Infocom.uz

QIZLAR, ONALAR VA BUVIJONLARNING INTERNET OLAMIDAGI YUTUQLARI

Barcha tanlov qatnashchilari tashkilotchilar va mehmonlar tomonidan diplomlar va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Rasmiy marosimda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori Nig‘matulla Mo‘minov, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farida Akbarova, BMT Rivojlanish Dasturining “O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish” loyihasi rahbari Vadim Navotniy so‘zga chiqdilar.

Farida Akbarova festival qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi, AKTning ayollar hayotidagi, xususan, ish, ta’lim, oiladagi va ayniqsa, kelajak avlod tarbiyasidagi o‘rnini qayd etdi. U festivalni o‘tkazish tarixi haqida, “O‘zbekiston Internet malikasi” (Internetda ma’lumotni tez topish qobiliyati) on-layn viktorinasida, arizalarni baholashdagi ishtirokidan olgan taassurotlari haqida batafsil fikr yuritdi.

Tanlov haqidagi axborot, qatnashchilar va g‘oliblar to‘g‘risidagi malumot quyidagi saytlarda [url=www.uzsci.net]www.uzsci.net[/url], [url=www.connect.uz]www.connect.uz[/url], [url=www.ictp.uz]www.ictp.uz[/url], [url=www.kamolat.uz]www.kamolat.uz[/url], [url=www.if.uz]www.if.uz[/url], [url=www.infocom.uz]www.infocom.uz[/url] yoritilgan.

Xotin-qizlar Internet festivali xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida tashkil qilingan bo‘lib, fevral oyining oxirida Internetda e’lon qilingan edi. Festivalda qatnashish uchun qizlar, onalar, buvilar taklif etilgan edi. Festivalning maqsadi O‘zbekiston xotin-qizlarining keng doirasiga kompyuter va Internet imkoniyatlarini namoyish qilishdir. Tanlovda qatnashib, ishtirokchilar kundalik hayotda, o‘quv, kasbiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va maishiy maqsadlarda kompyuter va Internetdan qanday foydalanishni bilib oladilar.

Festivaldan quyidagi natijalar ko‘zda tutilgan:

• Axborot kommunikatsiya imkoniyatlari bo‘yicha asosiy malakalar va bilimlarga ega bo‘lgan xotin-qizlar;

• Viloyatlardagi kundalik hayotda axborot texnologiyalaridan ijodkorona foydalanish malakalariga ega bo‘lgan eng qobiliyatli va istiqbolli xotin-qizlarni aniqlash;

• Xotin-qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi imkoniyatlarining ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishi;

• Xotin-qizlar tomonidan milliy tillarda yaratilgan veb-saytlar va elektron manbalar.

Festival qatnashchilari qatorida maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi, talabalari va o‘qituvchilari, menejerlar, mutaxassislar va nafaqadagilar bor. Festivalda qatnashish uchun 150 ta ariza qabul qilindi.

Axborot texnologiyalarining xotin-qizlar hayotidagi o‘rniga bag‘ishlangan “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo‘yicha 30 ta ariza qabul qilindi.
O‘zbekiston xotin-qizlariga bag‘ishlangan “Eng yaxshi sahifa” nominatsiyasi bo‘yicha 30 ta ariza qabul qilindi.

“Kasb faoliyatida kompyuter va Internet dan unumli foydalanish” nominatsiyasi bo‘yicha 44 ta ariza qabul qilindi.

pic
“O‘zbekiston Internet malikasi” (Internetda ma’lumotni tez topish qobiliyati) nominatsiyasi bo‘yicha on-layn viktorina va “Pazandachilik yoki chevarchilikda Internetdan unumli foydalanish” nominatsiyasi bo‘yicha yarmarka o‘tkazilib, bunda Toshkent, Qarshi, Andijon, Nukus, Namangan va Farg‘onadan ishtirokchilar qatnashdilar. “O‘zbekiston Internet Malikasi” (Internetda ma’lumotni tez topish qobiliyati) nominatsiyasida qatnashish uchun 36 ta ariza qabul qilindi. 24 ta ishtirokchi qatnashdi. Viktorina “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi”, “Kamolot” O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, “InfoCOM.UZ” axborot tahliliy jurnali, BMT Rivojlanish Dasturining “O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish” nomli loyihasi vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Barcha qatnashchilar viktorinada qatnashish uchun oldindan elektron pochta yordamida ro‘yxatdan o‘tdilar va viktorina ma’muridan taklifnoma oldilar. Viktorinada 8 mart bayramiga taalluqli, iqtisodning turli sohalarida yuksak natijalarga erishgan ayollarning faoliyatiga doir savollar berildi. Qatnashchilarning va mehmonlarning ba’zilari onlayn viktorinada birinchi bor qatnashdilar, shuning uchun kompyuter hamda Internetning imkoniyatlari ularda katta taassurot qoldirdi. Quyida ularning ayrim fikrlarini keltiramiz.

“Tanlov tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Menga viktorina juda yoqdi, u juda qiziqarli va foydali bo‘ldi, uning yordamida men ko‘p foydali ma’lumot oldim va bu ma’lumotlar xotiramda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bunday loyihalar va ajoyib tanlovlar o‘tkazilgani uchun rahmat” – 34-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Zeynep Abdurahmanova, Namangan.

“Viktorina yordamida biz AKT sohasidagi o‘z bilim darajamizni bir pog‘onaga oshirdik. Men axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni o‘rgandim. Qizlar o‘rtasida bunday viktorinalar, kelajak rejalarni amalga oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Viktorina menda juda katta taassurot qoldirdi. Maktab o‘quvchilari uchun bunday tanlovlarni o‘tkazish o‘quvchilarda axborot texnologiyalariga qiziqishini yanada oshiradi” 10-sinf o‘quvchisi Dilshoda Rasulova, Marg‘ilon.

“Pazandachilik yoki chervarlikda Internetdan unumli foydalanish” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov ham bayramona muhitda o‘tkazildi. 200 dan ortiq ishtirokchilar va mehmonlar qatnashdi. Yarmarka viloyatlarda “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi”, “Kamolot” O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, “InfoCOM.UZ” axborot tahliliy jurnali, BMT Rivojlanish Dasturining “O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish” loyihasi vakillari ishtirokida baholandi.

“Bu tanlov tufayli men o‘z dunyoqarashimni kengaytirdim. Men pazandachilik va uy-ro‘zg‘orga oid yangi saytlar haqida bilib oldim. Yangi taomlarni tayyorlashni o‘rgandim. Xotin-qizlar bunday tanlovlarda faolroq ishtirok etishini xohlar edim. Menda hatto nafaqadagi ayollar uchun kompyuterni va Internetda ishlashni o‘rganish bo‘yicha klub tuzish rejasi tug‘ildi”, Andijonlik nafaqadagi ishtirokchi Valentina Karimova..

pic
Xotin-qizlar Internet festivali g‘oliblari:

“Axborot texnologiyalarining xotin-qizlar hayotidagi o‘rniga bag‘ishlangan eng yaxshi rasm” nominatsiyasi. Bunda kompyuter grafik dasturi yordamida, Internetdan olingan g‘oya asosida chizilgan yoki yaratilgan, qog‘ozda chizilib, skaner yordamida nusxasi olingan rasmlar qabul qilindi.

Birinchi o‘rinni xotin-qizlarning kundalik hayotida kompyuter va Internetning imkoniyatlarini taqdim etish g‘oyasi va dizaynining o‘ziga xosligi hamda ijodiy yondashishi uchun Qarshi shahar kompyuter kollejining birinchi bosqich talabasi Gatina Iskraning “Qani oyna, ayt-chi menga” rasmi- [url=http://connect.uz/img/proj/8-marta_festival_1.jpg]http://connect.uz/img/proj/8-marta_festival_1.jpg[/url] egalladi.
Ikkinchi o‘rinni o‘ziga xos, ijodiy yechim va xotin-qizlar faoliyatining turli sohalarida Internet imkoniyatlaridan foydalanishning o‘ziga xos ijrosi va dizayni uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 17-maktabning rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Madina Berjanovaning “Internet har doim yordam beradi” rasmi- [url=http://connect.uz/img/proj/Madina.jpg]http://connect.uz/img/proj/Madina.jpg[/url] egalladi.

Uchinchi o‘rin xotin-qizlar hayotida kompyuter va Internet o‘rnini taqdim etishning qiziqarli hamda o‘ziga xos g‘oyasi uchun Farg‘ona shahar 40-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Mariya Bekembayevaning rasmi – [url=http://connect.uz/img/proj/mariya.jpg,]http://connect.uz/img/proj/mariya.jpg,[/url] Internetning imkoniyatlaridan qiziqarli va o‘ziga xos tarzda tasvirlangani uchun Toshkent shahar 284-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Baxora Shodievaning rasmiga- [url=http://connect.uz/img/proj/Shadieva_Bakhora.jpg]http://connect.uz/img/proj/Shadieva_Bakhora.jpg[/url] berildi.

“O‘zbekiston xotin-qizlariga bag‘ishlangan eng yaxshi veb sahifa” nominatsiyasi. Qizlar yoki talaba qizlar, onalar hamda buvilar uchun qiziqarli bo‘lgan mavzuda quyidagi yo‘nalishlarda yaratilgan veb sahifa: ta’lim, salomatlik, pazandalik, chevarlik, tarbiya, oila, ijod, gulchilik va boshqalar.

Birinchi o‘rin yangiligi, Zulfiya hayot davri va ijodini aks ettiruvchi o‘ziga xos dizayn, mazmunning to‘liqligi va o‘ziga xosligi uchun Toshkent shahar 300-maktabning ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Umarova Nigoraning Zulfiya sayti – [url=http://zulfiya.edunet.uz]http://zulfiya.edunet.uz[/url] uchun berildi.

Ikkinchi o‘rin o‘ziga xos dizayni va mazmuni uchun Farg‘ona shahar 2-maktab o‘quvchisi Viktoriya Kuchmenkoning shaxsiy sayti – [url=http://buka.connect.uz/]http://buka.connect.uz/[/url] uchun berildi.
Uchinchi o‘rin o‘ziga xos qiziqarli mazmuni va bayoni uchun Nukus shahar 1-gimnaziya o‘qituvchisi Karligash Ishanovaning bolalar bilan ishlaydigan, jumladan, o‘qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar tashkilotlari rahbarlari uchun mo‘ljallangan maxsus ta’limga oid sayti – [url=http://aqsyngul.freenet.uz/]http://aqsyngul.freenet.uz/[/url] uchun berildi.

Maxsus sovrin – O‘zbekistonda genderlararo tenglikni ta’minlashning dolzarb masalalari bo‘yicha manba namunasi sifatida “Uzbekistan Development Gateway” loyihasining axborot analitigi Firuza Mavlonovaning O‘zbekistonda gender tenglikka bag‘ishlangan saytiga- [url=http://www.gendergateway.uz./]http://www.gendergateway.uz./[/url] va o‘ziga xos dizayn, qiziqarli va maroqli mazmun uchun Toshkent shahar 285-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Irina Mixaylichenkoning “Alifbe” saytiga – [url=http://abc.edunet.uz/]http://abc.edunet.uz/[/url] berildi.

“O‘zbekiston Internet Malikasi” (Internetda ma’lumotni tez topish qobiliyati) nominatsiyasi. Ushbu tanlov Internetda ishlash va ma’lumotni tez topish qobiliyatini baholaydi. Mazkur tanlov onlayn viktorina shaklida o‘tkazildi.

Birinchi o‘rinni Andijon kompyuter kollejining 1-kurs talabasi Mirsalimova Aziza egalladi.
Ikkinchi o‘rinni Namangan shahar 34-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Zeynap Abdurahmanova, Andijon shahar 1-maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Svetlana Karimova, Toshkent shahar 285-maktabning fizika o‘qituvchisi Zulfiya Gabdullina hamda Toshkent shahar 285-maktabning biologiya o‘qituvchisi Nasiba Mirzahmedova egallashdi.
“Kasb faoliyatda kompyuter va Internetdan unumli foydalanish” nominatsiyasi. Kasb faoliyatda kompyuter va Internetdan foydalanishni namoyish qiluvchi taqdimot yoki veb sahifa. Birinchi o‘rinni bevosita Festival uchun yaratilgan taqdimotlarning o‘ziga xos qiziqarli mazmuni, sifati, tanlov shartlariga mosligi uchun, AKT dan foydalanish bo‘yicha yaxshi amaliy bilimlar (taqdimotda turli effektlaridan foydalanganligi, ovoz berilganligi) uchun Andijon Muhandislik Iqtisodiyot Institutining 1-bosqich talabalari Nigora Badalbaeva, Nodira Abdurahmonova, Ibodat Saydaliyeva, Sevara Akbarova, Dilnoza Qurbonova, Shohida Madaminova, Zarifa Xakimovalarning “Kasperskiy Antivirusi dasturi”; “Kasb faoliyatda kompyuter va Internetdan foydalanish”; “Kasperskiy Antivirusi dasturini o‘rnatish”; “Kompyuter viruslar va ularning turlari” mavzularidagi taqdimotlari egalladi.
Ikkinchi o‘rin Talim jarayonida kompyuterdan foydalanishni chiroyli fotosuratlar bilan o‘ziga xos tarzda aks ettirilganligi uchun Namangan shahar 34-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Adolat Xoliqovaning “Men kompyuter bilan birga qanday ulg‘ayyapman” mavzusidagi taqdimotiga berildi.

Uchinchi o‘rin materialni taqdim etish va Internet nafaqat o‘qituvchilarning darslari uchun ma’lumot manbasi sifatida, balki o‘quvchilar uchun bilish vositasi sifatida foydalanilishini aks ettirishdagi o‘ziga xoslik uchun Namangan shahar 34-maktab o‘qituvchisi Grigoryans Leylining “Janna d’Ark: Domremidan Orleanga qadar” mavzusidagi taqdimotiga berildi.

“Pazandachilik yoki chevarchilikda Internetdan unumli foydalanish” nominatsiyasi. Ushbu nominasiyadagi tanlov viloyat miqyosida o‘tkazildi. Ushbu nominatsiya qatnashchilari Internetda topilgan kursatmat yoki chevarchilik bo‘yicha tavsiyalar yordamida biror mahsulot yoki buyum tayyorladilar.

pic
Farg‘ona viloyatida birinchi o‘rin Uchko‘prik tumani 28-maktabning tarix o‘qituvchisi Charos Yuldoshevaning “Napoleon” tortiga berildi. Namangan viloyatida birinchi o‘rin Namangan shahar 48-maktabning mehnat o‘qituvchisi Olga Abduzunnunovaning “Qog‘oz ustaxonasi”ga berildi.

Qashqadaryo viloyatida birinchi o‘rin Qarshi shahar 34-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Maftuna Farmonovaning “Berlin Pirojniysi”ga berildi. Andijon viloyatida birinchi o‘rin Andijon shahar nafaqaxo‘ri Valentina Karimovaning “Etti xil tusdagi gul” salatiga berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi o‘rin Nukus shahar 32-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Nastya Buchokning “Vetchina va pishloqli pissasi” uchun berildi.
Toshkent shahri bo‘ylab sayl. Festival g‘oliblari mehmonlar bilan “Amir Temur” muzeyiga tashrif buyurdilar. U yerda muzey vakillari muzey tarixi, eksponatlari va ekspozisiyalari haqida batafsil hikoya qildilar. Keyin g‘oliblar “Koinot” Toshkent radiotelevizion markazida mehmonda bo‘lib, u yerda ularga qiziqarli sayr va bayramona ziyofat uyushtirildi. G‘oliblar “Koinot” vakillariga “Xotin-qizlar Internet festivali” haqida hikoya qilib, ular bunga juda qiziqdilar. Viloyatlardan kelgan g‘oliblarning ko‘pchiligi Toshkentda va “Koinot” markazida birinchi marta bo‘lishi edi. Birinchi xotin-qizlar Internet festivali g‘oliblari, tashkilotchilari va mehmonlarida yorqin bayramona taassurotlari saqlanib qoldi. Qatnashchilar bir-biri bilan tanishdilar va kelgusida xat yozishish va onlaynda hamkorlik qilishga qaror qildilar.

“Bu xabarni quvonch bilan yozyapman, chunki men Toshkentda, xotin-qizlar Internet Festivalida bo‘lib, qaytdim. Bu men uchun eng yaxshi va qiziq safar, men “Amir Temur” muzeyida bo‘ldim, dunyoda 9- o‘rinni egallaydigan Toshkent teleminorasini ko‘rdim, ajoyib insonlar bilan suhbatlashdim va tanishdim, Toshkent bo‘ylab sayr ajoyib bo‘ldi, chindan ham unutilmas taassurot. Barcha tashkilotchilarga katta rahmat. Bu hayotimdagi eng unutilmas daqiqalardir. Bunday tanlovlar tufayli hayot ancha qiziqarlidir”. Namangan shahar 34-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Zeynap Abduraxmanova “Men festivalda qatnashganimdan juda xursandman va shu Festival tashkilotchilariga o‘z minnadorchiligimni bildiraman. Shunday festivallar ko‘proq bo‘lishini, ular nafaqat respublikada, balki viloyat, tumanlar doirasida ham o‘tkazilishini istayman.
Toshkent bo‘ylab sayl-menda juda katta taassurotlar qoldirdi, unda do‘stlar orttirdim va maroqli dam oldim” Charos Yuldosheva, Farg‘ona viloyat Uchko‘prik tumani 28- maktab tarix o‘qituvchisi.

Bundan bir-necha yil avval Avstraliya mahalliy kutubxonasida ko‘rgan taassurotim xayolimga keldi. Unda bir ulug‘ yoshdagi onaxon kutubxonaga kirib kompyuter tomon yo‘nalib bir zumda o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotni olgani meni hayratga solgan edi. Hozirgi kunda bizda ham bu odatga kirayotganidan juda xursandman.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top