Infocom.uz

Raqamli iqtisodiyot davrida “Robototexnika” sohasini isloh qilish

Robototexnika sohasini jadal rivojlantirish yo‘lida Xalqaro robototexnika federatsiyasi 1987-yilda tashkil topgan bo‘lib, asosiy maqsadi, butun dunyo bo‘ylab robototexnika sanoatini targ‘ib qilish, mustahkamlash va himoya qilishga yo‘naltirilgan. Quyida, ushbu federatsiya faoliyatining tahliliy xulosalari hamda, robototexnika sanoatini mamlakatimizda rivojlantirish bo‘yicha asosli takliflar taqdim etilgan.

Professional nodavlat-notijorat tashkiloti;

1987-yilda tashkil etilgan;

Aloqa va tarmoq platformasi;

90 ga yaqin a’zolar;

Milliy robototexnika assotsatsiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, robot yetkazib beruvchilar, integratorlar;

2000 dan ortiq tashkilotlar.

Quyida a’zo tashkilotlar haqida infografik ma’lumotlar taqdim etildi.

Xalqaro robototexnika federatsiyasi quyidagi faoliyatlarda o‘z faoliyatini olib boradi:

Robototexnika sanoatining ma’lumotlarini tahlil qilish;

Robototexnika sanoatini rivojlantirish;

Huquqiy himoya.

Quyidagi avtomatizatsiya texnologiyalari robototexnika faoliyatiga oid emas deb Xalqaro robototexnika federatsiyasi tomonidan belgilangan. Ular quyidagilar:

Dasturiy ta’minot(botlar, Sun’iy intellekt, RPA- Robotic Process Automation);

Masofadan boshqariladigan dronlar, UAV, UGV, UUV;

Ovozli assistentlar; Avtonom moshinalar;

ATMs, aqilli yuvish texnologiyalari va h.k.

Manba: World Robotics 2022

Manba: World Robotics 2022

3 milliondan ortiq sanoat robotlari zavod va fabrikalarda faoliyat yuritmoqda.

Manba: World Robotics 2022

         Robototexnika sanoatini rivojlantirishning yana bir nechta muhim sabablaridan bir, Jahon xalqaro tashkilotlarining ma’lumotlariga qaraganda,     2026-yilning yakuniga qadar jahon chakana savdoning 26% elektron tijorat ulushiga to‘g‘ri keladi. 2025-yilda dunyo bo‘ylab uy-joy inqirozi 1,6 milliard odamga ta’sir qiladi. 2030-yilga qadar 15 mln sog‘liqni saqlash hodimlarining ish o‘rni robotlar bilan almashtiriladi. Ushbu jahondagi tendensiyani inobatga olib, robototexnika sanoatini rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.

         Maxsus dasturlangan robotlar soxalar kesimida qaraladigan bo‘lsa 2021-yil yakunlari bo‘yicha quyidagi dinamikani kuzatish mumkin.

SohaKo‘rsatkich
Sog‘liqni saqlash14.8 K dona, +23%
Professional farroshlik12.6 K dona, +31%
Qishloq xo‘jaligi8.0 K dona, +6%
Texnik xizmat ko‘rsatish va texnik ko‘rik5.5 K dona, +21%
Transport va logistika49.5 K dona, +45%
Mehmondo‘stlik20.0 K dona, +85%

Robototexnika sanoatining hayratlanarli statistikasi:

Global robototexnika bozori 2021-yilda 65,3 milliard AQSH dollarga baholandi va 2027-yilgda 180 milliard AQSH dollarga yetishi mumkin deb Strategik bozor tadqiqoti bashorat qildi.

Robototexnikaning eng yaxshi 4 o‘yinchisi robototexnika bozorining umumiy ulushining 50 % dan ortig‘ini tashkil qiladi.

ABB – Tashkilotning yillik daromadi taxminan 28 milliard dollarni tashkil etadi va 2002 yilda u 100 000 ga yaqin robot sotgan dunyodagi birinchi kompaniya bo‘ldi.

Fanuc – Kompaniyaning umumiy daromadi qariyb 4,7 milliard dollarni tashkil etadi va butun dunyo bo‘ylab 750 000 dan ortiq robotlarni o‘rnatgan.

KUKA – Kompaniya Germaniyaning Augsburg shahrida joylashgan bo‘lib, yillik daromadi 2,5 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 899 million dollari robototexnikaga sarflanadi.

Yaskawa – Yaponiyada joylashgan kompaniyaning yillik daromadi taxminan 1,7 milliard dollarni tashkil etadi, shindan taxminan 597 million dollari robototexnikaga sarflanadi.

2020-yil yakunlari bo‘yicha Janubiy Koreya 10 000 xodimga 932 robot to‘g‘ri kelgani bilan eng avtomatlashtirilgan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Singapur 2020-yilda har 10 000 xodimga 605 ta robot toʻgʻri kelgani bilan 2-oʻrinni egalladi. 

Barcha tarmoqlar orasida robot zichligining 1 foizga o‘sishi mahsuldorlikning 0,8 foizga o‘sishi bilan bog‘liq. Eng yuqori mahsuldorlik o‘sishi kompaniyalar robotlarni o‘zlashtirishning dastlabki bosqichida bo‘lgan tarmoqlarda kuzatildi. Ushbu tarmoqlarda sanoat robotining zichligi 1% ga oshgani bilan hosildorlikning 5,1% ga o‘sishi kuzatildi. Robotlarni qabul qilish natijasida xodimlarning ish vaqti 2,7 foizga kamaydi.

Mamlakatimizda robototexnika sanoatini rivojlantirish orqali kutilayotgan natijalar.

Xalqaro robototexnika federatsiyasi bilan muzokaralar olib borish va ikki tomonlama memorandum imzolash;

Xalqaro robototexnika ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Iqitisodiyot tarmoqlaridan robotlarni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarni belgilab olish va tatbiq etish bo‘yicha aniq asoslangan takliflar tayyorlash;

Robototexnikani mamlakatimizda tatbiq etilishini monitoring qiluvchi ishchi guruh shakllantirish orqali, sohani yo‘naltirish va yanada rivojlantirish imkoniyatining mavjudligi;

Robototexnikani iqtisod tarmoqlariga qo‘llash orqali AKT ga qo‘shilgan qiymatni oshirish imkoniyatinig yuqoriligi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top