Infocom.uz

Rahbarlar uchun o’quv seminari

Seminarlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bajarilishini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari rahbar kadrlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha seminarlar Dasturi”ga muvofiq o’tkazilmoqda.

Andijon va Farg’ona viloyatlari boshqaruvida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar — viloyat, shahar va tuman hokimliklari rahbarlari, oliy o’quv yurtlari, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoq rahbarlari ishtirok etgan o’quv seminarida hozirgi axborot texnologiyalari va axborotlashgan jamiyat muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar axborot tizimlari va texnologiyalari turlari, tizimdagi jarayonlar va ularni joriy etishga doir yangiliklar bilan tanishishdi.

O’quv-seminar mashg’ulotlarida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o’rinbosari A.Xodjaev qatnashdi. Mashg’ulotlar Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi va UZINFOCOM markazi mutaxassislari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Farg’ona politexnika instituti professorlaridan iborat lektorlar guruhi tomonidan olib borildi.

Seminr yakunlariga ko’ra tinglovchilar test sinovlaridan o’tkazildilar. Sinovlar o’tkazilgan seminarlarni qay darajada samaraliligini aniqlashda ko’mak berdi.

Bunday o’quv seminarlari 2008 yil davomida barcha viloyatlarda o’tkaziladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top