Infocom.uz

«RED» va «TIME» tarif rejalari abonentlari uchun yangi xizmatlar

2010 yil 13 dekabrdan boshlab «RED» va «TIME» tarif rejalarida bo’lgan MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlari «МMS-paketlar», «Tungi muloqot», «GOOD’OK», «GPRS-WAP paketlar», «GPRS-Internet paketlar», «SMS-paketlar», «SMS-yordamchi», «SMS-Ekstra», «VIP Kun», «3G Videoqo’ng’iroq», «Vizitka», «Xabarlar tarqatishni taqiqlash», «Sevimli raqam», «Xalqaro SMS-paketlar», «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish», «Mobil televidenie», «Mobil yordamchi», «Mobil Portal *111#», «Mening raqamim», «Mening hisobim», «Ma’lumotlar uzatish», «Menga qo’ng’iroq qiling», «Shaxsiy kabinet» va «To’g’ridan-to’g’ri uzatish» xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, endi ushbu tarif rejalarining abonentlari MTS tariflari ro’yxatidan mos tarifni tanlab, o’z tariflarini o’zgartirishlari mumkin.

«MTS-O’zbekiston kompaniyasi doimo o’z abonentlariga eng ilg’or xizmatlar va innovatsion yechimlarni taklif etishga intiladi. Shu munosabat bilan bugun MTS-O’zbekiston kompaniyasi «RED» va «TIME» tarif rejalari abonentlariga oldin foydalana olmagan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top