Infocom.uz

Seminar anjumanida sohada sug’urta munosabatlarining rivojlanish holati muhokama qilindi

Seminarni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o’rinbosari A.Xodjayev kirish so’zi bilan ochdi. U o’zining ma’ruzasida hukumatimiz tomonidan mamlakatda sug’urta munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, bu o’z navbatida sug’urta bozorining tubdan o’zgarib, yordamchi sektordan strategik rivojlanishni belgilab beradigan yo’nalishga aylanganligini ta’kidladi. Mamlakatda sug’urta yunalishida olib borilayotgan istiqbolli islohotlarni sohada keng tadbiq etish maqsadida, sohada sug’urta munosabatlarini rivojlantirish borasida qator tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligiga to’xtalib, mazkur seminarning tashkil etilishining asosiy maqsadi ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengaytirish va takomillashtirish choralarini ko’rib chiqishdan iboratliligini aytib o’tdi.

pic

«ALSKOM» sug’urta kompaniyasi bosh direktori T. Iminov sohada sug’urta munosabatlarini rivojlantirish holati yuzasidan ma’ruza qildi va sohada sug’urta munosabatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal qilish chora-tadbirlari haqida alohida to’xtab o’tdi. Jumladan, soha faoliyatining takomillashib, unda ko’shimcha xizmat turlarining joriy etilayotganligi bilan yangi turdagi risklar majmuasining yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Ma’ruzada mazkur risklarni sug’urta himoyasi bilan ta’minlash borasida taklif etilayotgan yangi sug’urta xizmati turlariga tavsif berilib, ularni amalda joriy etishning zaruriy choralari keltirib o’tildi.

Seminarda, shuningdek soha korxonalarida risk-menejment tizimini shakllantirish masalalari, axborot risklarini sug’urtalash mexanizmi va uni soha korxonalarida joriy etishning tashkiliy asoslari, hamda soha korxonalari faoliyati barqarorligini ta’minlashda muhim o’rin tutadigan sug’urta turlarining tavsifi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Seminar yakunida tinglangan ma’ruzalar muhokama qilinib, tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top