Infocom.uz

Sarkor-Telecom: foydalanuvchilar hamma toifalari manfaatini ko‘zlab umumiy rivojlanish

O‘zbekistonda texnologik tomondan eng rivojlangan internet provayderlar qatoriga albatta Sarkor-Telecom kompaniyasi ham kiradi. Faoliyatini boshlagandan beri bu provayder yangi texnologiyalarga asosiy e`tiborni qaratib kelgan va hozirgi kunda o‘z foydalanuvchilariga Internetga ulanish to‘rtta texnologiyasini taklif etadi: kommutatsiyali ulanish dial-up, radio ulanish – Radio Ethernet texnologiyasi, ADSL kabelli texnologiya va “yakka ulanish-ko‘p tarmoqli” turidagi keng polosali simsiz ulanish – OFDM texnologiyasi. Ular haqida ma`lumotlar berib o‘tamiz.

Dial-up texnologiyasining texnik ko‘rsatkichlari va ta`rifi
Dial-up yoki kommutatsiyali ulanish – bu Internet tarmog‘iga tez, arzon va keng tarqalgan ulanish turi. Kommutatsiya ulanish kanali bo‘yicha ulanish uchun juda kam narsa talab etiladi – kompyuter, modem va telefon tarmog‘i. Kommutatsiya yo‘li bilan ulanish ajratilgan doimiy kanaldan sifati bo‘yicha ancha past, ammo dial-up xizmatlari bugungi kunda bizning respublikamizda ajratilgan ulanish xizmatidan ancha arzon. Kommutatsiya yo‘li bilan ulanish sifati ko‘plab omillarga bog‘liq, ulardan to‘rtta asosiylari bu: ATSI sifati va provayder modemi puli sifati va ATSI hamda mijoz modemi sifati.
Sarkor-Telecom kompaniyasi kommutatsiyali ulanish uchun yangi texnologiyalardan foydalanadi – CISCO Systems ishlab chiqargan raqamli modem pullaridan foydalanadi. Bugungi kunda CISCO Systems Internet tarmog‘iga ulanish texnologiyasi sohasida tan olingan etakchi kompaniya hisoblanadi. CISCO raqamli modemlari kommutatsiyali ulanish deyarli hamma turlarida ishlaydi.

pic

Sarkor-Telecom kompaniyasi modem pullari o‘tkazish qobiliyati – 56 Kbit/sek. Dial-up texnologiyasi uchun modem pullari soni va sifati muhim ko‘rsatkich hisoblanadi, bu ayniqsa kompaniyaning foydalanuvchilari soni ko‘p bo‘lganida juda muhimdir. Kompaniyaning modem pullari qanchalik ko‘p bo‘lsa, sizning modemingizga qo‘ng‘iroq qilish shunchalik oson bo‘ladi. Shu bilan birga raqamli (Toshkentda bu yyetti raqamli ATSIlar) va analogli ATSIlar uchun mo‘ljallangan raamli va analogli modem pullari mavjud. Sarkor-Telecom kompaniyasi doimiy ravishda o‘zining modem pullarini kengaytirib boradi va bugungi kunda quyidagi ATSIlarda modem pullariga ega:

Toshkent shahrida
144-9310 – 60 ta CISCO raqamli modemlari (V.90, 56 Kbit/sek gacha)
161-9900 – 60 CISCO raqamli modemlari (V.90, 56 Kbit/sek gacha)
138-6000 (callback) 120 CISCO raqamli modemlari (V.90, 56 Kbit/sek gacha)
112-7077(callback) 180 CISCO raqamli modemlari (V.90, 56 Kbit/sek gacha).
Аnalogli (olti raqamli) telefon tarmoqlari va/yoki ichki modemlar bilan foydalanuvchilar uchun maxsus modem pullari:
1127000(callback) 120 CISCO raqamli modemlari (V.90, 33,6 Kbit/sek gacha).
Samarqand shahrida:
282800 60 CISCO raqamli modemlari (V.90, 56 Kbit/sek gacha) Raqamli ATSI xizmatidan foydalanuvchilar hamma chiqish qo‘ng‘iroqlariga vaqtiga qarab haq to‘laydilar, shuning uchun ular ikki marta to‘lashlariga to‘g‘ri keladi: telefon tarmog‘i uchun va Internet tarmog‘iga ulanganligi uchun.
O‘zining foydalanuvchilari sarflaydigan mablag‘larini kamaytirish uchun Sarkor-Telecom kompaniyasi “qayta aloqa” xizmatini kiritdi (callback), buning yordamida foydalanuvchi qo‘ng‘irog‘i kiruvchi bo‘lib qoladi.
Chiqish qo‘ng‘irog‘idan so‘ng kerakli sozlashlarni amalga oshirib Sarkor-Telecom sistemasi foydalanuvchi chaqiriq-qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha modem pulidan avtomatik ravishda qayta qo‘ng‘iroqni amalga oshiradi.
Dial-up foydalanuvchilariga qulay bo‘lishi uchun Sarkor-Telecom kompaniyasi O‘zbekistonda birinchilarda bo‘lib haqi to‘langan internet-kartalar sistemasini tatbiq etdi. Bugungi kunda Sarkor-Telecom internet kartalari eng mashhur hisoblanadi, 3000 va 10000 so‘m qulay narxlarga ega va provayder xizmatlari uchun haq to‘lash qulay va ishonchli vositasi hisoblanadi.
Kommutatsiyali ulanishning arzonligi va tashkil qilinishi umumiyligiga qaramay bu texnologiya ko‘pgina kamchiliklarga ega: axborot uzatish tezligi pastligi (56 Kbit/sekunddan ortiq emas). АTCdan yoki uzoqdan ulanish sababli ulanishning ishonchliligi pastligi va nihoyat telefon tarmoqlarining band bo‘lishi. Internetdan faol foydalanadigan ba`zi foydalanuvchtlar qo‘shimcha tarmoq o‘tkazishga majbur bo‘lmoqdalar, chunki ularga qo‘ng‘irroq qilib ulanish qiyin bo‘ladi. Аmmo O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 2 milliondan kam telefon tarmoqlari mavjud. Internetdan foydalanuvchilar soni esa har yili ikki barobar ortib bormoqda va hozir 500 000 dan ortdi. Аlbatta telefon tarmoqlari muammosi yaqin kunlarda jiddiylashib borishi tushunarli. ADSL texnologiyasida ana shu hamma kamchiliklar yo‘q.

ADSL kabelli texnologiyalari
ADSL (Asymmetric digital subscriber lines) texnologiyasi telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida yaqindagina paydo bo‘lgan. Shundan beri u tez rivojlanib bormoqda. Аbonentlar uchun u qanday qulayliklarga ega? ADSL uchun mavjud bo‘lgan telefon tarmog‘i (ikkala uchiga) boshlanishi va oxiriga maxsus qurilmalar – splitterlar o‘rnatiladi: bittasi АTCda, ikkinchisi – abonentning ofisida (uyida). Аbonentning splitteriga oddiy telefon va ADSL modemi o‘rnatiladi. U bajarilishiga qarab marshrutizator (router) yoki abonentning lokal tarmog‘i va provayderning chegara marshrutizatori o‘rtasida ko‘prik (bridge) vazifasini bajarishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda modemni ishlashi oddiy telefon aloqasidan foydalanishga umuman halaqit qilmaydi.

pic

Qulay sharoitlarda foydalanilganda ADSL texnologiyasi yordamida to‘g‘ri yo‘nalishda 8 Mbit/sekundgacha va qayta yo‘nalishda 1.5 Mbit/sekundgacha tezlikda axborotlar uzatish mumkin. ADSL apparatlari oddiy analogli modemlarga qaraganda axborotlarni taxminan 200 barobar tez uzatadi, oddiy modemlarning o‘rtacha, barqaror uzatish tezligi taxminan 30 Kbit/sekundni tashkil etadi. ADSL ulanishning usunliklari: Internet tarmog‘iga ulanish yuqori tezligi, mavjud telefon tarmog‘idan foydalanish, bir kanalda bir guruh foydalanuvchilarning ishlashlari (lokal tarmoqda), tarmoq bilan doimiy ulanganlik, qayd etilgan IP-adres, taqsimlangan korporativ tarmoq yaratish mumkinligi.
Hozirgi kunda Sarkor-Telecom kompaniyasi ZyXEL uskunalari asosida ushbu texnologiya bo‘yicha quyidagi telefon stantsiyalari doirasida abonentlarga xizmatlar taklif etadi: № 45, 53, 54, 55, 56, 67, 68, 93, 115, 125, 132, 133, 134, 135, 136, 137, 138, 144, 152, 162, 169, 173, 191. Bu texnologiyaning kelajagi istiqbolli.
“Muammoli” zonalarda joylashgan abonentlar uchun va kerakli infrastruktura mavjud bo‘lmaganligi sababli kabel yordamida ulanishni taklif etish imkoniyati bo‘lmaganlar uchun Sarkor-Telecom kompaniyasi Radio Ethernet texnologiyasini taklif etadi.

Radio Ethernet texnologiyasi
Sarkor-Telecom kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 1997 yildan boshlaboq simsiz ulanish Radio Ethernet texnologiyasini tatbiq eta boshladi. Bugungi kunda kompaniya simsiz ulanish texnologiyalari qulay va ajoyibligini isbot etib bir qator katta loyihalarni amalga oshirdi, ular uchta asosiy omillarga asoslangan:

• Mobillik omili. Simsiz tarmoqlar markaziy ma`lumotlar bazasiga doimiy ulanish talab etiladigan xududda ma`lum kenglik doirasida mobil (ko‘chma) terminallardan to‘siqlarsiz foydalanish imkonini beradi (misol uchun, katta omborlar, portlar, universistet shaharchalari hududida).

• Uzoqlik omili. Biz ko‘pincha internetga ulanish joyidan oxirgi korporativ foydalanuvchiga “oxirgi millar” deb ataluvchi tarmoqni yotqizib chiqish kerak bo‘lgan vaziyatlarga duch kelamiz. Ko‘pincha profayder joylashgan erdan korporativ mijozgacha masofa 3-4 km dan ortiqroq bo‘ladi (oddiy mis kabeli uchun mumkin bo‘lgan masofa oxirgi nuqtasi). Optik tolali kabel yotqizish esa katta mablag‘lar talab etadi. Simsiz Radio Ethernet texnologiyasi esa juda ham qulaydir: stantsiyalar oraliq masofalari 30, ba`zi hollarda esa 50 km masofani tashkil etadi, shu bilan bir vaqtda axborotlar uzatish tezligi 5-8 Mbit/sek va undan ortiq bo‘ladi, bunday kanalni tashkil etish esa kabelli kanaldan ko‘ra ancha arzon bo‘ladi.

• Shoshilinchlik omili. Korporativ mijozlar uchun tarmoqqa ulanishni tashkil etish qisqa muddatlarda amalga oshirilishi talab etiladi. Kabelli tarmoqlar katta mablag‘lar sarflash bilan bir qatorda ko‘p vaqt ham talab etadi, bu vaqt ba`zida oylarga cho‘zilishi mumkin. Bu esa ko‘pchilik mijozlarni hech ham qoniqtirmaydi. Simsiz ulanish tarmoqlari esa deyarli bir necha kunda amalga oshiriladi.

pic

Shunday qilib, masofa uzoqligi va sifatli kabel tarmoqlari bo‘lmagan hollarda yuqori tezlikdagi korporativ ulanishni tashkil etishning yagona va eng oqilona usuli – bu simsiz texnologiya.
Texnologiyaning o‘zi ancha oddiy: korporativ abonentning binosi tomiga provayderning har tomonlarga yo‘naltirilgan simsiz tarmoqlaridan biriga qaratib parabolalik antenna o‘rnatiladi. Аbonentning lokal tarmog‘i maxsus yuqori chastotali kabellar, adapter va radio kartochkali alohida kompyuter yordamida provayder tarmog‘iga ulanadi. Bugungi kunda Radio Ethernet endi qimmatbaho xizmat emas.
Sarkor-Telecom ning yangi loyihasi Toshkent shahrining har qanday burchagidan internetga korporativ ulanish imkonini yaratadi. Kompaniya poytaxtimiz hududini 100 % ta`minlovchi 11 tayanch stantsiyalariga ega, bu esa Sarkor-Telecom radio tarmog‘iga hech qanday cheklanishsiz har qanday istagan korporativ abonent ulanishi mumkin deganidir!
Radio Ethernet texnologiyasi (“nuqta-nuqta”) “bir tarmoq – bir ulanish” usuli bo‘yicha tashkil etilgan. Аmmo bugungi kunda Sarkor-Telecom “tarmoq – ko‘p ulanishlar”? usulidagi keng polosali simsiz ulanish eng yangi texnologiyasini – BreezeACCESS™ texnologiyasini taklif etadi.

BreezeACCESS™ OFDM texnologiyasi
Hozirgi paytgacha keng tarqalishiga to‘siq bo‘lib kelayotgan keng polosali simsiz aloqa texnologiyasining jiddiy kamchiligi “to‘g‘ri aloqa yo‘nalishi” mavjudligi talabi hisoblanadi, ya`ni abonent va tayanch stantsiyasi keng polosali simsiz aloqa qabul qilish uzatish asboblari o‘rtasida hech qanday uzatuvchi antenna va qabul qiluvchi qurilma o‘rtasila biror-bir katta inshoot (misol uchun baland imorat, o‘rmon, chuqqilar yoki boshqa to‘siqlar) mavjud bo‘lsa signal buziladi, kuchini yo‘qotadi yoki umuman etib bormaydi.

pic

Bu to‘siqlarnichetlab o‘tishga chastotalarni ortogonal taqsimlash bilan multipleksiyalangan kabi ma`lum bo‘lgan bir necha etkazuvchi bilan modulyatsiya metodidan foydalanish imkon beradi. OFDM (Orthogonal Frequency Division Multiplexing) uchun signal yo‘lida uchraydigan ob`ektlar to‘siq bo‘la olmaydi: signal bir qator qaytarilgandan? keyin to‘siqni va qurilmani aylanib o‘tadi, ushbu texnologiyani qo‘llovchilar qaytarilgan signallar bilan ishlashlari mumkin.

Bundan tashqari OFDM-texnologiyasi uzatish kanali energetikasini ancha yaxshilash imkonini beradi hamda ko‘plab marotaba qaytarilgan sharoitlarda uskunalar ishonchli ishlashini ta`minlaydi.

BreezeACCESS™ OFDM – “nuqta-ko‘p nuqta”? “tarmoq-ko‘p tarmoq” turidagi keng polosali simsiz ulanish qulay sistemasidir. Xizmatlar ushbu turi ko‘p martalik qaytarishga qarshilik qilish bo‘yicha OFDM-texnologiyasining ajoyib imkoniyatlaridan foydalanadi, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siqlarsiz sharoitlar bo‘lmaganda ishlashga imkon beradi.
Bu esa internetga yuqori tarmoqdagi ulanishga muhtoj bo‘lgan ilgari iloji bo‘lmagan hududlarga etkazib berish imkonini beradi.

OFDM yuqori spektral samarali, aralashishga va signalni ko‘plab marta qaytarish bilan duch kelish chidamli 3 GGts chastotali diapazonda ishlaydi, bu axbortlarni yuqori tezlikda uzatishni tashkil etishga imkon beradi.

Аxborotlarni 12 Mbit/sek gacha tezlikda uzatishni ta`minlab BreezeACCESS™ OFDM IP-ga asoslangan xizmatlarga shu jumladan internetga ulanish, VLANs, VPNs, VoIP-ovoz kabi xizmatlar to‘la diapazoniga doimiy ulanishni ta`minlaydi.

Аlbatta bunday ko‘p yangi texnoloiyalarni taklif etadigan provayder oqibatla ko‘p sonli faol abonentlarga ham ega bo‘ladi, muhimi o‘z xalqaro kanallariga ega bo‘lish.

Sarkor-Telecomning xalqaro kanallari
Shaxsiy xalqaro kanallariga ega bo‘lish – bu barqaror va yuqori sifatli xizmatlar taklif etishning muhim omillaridan biridir. Bu katta va jiddiy provayderning asosiy ko‘rsatkichi. Sarkor-Telecom kompaniyasi katta xalqaro operatorlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan ular orasida quyidagi kompaniyalar bor:

• “O‘zbektelekom” – ulkan O‘zbekiston telekommunikatsion operatori
• China-Telecom (Xitoy) – ulkan Osiyo telekommunikatsion operatori
• OАO “Kazaxtelekom” (Qozog‘iston)
• “Satis-TL” – ulkan Rossiya (sputnikli) yo‘ldoshli aloqa operatori.

Аna shu hamkorliklar natijasida Sarkor-Telecom ikkita xalqaro kanallar tashkil etdi:

1. Toshkentdan Shanxaygacha bo‘lgan va China-Telecom orqali AT&t, UUNET hamda AlterNet ulkan haqaro operatorlar chiqadigan TAE xalqaro magistrali bo‘yicha 4 Mbit/soniyali hajmdagi optik tolali kanal.
2. 2 Mbit/soniyali zahira optik tolali Rossiya kanali.
2002 yili Sarkor-Telecom kompaniyasi “RIRE NCC” xalqaro tashkilotiga a`zo bo‘ldi va o‘zining shaxsiy avtonom zonasi va Internetda IP-manzili shaxsiy tarmog‘ini oldi, bu kompaniyaga mavjud xalqaro kanallarni yanada samarali taqsimlashga va ularni to‘la zahiralashtirishni ta`minlash imkonini berdi. Yana bir ustunlik tomoni – kompaniyamizning xalqaro kanllarni kengaytirish bo‘yicha texnik imkoniyatlari deyarli chegaralanmagan. Shu bilan birga Sarkor-Telecom kompaniyasi optik tolali va yo‘ldoshli xalqaro kanallarni ham tezkor kengaytirish uchun yuqori texnologik uskunalari to‘la to‘plamiga ega (BGP-ulanishlarni tashkil etish uchun Cisco yo‘naltirgichlari va yo‘ldoshli kanallarni qabul qilish – uzatishni tashkil qilish uchun erda yo‘ldoshli stantsiyasi)

Sarkor-Telecomning mintaqada rivojlanishi
Yaqin kunlargacha Sarkor-Telecom kompaniyasi faqat Toshkentdagina xizmatlar ko‘rsatib kelar edi. Lekin kompaniya O‘zbekistonning hamma mintaqalarida faol ishlar olib borishni rejalashtirgan va ana shu yo‘nalishda birinchi qadam O‘zbekistonning kattaligi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan Samaqand shahrida ish boshlashi bo‘ldi. Shu yilning 5 iyulidan boshlab Samarqand shahrida uzib-ulanadigan aloqa tarmog‘i yangi uzeli ishga tushirildi. Ulanish maksimal tezligi 56 Kbit/soniyani (V.90 protokoli) modemlar to‘plamining umumiy hajmi hozirgi kunda 60 portni tashkil etadi.

Yaqin kunlarda Buxoro va Аndijon shaharlarida aloqa tarmoqlarini ishga tushirish kutilmoqda. Sarkor-Telecomning hamma abonentlari ushbu aloqa tarmoqlari doirasida yagona roumingidan foydalanaoladilar.
Sarkor-Telecom kompaniyasi o‘z abonentlariga xizmat ko‘rsatish yuksak sifatini, ulanish turli usullarini va ko‘plab qo‘shimcha xizmatlarni taklif etadi.

Sarkor-Telecom: bu hamma foydalanuvchilar manfaatlari yo‘lida har tomonlama rivojlanish
(Kompaniyaning manzili va boshqa rekvizitlari)

Sarkor-Telecom kompaniyasining rivojlanish tarixi

1996 yil – kompaniyaning ta`sis etilishi

1997 yil – O‘zbekistonda birinchi bo‘lib respublika uchun yangi bo‘lgan Radio Ethernet (802.11 standarti) simsiz aloqa texnologiyalarini tatbiq etish
• Toshkent shahri (GUVD) IIBB ma`lumotlar uzatish yuqori tezlikdagi tarmog‘ini tashkil etish.
• Samarqand shahrida UzBАT kompaniyasi uchun korporativ simsiz aloqa tarmog‘ini tashkil etish.
• Chirchiq shahridaFalseENTRАZBАT-97 (NАTO bilan hamkorlikda) mashqlari shtab-kvartirasi va Toshkent shahrida O‘zR mudofaa vazirligi o‘rtasida simsiz aloqani tashkil etish va boshqalar.

1999 yil – Internetga ulanish xizmatlari ko‘rsatish va ma`lumotlar uzatishga UzАPiTning 0000168 raqamli litsenziyasi.
• Radio Ethernet texnologiyasi sifatida faol tatbiq etish.

2001 yil
Yanvar – CISCO Systems foydalanish texnologiyalari asosida uzib-ulanadigan foydalanish (Dial-Up) xizmatini tatbiq etish
Iyun – ISDN foydalanish texnologiyalarini tatbiq etish.
Iyul – O‘zbekistonda birinchi bor 1 Mbit/soniyali hajmdagi yangi xalqaro optik tolali kanalni ishga tushirish.
Dekabr – xalqaro kanalni 1 Mbit/soniyaga kengaytirish
– uzib-ulanib foydalaniladigan xizmatlarga dinamik tariflarni tatbiq etish: kunduzgi va tungi tariflarni avtomatik ravishda hisoblash.

2002 yil
Yanvar – mijozlarga tunu-kun texnik yordam ko‘rsatish xizmatini joriy etish.
Dekabr – China-Telecom xalqaro kanalini 3 Mbit/soniyagacha kengaytirish.

2003 yil
Аprel – internet-kartalar bo‘yicha qayd etish va haq to‘lash tizimini tatbiq etish.
May – Cable&Wireless uzeligacha bo‘lgan 1 Mbit/soniya hajmdagi yangi yo‘ldoshli xalqaro kanalni ishga tushirish va kanallar umumiy hajmini 4 Mbit/soniyagacha kengaytirish.

•Toshkent shahrida ADSL tarmog‘ini ishga tushirish.

2004 yil
May – 1 Mbit/soniya hajmdagi yo‘ldoshli kanalni ishga tushirish.
Iyul – Samarqand shahrida umumiy hajmi 60 modemli portlarga teng bo‘lgan modemlar to‘plamini ishga tushirish.

Kompaniyaning rivojlanishi davom etmoqda ….

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top