Infocom.uz

Samarqand mehmonxonalari “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi

“Bir yo‘la Samarqandning uchta mehmonxonasi “Beeline Club”ga kirdi va bu loyihamiz ommalashib borayotganidan darak beradi, – mazkur voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Samarqand – O‘zbekistonning yirik turistik va ishbilarmonlik markazidir. Shuning uchun aminmizki, ushbu yangilik klub kartalarining ko‘plab egalarini xursand qiladi”.

beeline_16_05_2011

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: