Infocom.uz

Shunday xizmat mavjud: pochtani tarqatish

Ozbekiston respublikasi pochta aloqasi: kecha, bugun, ertaga
Yangi iqisoiy otish davri va davlat mustaqilligi tarkibida oz faoliyatini olib borar ekan, Ozbekiston pochtasi pochta aloqasi tarmoqlari birligini va uni boshqarish ishini saqlab qola oldi.
Ozbekiston Respublikasi pochta aloqasi Ozbekiston davlatining xojalik va ijtimoiy infrastrukturasi ajralmas qismi hisoblanadi, pochta xabarlarini qabul qilish, ishlab chiqarish, etkazish (almashrish shahobchalari, pochta aloqasi bolimlari, aloqa va pochta yonalishlari bolimlari ) uchun pochta aloqasi ob`ektlari shahobchalari yagona tarmog’i birlashtirilgan va aholi, xojalik tashkilotlari, davlat tizimlari, va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga odatiy pochta aloqa xizmatlari bilan birga yangi zamonaviy elektron aloqalar vositalari va hisoblash texnikalari yordamida pochta ma`lumotlarini yangi texnologik ishlab chiqish va etkazib berishdan tashkil topgan yangi turdagi xizmatlar ham korsatish uchun moljallangan ozaro bogliq ishlab chiqarish kompleksi sifatida ish olib boradi. Shularni hisobga olgan holda 1991 yilining birinchi yarmida pochta va elektr aloqalarni ajratish boyicha ishlar boshlangan edi. Birinchilaran bolib, Respublikamizning Toshkent viloyatida qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu erda ishlab turgan pochta aloqasi va soyuzechat korxonalarida, tarkibidagi bolimlari pochta aloqasi mustaqil korxonasi (birlashmasi) tashkil etildi, 1992 yili Respublika pochta aloqasi korxonasi ta`sischilari yigilishi qarori bilan “Ozbekiston pochtasi” kontsernni tashkil topdi.

pic

Davlat tizimida sodir bolayotgan katta ozgarishlar aloqa sohasida ham ozgarishlar zarurligiga olib keldi. Shuning uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 23.07.97 sondagi ”Аxborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish” haqidagi farmoni va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta va telekommunikatsiyalar Ozbekiston Аgentligi faoliyatini tashkil etish haqidagi”31.07.97 yilgi qaroriga asoslanib, Respublikada “Ozbekiston pochtasi” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasini tashkil etildi.

Shu belgilab qoyildiki, aktsiyalar 75% davlat mulki bolib qoladi, 10% foiz mehnat jamoasi uchun sotiladi, 15% esa erkin sotuvga chiqariladi. Mehnat jamoasi va erkin sotuvdagi chiqarilgan aktsiyalar harid qilib olindi. Keyinchalik, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ”Аxborot va kommunikatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirish va tatbiq etish haqidagi” 2002 yil 30 maydagi qaroriga binoan Ozbekiston pochta va telekommunikatsiya Аgentligi Ozbekiston aloqa va axborotlashtirish Аgentligiga aylantirildi. Shu tariqa oz faoliyatini yangi iqtisodiy otish va davlat mustaqilligi sharoitida amalga oshirib borib, ozbek pochtasi pochta aloqasi tarmog’i va uni boshqaruv tizimini saqlab qola oldi.

“Ozbekiston pochtasi” Davlat – aktsiyanerlik kompaniyasi tarkibiga 191ta tuman va shahar shahobchalari (bolimlari)ni 3021ta aloqa bolimlarini, shu jumladan, 2314ta qishloq bolinmalarini oz ichiga olgan, “Xalqaro pochtamt” АJ, “Ozbekiston markasi” АJ, “Xalqaro tezkor pochta”АJ, 14ta hududiy aktsionerlik uyushmalari birlashmalari kiradi. Pochta aloqasi korxonalarida 7996 ta etkazib berish bolimlari tashkil etilgan, shu jumladan, 2399ta shaharda, 304tasi shahar turidagi posyolkalarda va qishloq joylarida 4411tasi joylashgan. Xizmat korsatilaёtgan hududlarda 6757ta xatlar uchun pochta qutilari, shu jumladan: – 4645tasi qishloq joylarida ornatilgan. Pochtalarni doimiy ravishda, muntazam etkazib berishni ta`minlovchi 38ta – aviya, 384ta – avtomobil, 5ta temir yol pochtasi yonalishlari ishlab turibdi. Ishlab turgan tarmoq – Respublika pochtasining muhim bir munosib qimmatdir.

Pochta korxonalarida 14 mingdan koproq odam mexnat qilib, ular har kuni kop minglab xat, telegrammalar, pul otkazish, posilkalarni ishab chiqadilar, millionlab obunachilarga gazeta va jurnallar, pensiya va nafaqalar etkazib beradilar. Qoshimcha turdagi xizmatlar tatbiq etib borishmoqda: maishiy xizmatlar uchun telefon uchun xaq tolash, mulkni sugurta qilish, lotereya biletlari tarqatish, pochta-orqali tovar etkazib berish, elektron pochtasi internet xizmatlari va boshqalar.
Bular uchun oxirgi 2 yil davomida shaxsiy moddiy textik bazalar ancha mustahkamlandi: pochta korxonalari 300 ga yaqin avtomobillar, 256ta kompyuterlar, yuzlab pochta-kassa apparatlari, modem, faks, kseroks, elektron tarozlar va boshalarni sotib oldilar.
1994 yili Ozbekistonning Xalqaro pochta birlashmasiga a`zo bolishi bilan respublika pochta aloqalari oldida VPS ga a`zo davlatlar hududida xalqaro pochtalarni qabul qilish, ishlab chiqarish va etkazib berish uchun yagona sharoitlar yaratish uchun bir qator xalqaro qoidalar va VPS talablari sababli yuzaga kelgan yangi vazifalar paydo boldi. Chet el davlatlari sheriklari bilan hamkorlikni rivojlantirishga borib, xalqaro pochta almashinuvlari xam osib bormoqda:1998 yili agarda dunyoning 84ta davlati bilan bolsa (shu jumladan, 69ta davlat bilan), 2001 yili almashinuv dunyoning 98 ta davlatlari bilan olib borildi (shu jumladan, 83 ta davlatlar bilan).

Respublika pochta aloqasi pochta sohasi doirasida ishlar olib boruvchi davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan huquqiy, texnologik va moliyaviy munosabatlar ornatish imkoniyatiga ega boldi.
Shunday qilib, Ozbekiston Respublikasi pochta operatori muntazam ravishda VPS bilan muntazam hamkorlik ishlari olib boradi, pochta aloqasi sohasida sodir bolayotgan hamma yangilik va ozgarishlar haqida xabar berib turadi: oquv kurslari va malakasini oshirish kurslariga taklif etilib turadi. Pochta xizmatlari xalqaro forumlyar va konferentsiyalarda ishtirok etadilar: 2001 yili Hindistonda pochtalar forumi, Koreyada korgazma, Sankt-Petenrburgda togridan – togri pochta reklamasi boyicha seminar; pochta-omonat xizmatlari boyicha Bern (Shveytsariyada) seminar, pochta islohotlari boyicha seminar Moskvada, 2002yili АQShda loyihalar bilan tanishish, Odessada (Ukraina) korgazma va konferentsiya, togridan-togri pochta reklamasi boyicha Moskvada xalqaro konferentsiya, oxirgi sarf – harajatlar boyicha seminar. Riga (Latviya) pochtalarni tanzit olib otish boyicha uchrashuv, Minsk (Belarus).

Ozbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan “Ozbekiston pochtasi” davlat aktsionerlik kompaniyasi tartibida pochta xavfsizligi xizmati tashkil etildi. Uning asosiy vazifalaridan biri jonatish taqiqlangan predmet va buyumlarni pochta orqali jonatilish hollarini aniqlash va oldini olish hisoblanadi.
2002 yili avgustida АQSh davlat departamenti Ozbekiston Qukumati bilan birgalikda Toshkentda Ozbekiston aloqa va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, G’avqulotda vaziyatlar boyicha vazirlik, Ozbekiston Respublikasi xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida “Ximёviy va biologik faol pochta jonatmalari bilan bog’liq mojarolarni bartaraf etish” oquv kursi otkazildi.

pic

1999 yili Ozbekistonda bolgan VPS xizmatchilari-regional maslahatchi YaN MАSАK va ekspert АLEKSАNDR MАTUShlar respublika pochta aloqa holatini tahlil qilib chiqdilar va Ozbekiston pochta sohasini Seuldagi pochta strategiyasi nuqtii nazaridan rivojlantirish rejasini taqdim etdilar.
Pekin pochta strategiyasi doirasida quyidagi muhim sohalarda ishlar olib borilmoqda:
• Universal pochta xizmati:
• Xalqaro pochta tarmog’i xizmati sifati.
• Xalqaro ochta tarmog’ining iqtisodiy yashash qobiliyati
• Bozor va pochta xizmatlaari.
• Pochtaning rivojlanishi va islohotlar
• Аsosiy manfaatdor tomonlar bilan ozaro harakatlar va hamkorlik.
Ozbekiston Respublikasi pochta rahbariyati aloqa sohasidagi regional hamkorlari (RSS) bilan uning a`zosi sifatida ishlarni amalga oshirmoqda, pochta aloqalari masalalari boyicha RSS komissiyalari hamma yigilishi, majlis, seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etmoqda. Ozaro maslahatlar va tajriba almashishni amalga oshirilmoqda, MDH doirasida xalqaro pochta xizmatlari sifatini oshirish boyicha RSS dasturlarini amalga oshirmoqda (pochtaning ish boshidan oxirigacha bolgan xizmatlar sifatini nazorat qilish kabilarda ishtirok etmoqda).

Janubiy Harbiy Osiyo mamlakatlari (SWAPU) pochta uyushmasi bilan kuzatuvchi sifatida munosabatlar olib bormoqda.
Respublika pochta aloqalari korxonalari tomonidan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xizmat korsatishi hajmining barqarorligini ta`minlash boyicha chora – tadbirlar amalga oshirildi. 2002 yilning birinchi choragida 2027 ming somlik foyda olindi, aholiga 426,9 somlik xizmatlar korsatildi, 89,2 mln somlik foyda olindi. shu davrda pochta jonatishlar hajmi 39491 mingni tashkil etdi, shu jumladan-2795 ming dona xatlar, 20,3 ming dona posilka,167,6 ming dona pul otkazishlar tashkil etdi. Har oyda 2,6 mln somlik pensiyalar etkazib beriladi. 2001yilning birinchi choragiga nisbatan xat jonatishlar va pul otkazishlar 2%ga oshdi. 2002 yilning birinchi choragida 18,9 ming dollorga eksport amalga oshirildi, valyuta tushimlarini 50%ni majburiy sotish 9,45 ming АQSh dollari etib bajarildi. Mustaqillik davrida 454ta ppochta markalari va boshqa turdagi pochta tolovlari belgilari bosib chiqarildi. Pochta orqali aholi, korxonalar, tashkilotlarning adresi mavjudligi bizga togridan-togri pochta raklamasi xizmatini korsatish bilan samarali shug’ullanishga imkon berdi.

pic

Bugungi kunda pochta korxonalarining daromad olish tuzulmasi tubdan ozgargan va ana shunday korinishga ega:
• Аsosiy pochta xizmatlari -14%
• Gazeta va jurnallarni tarqatish -14%
• Pensiyalar tolashdan olingan daromad -48%
• Boshqa turdagi xizmatlar -24%
Ozbekiston pochtasi xodimlarining umumiy soni 14200 kishidan iborat.
Tuzulma shunday tartibda:
6587-xatlar,gazeta jurnallar tarqatish boyicha pochtalyonlar.
4025-operatsion ishchilar.
1150-pochtani tashib berish bilan mashgul ishchilar.
1250-rahbar-boshqaruv apparati.
Pochta xizmati doirasida raqobatchilik ongi rivojlangan.
Ozbekiston bozorida 10dan ortiq firmalar xatlarni (xat-xabar kichik paket va yuklar) etkazib berish boyicha ishlar olib boradilar, onlab gazeta-jurnallar etkazib beruvchi tijorat tashkilotlari ish olib boradi, bank xizmatlari korsatishda keskin raqobat bor.
Respublika pochta aloqasining rivojlanishi asosiy yonalishi zamonaviy talablarga javob bera oluvchi, Jahon pochta birlashmasi standarti boyicha mijozlar osib borgan talablariga javob bera oluvchi va pochta orqali jonatiluvchi xat va yuklarni sifatli bajarilishini ta`minlovchi darajadagi ishlarni tashkil etib xizmat korsatishdir. 1998 yildan Toshkentda GTS, IVTs, GTS, SАKB “Аloqabank” va “Toshkent pochtamti” АJ ishtirokida aholiga pochta va elektron aloqa xizmatlari korsatish boyicha yagona kompyuter tarmogi yaratish ishlari olib borilmoqda. Hindiston davlati bilan imzolangan shartnoma boyicha Toshkent aloqa bolimlarining uchtasi kompyuterlar bilan jihozlandi, loyiha qiymati-75 ming АQSh dolga teng.

Pochta aloqa xizmatlari hajmini oshirish, yangi qushimcha turdagi xizmatlarni tatbiq etish, pochta-bank xizmatlari korsatish (pochta-bank), xalq iste`mol mollarini sotish (tovarlar-pochta orqali), internetdan foydalanish, kitob-plakat va boshqa poligrafik mahsulotlarga buyurtmalarni bajarish, (kitoblar-pochta orqali xizmati), soha kompyuter tarmogini yaratish dasturini ishlab chiqarish va tatbiq etish va zamonaviy texnik vositalar bilan qayta jihozlash ishlari eng birinchi vazifa hisoblanadi.
Pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida bozor iqtisodiyotiga otish davri sharoitida Ozbekiston Respublikasi pochta aloqasi faoliyatini takomilashtirishga qaratilgan kontseptsiya (1998-2010 yillar) pochta aloqasi avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Shu hujjatlarda bozor sharoitlarida Ozbekiston Respublikasi pochta aloqasi xizmati holati tahlil qilib chiqildi va 2010 yilgacha pochta xizmatining barqaror rentabel faoliyati korsatmasiga qaratilgan takomillashtirish yollari taklif etilgan.

pic
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top