“Qushlar-bizning do’stlarimiz” tanlovi “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumini chop etish uchun hamda o’sib kеlayotgan yosh avlodni filatеliyaga qiziqtirish va jalb etish, ularning pochta markalari chop etilishiga diqqatini jalb qilish maqsadida o’tkaziladi.
Tanlovni 2011 yil 25 martgacha yakunlash va g’oliblarni 2011 yilning 1 iyunida bolalar ijodiy ishlari (rasmlari) asosida chop etilgan pochta markalarini Toshkеnt shahrida tashkil etiladigan tantanali maxsus so’ndirish marosimida taqdirlash rеjalashtirilgan.
Manba: www.pochta.uz