edi. Braziliyalik lot egasi eBay Motors da o‘zini ma’lum qilmagandi.

G‘alati predmetlar
• 50 000 yoshlik mamont. Bahaybat mahluq 2004-yilda, uni saqlash uchun joy etarli bo‘lmaganligi sababli nemis sotuvchisi tomonidan qo‘yilgandi va Ј61 000 narxga sotilgandi. Ekspertlar ta’kidlashicha, bu bizgacha yetib kelgan jahondagi mamont skeletlaridan biri bo‘lib, 90 % jonivor suyaklaridan tuzilgandi.
• Suv, Elvis Presli 1977-yilda Shimoliy Karolinadagi kontsertga o‘zi bilan olgan idishda qolgan bo‘lib, uni $455 narxga sotishga erishganlar.
• Kaliforniyadagi Brijvill shahri uch marta auksionga qo‘yilgandi. 2002-yilda $1,77 millionga sotildi, biroq «sotib olingan mulk»ni ko‘rib chiqqanlaridan so‘ng xaridor o‘z fikridan qaytdi. 2006-yilda uni yana bir bor auksionda $1,75 millionga narxlab, xaridorlarga taqdim etdilar. 2007-yilda shaharning navbatdagi egasi uni $1,3 millionga bir necha oy sotishga harakat qildi.

Tanqid
eBay auksionida nisbatan juda kam bo‘lsada, tovlamachilik va qalloblik hodisalari bo‘lib turadi. eBay foydalanuvchilari reytingi tizimi tovlamachilik va qalloblikni bartaraf etishda muhim mexanizm bo‘lib hisob-lanadi. Sotuvchi va xaridor har bir savdo jarayoni amalga oshirilganidan so‘ng o‘z hamkorlari to‘g‘risida uning reyting (angl. reference)giga ta’sir etuvchi fikrlarni bayon etib qoldirishlari mumkin. Reytingning uch varianti mavjud: «ijobiy», «salbiy», «neytral». Unda amalga oshirilgan savdo to‘g‘risida qisqacha sharh taqdim etiladi. Tovlamachilik va qalloblik holatlari yuzaga kelganda sotuvchi yoki xaridor eBayga shikoyat qilishi mumkin, shuningdek, hamkorga ta’sir etuvchi yuridik metodlardan ham foydalanish mumkin. Biroq ko‘pchilik holatlarda savdoning kichik bahosi evaziga ham faqat eBay reytingi tizimidan foydalanadilar.

Reyting tizimining kamchiliklaridan biri yirik va kichik savdo jarayonlari bir xil baholanadi. Bu hol yangi xaridorlarni chalg‘itishi mumkin. Oddiy misol: sotuvchi $1 narxga ega telefon kabelini sotib, xaridorga vaqtida yetkazgan bo‘lishi va ijobiy natijaga erishib, reytingda baholanishi mumkin, u $500 narxli qimmatbaho mulkni, masalan, telefonni savdoga qo‘yib, pulni olib, egasiga hech narsa jo‘natmasligi mumkin. Shu sababli sotuvchi-lot egasi ilgari nima sotganligini yaxshilab o‘rganish zarur.

Sellme.uz — internet-auksioni O‘zbekistonda
Aytgandek, www.ebay.uz domeni eBay International AG kompaniyasi (to‘g‘rirog‘i, eBayning Germaniyadagi vakolatxonasi) da qayd etilgan. Shunday ekan, eBay internet-auksionining o‘zbek tilidagi versiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Bizning O‘zbekistonda sotish va sotib olishga bag‘ishlangan saytlar yoki «E’lonlar taxtasi» juda ommaviy bo‘lib hisoblanadi. O‘znetning eng ommaviy sayti ham www.torg.uz bo‘lib hisoblanadi. Aslida u internet-auksion emas.

Mamlakatimizda internet-auksion yaratishga bir necha bor urunib ko‘rilgan.

Mana yaqinda SellMe.Uz internet-auksioni loyihasi yaratildi.

Sellme.uz — internet-auksioni O‘zbekistonda. Endi o‘z mahsulotingizni onlayn auksion-savdosi orqali sotish yoki sotib olishingiz mumkin. Onlayn auksion savdosi orqali mahsulotni sotish yoki sotib olish savdo sohasida eng tejamkor usullardan biri deb hisoblaydi — «SellMe.Uz maydonida buni tez va shodon amalga oshirish mumkin» loyihasining yaratuvchilari. Nima ham derdik, buni vaqt ko‘rsatadi.

Batafsil ma’lumotlar bilan www.sellme.uz saytida tanishish mumkin.

Mazkur maqolani tayyorlashda http://ru.wikipedia.org materiallaridan foydalanildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top