Infocom.uz

Raqamli boshqaruv tizimi va unga barqaror global yondoshuv

Boshqaruvdan raqamli boshqaruvga o‘tish biznes jarayonlarini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish, muloqotni yaxshilash va qarorlar qabul qilishni yaxshilash imkonini beradi. Bu kompaniyalar uchun raqamli dunyoda raqobatbardosh, tezkor va dolzarb bo‘lib qolishi uchun muhim qadamdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Tashkiloti (UNCTAD)ning joriy yil 10-maydagi oltinchi sessiyasida raqamli ma’lumotlarni boshqarish uchun barqaror jahon ahamiyatiga molik yondoshuv talab qilinishi xususida fikr yuritildi.
Barqaror global yondashuv tizimi – raqamli ma’lumotlarni himoyalash, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, ularni o‘rnatish, integratsiyalash va tahrirlash hamda ilmiy jihatdan mazmunli qilishning yaxshiroq usullarini yaratish uchun global, qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan tizimdir. Ya’ni, ushbu yondoshuv milliy va xalqaro standartlar, jarayonlar va metodologiyalar bilan tanishish, uyg‘unlashtirish va integratsiya qilish uchun umumiy yo‘riqnomalarni yaratishga yordam beradi.
Raqamli ma’lumotlarni boshqarishdagi muvozanatli global yondoshuv butun dunyo bo‘ylab mamlakatlar, biznes tashkilotlar o‘rtasida ko‘proq ma’lumot almashishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu muhim ma’lumotlarni topish, tayyorlash, saqlash, amalga oshirish va boshqarish imkoni demakdir.

                          1-rasm. O‘zgarishlarni boshqarish

Ma’lumotlarni boshqarish va salohiyatni oshirish kuchli xalqaro hamkorlik va raqamli tafovvutlarni bartaraf etishga yordam beradi.

UNCTAD Bosh kotibi Rebeka Grinspan xonim ham bu haqida to‘xtalib, odamlar va sayyoramiz manfaati uchun global ma’lumotlarni boshqarishga yanada barqaror yondoshish lozimligini ta’kidladi. U 10-may kuni Jenevada boʻlib oʻtgan UNCTADning elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining oltinchi sessiyasida nutq soʻzladi va hozirgi vaqtda dunyoda ma’lumotlarni boshqarishning global tizimi uchga bo‘lingani, ya’ni ba’zi mamlakatlar ma’lumotlarni boshqarish uchun xususiy sektorga, boshqalari fuqarolarga, yana biri esa davlatning o‘ziga tayanayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Grinspan xonimning ta’kidlashicha, yanada muvozanatli yondoshuvga qaratilgan global sa’y-harakatlar “ma’lumotlarning kerakli va iloji boricha erkin aylanishini ta’minlashi va shu bilan birga turli xil rivojlanish maqsadlarini hal etishi kerak”[1].

2015-yildan buyon dunyoda internet foydalanuvchilari soni 3 milliarddan 5,3 milliardga oshganligi, mobil keng polosali ulanish, uyali aloqa tarmoqlari abonentlari ulushi 3 milliarddan qariyb 7 milliardga o‘sgani aytib o‘tildi.  Global internet protokoli trafigi – ma’lumotlar oqimi uchun soniyasiga 46 000 dan 150 000 gigabaytgacha – uch barobarga oshgani haqida ham ma’lumotlar taqdim etilgan [1].

O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti – PMTI mutaxassislari tadqiqotlariga ko‘ra, 2022-yilda aholining 75 foizi internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 34,5 foiz edi. Uyali aloqa tarmoqlari abonentlari ulushi 2017-2022-yillarda 70 foizdan 86 foizga (o‘sish 1,2 barobar) ko‘tarilgan.

Raqamli maʼlumotlardan foydalanuvchilar, asosan, Facebook – matn orqali ma’lumotlar (xabar) almashadigan; Instagram – maʼlumotlarni tasvir orqali almashadigan; TikTok, YouTube – video orqali ma’lumotlarni almashadigan dunyoga oʻtmoqda. Bu hali ma’lumotlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning dastlabki kunlari bo‘lishi mumkinligi, 5G tarqalishi bilan Interneti buyumlar (IoT) qurilmalari sonining ortib borishi va sun’iy intellektdan (AI) ko‘proq foydalanish, ma’lumotlar oqimi tez sur’atlar bilan kengayishida davom etishini kuzatish mumkin. Masalan, sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT o‘zini 570 gigabaytli matnli ma’lumotlarga o‘rgatdi – bu taxminan 300 milliard so‘z bo‘lib, 100 trillion parametrga ega bo‘lgan ushbu chat imkoniyatlar kengligini ko‘rsatib bermoqda.

DevHub kompaniyasi ChatGPT neyron tarmog‘iga asoslangan Saiora.uz platformasini ishga tushirdi. Bu dialog rejimida ishlaydigan, rus va ingliz tillarida so‘rovlarni qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellektga ega chatbot. ChatGPT (“Chat Generative Pretrained Transformer”) – 2015-yil dekabr oyida Ilon Mask, Sem Altman, Greg Brokman va boshqalar tomonidan asos solingan tadqiqot tashkiloti OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan transformatorga asoslangan til modeli. ChatGPT ning birinchi versiyasi 2019-yilda chiqarilgan va u internet matnlarining katta ma’lumotlar to‘plamida o‘qitilgan, bu unga turli mavzularda insonga o‘xshash matn yaratish imkonini beradi. ChatGPT – yirik ma’lumotlar massiviga o‘rnatilgan. U maslahat berishi va murakkakab tushunchalarni tushuntirishi, kod yozishi, skriptlarni yaratishi, qo‘shiqlar va notalar yaratishi, turli mavzularda insholar, she’rlar va maqolalar yaratishi mumkin, bu huddi odam kabi munozaralarda faol ishtirok etish va so‘rovlarga tegishli javoblarni ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan chatbotdir.
Agar ChatGPT texnologiyasi barcha davlatlarda ishlashni boshlasa foydalanuvchilar uchun bir qancha imkoniyatlar yaratadi. Bu texnologiya chet ellik foydalanuvchilar bilan o‘sha davlat tilida matnli suhbat o‘tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, ChatGPT texnologiyasi mahalliy voqealar va iqtisodiyotdagi yangiliklardan xabardor qilish va ulardan foydalanishga xizmat qiladi.

2-rasm. ChatGPT Open AI

AQSh va Xitoy raqamli ma’lumotlardan foydalanishda birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar asosan global raqamli platformalar uchun to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar bo‘lib qolmoqdalar, shu bilan birga ular ma’lumotlardan foydalangani uchun pul to‘lashlari ham kerak. Hindiston ma’lumotlarga asoslangan raqamli texnologiyalar orqali bo‘shliqni qisqartirmoqda va rivojlanishni optimallashtirmoqda. Hindistonning raqamli davlat infratuzilmasi dasturi so‘nggi besh yil ichida deyarli 9 million yangi soliq to‘lovchilarni qo‘shdi va raqamli to‘lovlarni deyarli universal qildi. Dastur tufayli Hindiston shahar va qishloq joylarida deyarli 500 million bank hisoblarini ochdi va ma’lumotlar narxini 90% ga pasaytirdi.

Raqamli maʼlumotlarni boshqarish xavfsizligi jihati ham muhim bo‘lib, unda raqamli maʼlumotlarni yaratishdan tortib to yoʻq qilishgacha boʻlgan butun umri davomida himoya qilish uchun foydalaniladigan chora-tadbirlar va amaliyotlar tushuniladi. U ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, foydalanish, yo‘qotish, buzilish va o‘zgartirishdan himoya qilishni o‘z ichiga oladi va maxfiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun zarurdir. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

Kirish nazorati: raqamli ma’lumotlarni boshqarish xavfsizligi ruxsatsiz foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi kirishni boshqarish usullarini o‘z ichiga olishi kerak. Ma’lumotlarga kirishni cheklash uchun autentifikatsiya, avtorizatsiya va shifrlash qo‘llaniladi.
Ma’lumotlarni zaxiralash va tiklash: Favqulodda vaziyatlar yoki hujumlar sodir bo‘lganda ma’lumotlarni himoya qilish uchun ma’lumotlar muntazam ravishda zaxiralanishi va xavfsiz joylarda saqlanishi kerak. Ishonchli zaxira va tiklash mexanizmlari yo‘qolgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida va tez tiklashni ta’minlaydi.
Tarmoq xavfsizligi: raqamli ma’lumotlarni boshqarish xavfsizligi tarmoqqa ulangan qurilmalardagi ma’lumotlarni himoya qilishni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarga tashqi hujumlarning oldini olish uchun xavfsizlik devorlari, antivirus va antimalware dasturlari, bosqinlarni aniqlash/oldini olish tizimlari (IDS/IPS) va virtual xususiy tarmoqlar (VPN) kabi tarmoq xavfsizligi choralari qo‘llaniladi.
Jismoniy xavfsizlik: Raqamli ma’lumotlarning jismoniy xavfsizligi ma’lumotlarni o‘g‘irlash, yo‘q qilish yoki buzilishning oldini olish uchun eng muhim hisoblanadi. Jismoniy saqlash moslamalarini o‘g‘irlik va boshqa yo‘qotishlardan himoya qilish uchun kirishni nazorat qilish, o‘g‘rilik signallari va boshqa choralarni nazorat qilish amalga oshirish kerak.
Ma’lumotlarni yo‘q qilish: Ma’lumotlarga ehtiyoj qolmaganda, ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun ular xavfsiz tarzda o‘chirilishi kerak. Saqlash qurilmalarini ma’lumotlarni o‘chirish yoki jismoniy yo‘q qilish ma’lumotlarni yo‘q qilish uchun ishlatiladigan usullardan biridir.
Raqamli ma’lumotlarni boshqarish xavfsizligi axborot xavfsizligining muhim jihati hisoblanar ekan tashkilotlar hodisalarning oldini olish va ularning obro‘sini himoya qilish uchun maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘rishlari ham muhimdir.
Raqamli ma’lumotlarni boshqarishda barqaror global yondashuv dolzarb ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan “asosiy strategik aktiv” ekanligini ham e’tiborga olmoq lozim.
Agar ma’lumotlar to‘g‘ri boshqarilsa, pandemiya va iqlim o‘zgarishi kabi global rivojlanish muammolarini hal qilishga yordam beradi. Shu bilan birga ma’lumotlar va ma’lumotlar oqimiga beparvolik bilan yondashish atrof-muhit, xavfsizlik, inson huquqlari va tengsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Davlatlarning milliy ustuvorliklariga muvofiq faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimlari barcha sohalarda axborotni to‘playdi, tahlil qiladi va qo‘llaydi. Boshqaruv tizimini ishlab chiqish orqali mulk huquqi, iqtisod, siyosiy mulohazalar va boshqa sohalarga asoslangan tizimlarni yaxshiroq boshqarish uchun zarur xususiyatlarni o‘rganish, tahlil qilish va aniqlash mumkin.

Xususan, boshqaruv tizimi davlatlarning o‘z qadriyatlarini saqlab qolgan holda milliy ustuvorliklari bo‘yicha qarorlarni yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi. Maʼlumotlarni ishlab chiqish salohiyatidan toʻliqroq foydalanish va maʼlumotlarni boshqarishni optimallashtirish maqsadida boshqaruv tizimlari Oʻzbekiston va dunyoning barcha mamlakatlari uchun juda muhimdir.


[1] https://unctad.org/news/unctad-calls-balanced-global-approach-manage-digital-data


[2] https://unctad.org/news/unctad-calls-balanced-global-approach-manage-digital-data

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top