Infocom.uz

Samsung ML 1520 yangi printeri

Umuman olib qaraganda, bu printer tashqi ko’rinishi bo’yicha ML 1510 va ML 1710 modellaridan deyarli farq qilmaydi. U ham gorizontal dizaynga ega. Ishlab chiqaruvchi printer korpusini unchalik o’zgartirmay turib, faqatgina ba`zi qismlarini to’ldirib borishidan korpus konstruktsiyasi va mexanizmlar joylashishi juda muvaffaqiyatli bo’lib chiqqanga o’xshaydi.

pic

Chop etish va qog’oz uzatish yo’llari “Gorizontal” joylashtirilganligi qog’ozni to’g’ri o’tishini ta`minlaydi, bunda u bukilmaydi. Printer turli zichlikdagi qog’ozlar bilan ishlash keng imkoniyatlariga ega, gorizontal trakti esa 163 g/m2 zichlikdagi qog’ozdan foydalanish imkonini beradi.
ML 1520 modeli hamma Samsung monoxrom lazerli printerlari kabi tonerni tejash rejimi bilan ta`minlangan, bu rejim “Parametri pechati” (Chop etish ko’rsatkichi) ma`nosi orqali ham, printerning old panelidagi tugmacha bilan ham beriladi. ML 1520 printerida ML 1210 modelidan farqli ravishda tonerni sarflashni kamaytirish 30 % ni emas, balki 40% ni tashkil etadi.

pic

Printerning oylik ish resursi ham ancha yuqori oyiga 15 000 sahifa. Har qanday “kopir” ham bunday resursga ega emas, lazer printerlari haqida gapirmasa ham bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan almashtirilib turiladigan asosiy qismlari: qog’oz uzatish rolleri, tasvirni ko’chirish rolleri, tanlab olish va qizdirish rolleri – 60 000 nusxalar resursiga ega. Demak, printer biror-bir ta`mirlashsiz sizga kamida uch yil xizmat qiladi, chunki kichik ofis yoki uyda pechat qilish (printer esa aynan ana shu talablar uchun mo’ljallangan) kamdan-kam hollarda atigi 2-3 mingdan ortishi mumkin. Samsung ML 1520 printerida Samsung 90 MGts kuchli protsessoridan foydalaniladi, uning xotira hajmi 2 Mbayt, shuning uchun pechat tezligi minutiga 14 sahifani tashkil etadi, bu esa arzon kategoriyadagi printerlar uchun juda ham yaxshidir.

pic

Tahririyatimiz test sinovidan o’tkazish uchun printer namunasini oldi, shu bilan birga bizga berilgan namunada “Not for sale” – “sotish uchun emas” degan yozuvi yo’q edi. Kartridjini o’rnatish va drayverlarini installyatsiya qilish hech qanday qiyinchilik tug’dirmadi. Printer faqatgina USB interfeysigagina ega. To’plamga kiradigan kartridj juda ixcham, chunki u 1000 nusxaga mo’ljallangan, standart kartridj esa 5 % lik to’ldirilganda, 3000 nusxalarga mo’ljallangan. Tonerni tejash rejimi osonlik bilan old panelidagi tugmacha bilan boshqariladi, lekin shu bilan chop etish sifati juda yomonlashib ketadi deb bo’lmaydi. Standart ofis hujjatlarini (shartnomalar, buxgalteriya hujjatlarini) bemalol tonerni tejash rejimida chop qilish mumkin. Boshqarish paneli lo’nda, shu bilan birga qulay va tushunlidir. Bugungi kunda umuman asosiy e`tibor dasturli ta`minlash yordamida printerni boshqarishga qaratilmoqda. Misol uchun, to’plamga kiritilgan dasturlar yordamida quyidagi qo’shimcha vazifalarni ishga solish mumkin:

– varaqning bir tomonida bir necha betlarni chop etish. Bu rejimda bir-bir betda bir necha sahifalarni joylashtirish mumkin.
– Masshtablashtirib chop etish (10-100 masshtab). Bu vazifa chop etish masshtabini 1 % lik kattaliklar bilan o’zgartirishga imkon beradi. “Bir sahifaga sig’dirish” rejimi kiritilayotgan grafik tasvir qog’oz kattaligidan ortiq bo’lganida juda qulay bo’ladi.
– Plakat pechat qilish (6 x 6 varaqqacha)
– Ustma-ust chop etish. Qandaydir bir blankani bir marta tuzib va ustiga tushirib yozishdan foydalanishni unda ko’rsatib faqatgina matnni terish etarli bo’ladi, bu matn siz ko’rsatgan blankaga yoziladi.
– Suv belgilarini chop etish printer chop etiladigan asosiy matn tagida haqiqiy “suv belgilariga” o’xshatib chop etiladi (ularning kattaliklarini shriftni, sahifadagi holatini va qiyalik burchagini hamda yorqinligii o’zgartirish mumkin).
Samsung ML 1520 printeri juda yaxshi taassurot qoldiradi. Tez chop etadi, ovozsiz ishlaydi – shovqin darajasi ishlash paytida 50 Db dan oshmaydi. Demak, quyidagicha xulosa qilish mumkin: Samsung ML 1520 yangi lazerli printeri Samsung ML 1210 printeri o’rnini munosib ravishda egallaydi, lekin bu printer ham ancha yaxshi printer.

pic
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top