Mazkur narxnomaga binoan, Qo’ng’iroqlar markazi tomonidan “Abonentlarga avtomatik ravishda qo’ng’iroqlarni amalga oshirish” qo’shimcha xizmatlarini joriy etilgan bo’lib, unga ko’ra abonent raqamining umumiy miqdoriga binoan tariflar belgilangan.
“Virtual ofis” singari xizmatlar uchun “Platina” raqamlari (200-AA-AA, 200-AA-VV), “Oltin” raqamlari (200-AV-VA, 200-AV-AV) va “Kumush” raqamlari (200-AB-CD, 200-A0-B0, 200-A0-00, 200-00-0A) bo’yicha yangi tariflar joriy qilingan.
Undan tashqari, “Autsorsing” va “Kulinariya retseptlari” kabi xizmatlar joriy qilingan. Batafsil ma’lumot olish uchun 125-1/7-son narxnomani yuklab oling.
Manba: www.uztelecom.uz