Infocom.uz

Samarqandda UCG Beeline 2012 chempionatining finalchilari aniqlandi

Saralash turnirlarining yaukunlari bo‘yicha 30 iyun kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarining 100 dan ortiq geymerlari ichidan finalchilar tanlab olindi.

“1 iyul kuni Samarqand iqtisodyot va servis instituti huzuridagi Akademik litseyning yangi hashamatli binosining Majlislar zalida jahondagi eng ommalashgan ikkita o‘yin – FIFA va Counter Strike 1.6 bo‘yicha hududiy final o‘tkaziladi. Samarqandda Samarqand va Jizzax viloyatidan bo‘lgan geymerlar o‘ynaydilar,dedi Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Hududiy finalni o‘tkazish joyini bekorga tanlamaganmiz. Biz kompyuter o‘yinlari yoshlarimizni AKT sohasidagi bilimlarini boyitishi uchun harakat qilmoqdamiz. Biz barkamol yoshlar tarafdorimiz. Bilim va o‘yinlar bir-biriga xalaqit qilmasligi, balki to‘ldirishining tarafdorimiz. Samarqanddagi hududiy saralash turnirining g‘oliblari “Bilayn”dan sovg‘alar bilan taqdirlanadilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan milliy finalda ishtirok etadilar”.

Finalning ochilishida quyidagilar geymerlar oldida tabrik so‘zi bilan qatnashdilar:

O‘zAAA Samarqand viloyati bo‘yicha hududiy boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Shamsievich Po‘latov, “Bilayn”ning Markaziy hududiy filialining direktori Dilshod Anarmetov.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Dilshod Anarmetov shunday dedi: “Biz kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilik kabi keng ko‘lamli tadbirni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan faxrlanamiz. “Bilayn” – bu yorqin yoshlar brendi va bizning kompaniya O‘zbekistonda e-sportni rivojlantirish uchun ko‘p ishlarni amlaga oshirmoqda. Bugungi kunda uchinchi avlod tarmog‘imiz Samarqand va Jizzax viloyatlarining deyarli barcha tumanlarini qamrab oladi, butun mamlakat bo‘ylab esa 3G “Bilayn” 130 ta shahar va aholi punktlarida mavjud”.

Final matchlari yakunlariga ko‘ra FIFA 2011 o‘yini bo‘yicha quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

1 o‘rin — Bahriev Firdavs
2 o‘rin — Abdullaev O’tkir
3 o‘rin — Babadjanov Farhod

Counter Strike 1.6 jamoa o‘yini bo‘yicha quyidagilar g‘olib bo‘ldilar:

Birinchi o‘rin: Abdurahmonov Bekzod, G‘aniev Sherzod, Halilov Shomir, Yusupov Oybek va Rustamov Sherzod tarkibidagi AIR jamoasi.

Ikkinchi o‘rin: Shuhrat Akromov, Yaqubov Shohruh, Musaev Azamat, Muhitdinov Parviz, G‘ulomov Aziz tarkibidagi eT jamoasi.

Uchinchi o‘rin: Qudratov Samir, Abdurazakov Farruh, Rizaev Elbek, Ahmedov Shohruhmirzo, Aleksandrov Aleksandr tarkibidagi S3DR jamoasi.

Barcha g‘oliblarga va sovrindorlarga “Bilayn” kompaniyasidan sovg‘alar taqdim qilindi, Bahriev Firdavs va AIR jamoasi esa 11 avgust kuni Toshkentda o‘tkaziladigan milliy finalga yo‘llanma oldilar.

Hududiy finalning ayrim ishtirokchilari mana shu akademik litseyda o‘qiganlar.

Samarqand hududiy turnirining tashkilotchilari katta ekranda translyatsiyani va final o‘yinlarning sharhini tashkil qildilar. Chempionatning Bosh hakami Sergey Shirxodjaev sharhlovchi sifatida ishtirok etdi.

O‘zbekistonning UCG Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Miliy birinchilikning g‘olibalri mamlakat sha’nini AQSH, Singapur, Italiya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan WCG bo‘yicha Jahon chempionatida himoya qilganlar. Milliy e-sportchilarning yuqori erishuvi 2007 yilda Makaoda, 2009 yilda Vetnamdagi Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida (AIG) qo‘lga kiritgan kumush medallari bo‘ldi. UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari bo‘yicha navbatdagi WCG 2012 Jahon chempionati va 2013 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Samarqand shahridagi hududiy filialning foto hisoboti quyidagi ishora bo‘yicha: https://www.facebook.com/media/set/?set=a.428018957242705.107140.124711857573418&type=1

“Bilayn”ning o‘yin serverlari http://games.beeline.uz/

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta