Infocom.uz

Raqamli savodxonlik raqamli iqtisodiyot rivojlanishining negizidir

Jahon iqtisodiyoti ulkan, jadallashtirilgan raqamli transformatsiyani boshdan kechirmoqda, natijada yangi biznes modellari, innovatsiyon mahsulotlar va xizmatlar hamda biznes yuritishning juda xilma-xil usullari yaratilmoqda. Smartfon ilovalari internet iqtisodiyotining o‘sishini rag‘batlantirishda davom etmoqda. Tovar va xizmatlar onlayn platformalar orqali yetkazib berilmoqda. Iste’molchi sarf-xarajatlari tobora ko‘proq onlayn savdoga o‘tmoqda. Raqamli IT-yechimlar apparat o‘rnini egallab kelishi jadallik bilan o‘sib bormoqda. Ma’lumotlar ushbu yangi raqamli davrda qimmatli valyutaga aylanib ulgurdi. Raqamli iqtisodiyotning barcha xizmatlarini to‘laqonli rivojlanishida aholining raqamli savodxonligi o‘ta muhim omil sifatida qaraladi. Covid-19 pandemiyasi davomida, mamlakatimizda raqamli texnologiyalardan foydalanishga o‘tilishi jadallik bilan tus oldi, bunga sabab, aholining oflayn xizmatlardan ma’lum muddatga uzulib qolishi bilan ifodalanadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining muhim omillaridan biri aholining raqamli savodxonlik darajasi etib belgilangan.

Raqamli savodxonlik bu – internet platformalari, ijtimoiy media va mobil qurilmalar kabi raqamli texnologiyalar orqali aloqa va axborotga kirish tobora kuchayib borayotgan jamiyatda yashash, o‘rganish va ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishni anglatadi.

Aholining raqamli savodxonlik darajasini qanday oshirish mumkin degan savol o‘rinli bo‘ladi. Buning yechimi xorij mamlakatlarida quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi. Misol uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlarida digital literacy assessment (raqamli savodxonlikni baholash) veb sayti mavjud, bu veb sayt orqali istagan shaxs raqamli savodxonlik kurslarini o‘qishi va kurs yakunida kursni tamomlaganlik haqidagi sertifikatga egalik qilishi mumkin bo‘ladi. Bundan ko‘zlangan maqsad aholini raqamli iqtisodiyotda faol qatnashuvchilari sifatida tayyorlab borish va buning natijasida mamlakatning YAIM dagi raqamli iqtisodiyot ulushini oshirishga xizmat qilishi bilan ifodalanadi.

Quyida, digital literacy assessment faoliyati tahlil qilinishi belgilab o‘tilgan.

Digitalliteracyassessment.org nodavlat notijorat raqamli savodhonlik darajasini baholash veb saytining tahlili.

AQSH da raqamli savodxonlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan veb sayt bo‘lib, unda aholining raqamli savodxonlik darajasini baholashning bir qancha usullarini o‘zida jamlagan notijorat innovatsion portal etib tariflanadi. Quyida veb sayt foydalanuvchilarining ma’lumotlari bo‘yicha bir qancha tahlillar keltirilishi ko‘zda tutilgan.

Infografika 1.

Yuqoridagi infografikadan ko‘rish mumkinki, Iyul 2022 – Sentabr 2022 yil oralig‘ida ya’ni 3 oy davomida, veb saytga 232.620 marta tashrif buyurilgan.

Ulardan 67.31% kompyuter yordamida, 32.69% mobil veb sayt orqali tashrif etilgan. Bu platforma talimga yo‘naltirilgan bo‘lib, AQSH da talim kategoriyasida 6 069 o‘rinni egallab turipti.

Infografika 2.

Oylik tashrif buyuruvchilar soni 77 540 nafarni tashkil etmoqda. O‘rtacha foydalanuvchi 14 daqiqa vaqtini raqamli savodxonlik darajasini yuksaltirishga sarflamoqda.

Infografika 3.

Mamlakatlar darajasida qaraladigan bo‘lsa AQSH 90.71% traffik hajmi bilan, eng ko‘p tashrif buyuruvchi mamlakat maqomiga ega. Kanada 3.53%, Filippin 1.54%, Indoneziya 1.28%, Buyuk Britaniyaliklar 0.92% veb sayt tashriflar trafikiga ega.

Digital literacy assessment ning asosiy maqsadi dunyodagi barcha odamlarga ishlash, o‘rganish va kundalik hayotda to‘liq ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan raqamli ko‘nikmalarni egallashga yordam berishdan iborat.

Platforma asosiy 3 ta yo‘nalish bo‘yicha raqamli ko‘nikmalarni baholaydi:

  • Asosiy kompyuter ko‘nikmalari;
  • Muhim dasturiy ko‘nikmalar;
  • Kundalik hayotda texnologiyadan foydalanish.
Asosiy kompyuter ko‘nikmalariMuhim dasturiy ko‘nikmalarKundalik hayotda texnologiyadan foydalanish
Boshlang‘ich kompyuter ko‘nikmalariMicrosoft WordIjtimoiy tarmoq
Intenet asoslariMicrosoft ExcelAxborot savodxonligi
Emaildan foydalanishMicrosoft PowerPointKaryera qidirish qobilyatlari
WindowsGoogle DocsTelesalomatlik ko‘nikmalariga kirish
Mac OS Sizning raqamli izingiz
  K-12 masofaviy ta’limni qo‘llab quvvatlash

Yuqorida jadvalda ko’rsatib o’tilgan har bir yo’nalish bo’yicha savodxonlikni oshirish va kurs yakunida imtixon topshirib sertifikat olish imkoniyati mavjud.

Raqamli savodxonlikni baholaydigan platformani tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun nimalar berishi ko’zda tutilgan?

  1. Aholining raqamli ko‘nikmalarini baholash yordamida, zaif nuqtalarini aniqlab, ularni yahshilash ustida ishlar olib borish;
  2. Mamlakatimizning Xalqaro raqamli indekslaridagi reytingini yahshilashga xizmat qilish ko‘zda tutilgan;
  3. Iqtisodiyotning real sektoridagi ishsizlik darajasini qisqarishiga xizmat qilishiga ko‘maklashish;
  4. Aholining to‘laqonli raqamli texnologiyalarni ya’ni, elektron hukumat hizmatlari, elektron tijorat platformalari va boshqa mobil ilovalarni kundalik hayotida qo‘llay olish imkoniyatlariga olib kelishini ta’minlaydi;
  5. Raqamli savodxonlikni baholash sertifaktlarini joriy etish orqali, kerakli ballni yeg‘gan test qatnashuvchilariga  sertifikatlarni taqdim etish;
  6. Xo‘jalik subyektlarini o‘qitish orqali monetizatsiya qilish imkoniyati mavjudligi.
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top