Infocom.uz

Raqamli to’lovlar sohasida global yetakchi bo’lgan Visa O’zbekistonda yangi tayinlovni e’lon qildi

Behzod Abdurahmonov O’zbekistondagi Visa mintaqaviy bo’linmasi rahbari etib tayinlandi

Visa kompaniyasi joriy yilning 10-mayida Behzod Abdurahmonovni O’zbekistonda mintaqaviy menejer etib tayinladi. Behzod Abdurahmonov o’zining yangi lavozimida butun mamlakat bo’ylab Visa biznesini boshqarib, O’zbekiston bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga hamda hamkorlarini oddiy va xavfsiz raqamli to’lovlarga bo’lgan talabini qondirishda qo’llab-quvvatlashga e’tibor qaratadi.

Behzod Abdurahmonov 2020-yilda Visa kompaniyasiga O’zbekiston va Turkmaniston banklarida biznesni rivojlantirish bo’yicha menejer sifatida qo’shilgan bo’lib, chakana bank biznesi, innovatsiyalar, kartalar va to’lov tizimlari sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega.

“Behzod Visa CISSEE jamoasining qimmatli a’zosi bo’lib, 4 yil davomida mijozlar bilan mustahkam munosabatlarni saqlab kelgan va bozorda biznesni rivojlantirishga hissa qo’shgan. Biz yangi lavozimda u Visaning iqtisodiyotni raqamlashtirish va O’zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlariga erishishda yordam berishiga ishonamiz.,”- deya ta’kidladi katta vitse-prezident, Ukraina, Gruziya, MDH mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Yevropadagi Visa mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh.

“So’nggi yillarda biz O’zbekistonda raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun bir nechta innovatsion texnologiyalar va yechimlarni, shu jumladan Visa Direct va Visa Token Service texnologiyalarini joriy qildik. Va sohaning yanada rivojlanishi va umuman iqtisodiy o’sishiga ijobiy hissa qo’shish uchun hamkorlarimiz fintex-kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni davom ettirishdan mamnunman”, – dedi O’zbekistondagi Visa mintaqaviy menejeri Behzod Abdurahmonov.

O’zbekiston Visa uchun strategik ahamiyatga ega bozor bo’lib, o’tgan yili kompaniya mamlakatdagi barcha moliya institutlari va savdo va xizmat ko’rsatish korxonalariga ko’rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida Toshkentda o’z ofisini ochdi.

Batafsil ma’lumot bilan cis.visa.com saytida tanishing

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top