Infocom.uz

Shunday xizmat mavjud:pochtani tarqatish

Yangi iqtisoiy o’tish davri va davlat mustaqilligi tarkibida o’z faoliyatini olib borar ekan O’zbekiston pochtasi pochta aloqasi tarmoqlari birligini va uni boshšarish tizimini saqlab qola oldi.
O’zbekiston Respublikasi pochta aloqasi O’zbekiston davlatining xo’jalik va ijtimoiy infrastrukturasining ajralmas qismi hisoblanadi, pochta xabarlarini qabul qilish, ishlab chiqarish, etkazish (almashrish shahobchalari, pochta aloqasi bo’limlari, aloqa va pochta yo’nalishlari bo’limlari ) uchun pochta aloqasi ob`ektlari shahobchalari yagona tarmog’i birlashtirilgan va aholi, xo’jalik tashkilotlari, davlat tizimlari, boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga odatiy pochta aloqa xizmatlari bilan birga yangi zamonaviy elektron aloqalar vositalari va hisoblash texnikalari yordamida pochta ma`lumotlarini yangi texnologik ishlab chiqish va etkazib berishdan tashkil topgan yangi turdagi xizmatlar ham ko’rsatish uchun mo’ljallangan o’zaro bog’liq ishlab chiqarish kompleksi sifatida ish olib boradi. Shularni hisobga olgan holda 1991 yilning birinchi yarmida pochta va elektr aloqalarni ajratish bo’yicha ishlar boshlangan edi. Birinchilardan bo’lib Respublikamizning Toshkent viloyatida qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu erda ishlab turgan pochta aloqasi va soyuzpechat korxonalarida, tarkibidagi bo’limlari pochta aloqasi mustaqil korxonasi (birlashmasi) tashkil etildi, 1992 yili Respublika pochta aloqasi korxonasi ta`sischilarining yig’ilishi qarori bilan “O’zbekiston pochtasi” kontsernni tashkil topdi.
Davlat tizimida sodir bo’layotgan katta o’zgarishlar aloqa sohasida ham o’zgarishlar zarurligiga olib keldi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.07.97 sondagi ”Аxborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish” farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta va telekamunikatsiyalar O’zbekiston Аgentligi faoliyatini tashkil etish haqidagi”31.07.97 yilgi qaroriga asoslanib, Respublikada “O’zbekiston pochtasi” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
Shu belgilab qo’yildiki aktsiyalarning 75% (foizi) davlat mulki bo’lib qoladi, 10% foiz mehnat jamoasi uchun sotiladi, 15% esa erkin sotuvga chiqariladi. Mehnat jamoasi va erkin sotuvdagi chiqarilgan aktsiyalar harid qilib olindi. Keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Аxborot va kommunikatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirish va tatbiq etish haqiagi” 2002yil 30 maydagi qaroriga binoan O’zbekiston pochta va telekamunikatsiya Аgentligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish Аgentligiga aylantirildi. Shu tariqa o’z faoliyatini yangi iqtisodiy o’tish va davlat mustaqilligi sharoitida amalga oshirib borib, o’zbek pochtasi, pochta aloqasi tarmog’i va uni boshqaruv tizimini saqlab qola oldi.
Davlat – aktsiyanerlik kompaniyasi tarkibiga 191ta tuman va shahar shahobchalari (bo’limlari)ni 3021ta aloqa bo’limlarini, shu jumladan, 2314ta qishloq bo’linmalarini o’z ichiga olgan, АJ, АJ, АJ, 14ta hududiy aktsionerlik uyushmalari birlashmalari kiradi. Pochta aloqasi korxonalarida 7996ta etkazib berish bo’limlari tashkil etilgan, shu jumladan 2399ta shaharda, 304tasi shahar turidagi posyolkalarda va qishloq joylarida 4411tasi joylashgan. Xizmat ko’rsatilayotgan ³ududlarda 6757ta xatlar uchun pochta qutilari, shu jumladan – 4645tasi qishloq joylarda o`rnatilgan. Pochtalarni doimiy etkazib berishni ta`minlovchi 38ta – aviya, 384ta – avtomobil, 5ta temir yo’l pochtasi yo’nalishlari ishlab turibdi. Ishlab turgan tarmoq – Respublikaning muhim pochta xizmatidir.
Pochta korxonalarida 14 mingdan ko’proq odam mehnat qilib, ular har kuni ko’p minglab xat, telegrammalar, pul o’tkazish, posilkalarni ishlab chiqadilar, millionlab obunachilarga gazeta va jurnallar, pensiya va nafaqalar etkazib beradilar. Qo’shimcha turdagi xizmatlar tatbiq etib borishmoqda. Ular: maishiy xizmatlar, telefon uchun haq to’lash mulkni sug’urta qilish, lotereya biletlari tarqatish, pochta-orqali tovar etkazib berish, elektron pochtasi, Internet xizmatlari va boshqalardir.
Shu sababli so’nggi 2 yil davomida shaxsiy moddiy textik bazalar ancha mustahkamlandi:pochta korxonalari 300ga yaqin avtomobillar, 256ta kompyuterlar, yuzlab pochta-kassa apparatlari, modem, faks, kseroks, elektron tarozlar va boshqalarni sotib oldilar.
1994 yili O’zbekistonning Xalqaro pochta birlashmasiga a`zo bo’lish bilan respublika pochta aloqalari oldida BPI ga a`zo davlatlar hududida xalqaro pochtalarni qabul qilish, ishlab chiqarish va etkazib berish uchun yagona sharoitlar yaratish uchun bir qator xalqaro qoidalar va BPI talablari sababli yuzaga kelgan yangi vazifalar paydo bo’ldi. Chet davlatlari sheriklari bilan hamkorlikni rivojlantira borib, xalqaro pochta almashinuvlari ham o’sib bormoqda:1998 yili agarda dunyoning 84ta davlati bilan , 2001 yili almashinuv dunyoning 98 ta davlatlari bilan olib boriladi
Respublika pochta aloqasi pochta sohasi doirasida ishlar olib boruvchi davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan huquqiy, texnologik va moliyaviy munosabatlar o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi pochta operatori muntazam ravishda hamkorlikda ishlaydi, pochta aloqasi sohasida sodir bo’layotgan hamma yangilik va o’zgarishlar haqida xabar berib turadi:o’quv kurslari va malakasini oshirish kurslariga taklif etilib turadi. Pochta xizmatlari xalqaro formulyar va konferentsiyalarda ishtirok etadilar: 2001 yili Hindistonda pochtalar forumi, Koreyada ko’rgazma, Sankt-Petenrburgda to’g’ridan-to’g’ri pochta reklamasi bo’yicha seminar; pochta-omonat xizmatlari bo’yicha Bern (Shveytsariyada) seminar, pochta reformalari bo’yicha seminar Moskvada, 2002 yili АQSHda loyihalar bilan tanishish, Odessada (Ukraina) ko’rgazma va konferentsiya, to’g’ridan-to’g’ri pochta reklamasi bo’yicha Moskvada xalqaro konferentsiya, oxirgi sarf – harajatlar bo’yicha seminar. Riga (Latviya) pochtalarni tranzit olib o’tish bo’yicha uchrashuv, Minsk (Belarus).
O’zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan davlat aktsionerlik komaniyasi tartibida pochta xavfsizligi xizmati tashkil etildi. Uning asosiy vazifalaridan biri jo’natish ta`qiqlangan predmet va buyumlarni pochta orqali jo’natilish hollarini aniqlash va oldini olish hisoblanadi.
2002 yili avgustida АQSH davlat departamenti O’zbekiston Hukumati bilan birgalikda Toshkentda O’zbekiston aloqa va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Favqulotda vaziyatlar bo’yicha vazirlik, O’zbekiston Respublikasi xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida “Ximyoviy va biologik aktiv pochta jo’natmalari bilan bog’liq mojarolarni bartaraf etish” o’quv kursi o’tkazildi.
1999 yili O’zbekistonda bo’lgan BPI xizmatchilari-regional maslahatchi YaN MАSАK va ekspert АLEKSАNDR MАTUSHlar respublika pochta aloqa holatini tahlil qilib chiqdilar va O’zbekiston pochta sohasini Seuldagi pochta strategiyasi nuqtai nazaridan rivojlantirish rejasini taqdim etdilar.
Pekin pochta strategiyasi doirasida quyidagi muhim sohalarda ishlar olib borilmoqda:
• Universal pochta xizmati:
• Xalqaro pochta tarmog’i xizmati sifati.
• Xalqaro ochta tarmog’ining iqtisodiy yashash qobiliyati
• Bozor va pochta xizmatlari.
• Pochtaning rivojlanishi va islohotlar
• Аsosiy manfaatdor tomonlar bilan o’zaro harakatlar va hamkorlik.
O’zbekiston Respublikasi pochta rahbariyati aloqa sohasidagi regional hamkorlari (RSS) bilan uning a`zosi sifatida ishlarni amalga oshirmoqda, pochta aloqalari masalalari bo’yicha RSS komissiyalari ³amma yig’ilishi, majlis, seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etmoqda. O’zaro maslahatlar va tajriba almashishni amalga oshirishmoqda, MDH doirasida xalqaro pochta xizmatlari sifatini oshirish bo’yicha RSS dasturlarini amalga oshirmoqda (pochtaning boshlanishdan oxirigacha borishi sifatini nazorat tekshirishlarida ishtirok etmoqda).
Janubiy G’arbiy Osiyo mamlakatlari (SWAPU) pochta uyushmasi bilan kuzatuvchi sifatida munosabatlar olib bormoqda.
Respublika pochta aloqalari korxonalari tomonidan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xizmat ko’rsatishi hajmini barqarorligini ta`minlash bo’yicha chora – tadbirlar amalga oshirildi. 2002 yilning birinchi choragida 2027 ming so’mlik foyda olindi, axoliga 426,9 so’mlik xizmatlar ko’rsatildi, 89,2 mln so’mlik foyda olindi.shu davra pochta jo’natishlar hajmi 39491mingni tashkil etdi, shu jumladan-2795ming dona xatlar, 20,3 ming dona posilka,167,6mingdona pul o’tkazishlar tashkil etdi. Har oyda 2,6mln so’mlik ensiyalar etkazib beriladi. 2001yilning birinchi choragiga nisbatan xat jo’natishlar va pul o’tkazishlar 2%ga oshdi. 2002 yilning birinchi choragida 18,9 ming dollarga eksport amalga oshirildi, valyuta tushishlarini 50%ni majburiy sotish 9,45 ming АQSH dollori etib bajarildi. Mustaqillik davrida 454ta pochta markalari va boshqa turdagi pochta to’lovlari belgilari bosib chiqarildi. Pochta orqali aholi, korxonalar, tashkilotlarning adresi mavjudligi bizga t¢¼ridan-t¢¼ri pochta raklamasi xizmatini ko’rsatish bilan samarali shug’urllanishga imkon berdi.
Bugungi kunda pochta korxonalarining daromad olish strukturasi tubdan o’zgargan va ana shunay ko’rinishga ega:
• Аsosiy pochta xizmatlari -14%
• Gazeta va jurnallarni tarqatish -14%
• Pensiyalar to’lashdan olingan daromad -48%
• Boshqa turdagi xizmatlar -24%
O’zbekiston pochtasi xodimlarining umumiy soni 14200 kishidan iborat.
Struktura shunday tartibda:
6587-xatlar,gazeta jurnallartaršatish bo’yicha pochtalonlar.
4025-operatsion ishchilar.
1150-pochtani tashib berish bilan mashg’ul ishchilar.
1250-rahbar-boshqaruv oparati.
Pochta xizmati doirasida raqobatchilik ongi rivojlangan.
O’zbekiston bozorida 10dan ortiq firmalar xatlarni (xat-xabar kichik paket va yuklar) etkazib berish bo’yicha ishlar olib boradilar, o’nlab gazeta-jurnallar etkazib beruvchi tijorat tashkilotlari ish olib boradi, bank xizmatlari ko’rsatishda keskin raqobat bor.
Respublika pochta aloqasining rivojlanishi asosiy yo’nalishi zamonaviy talablarga javob bera oluvchi, Jahon pochta birlashmasi standarti bo’yicha mijozllar o’sib borgan talablariga javob bera oluvchi va pochta orqali jo’natiluvchi xat va yuklarni sifatli bajarilishini ta`minlovchi darajadagi ishlarni tashkil etib xizmat ko’rsatishdir. 1998 yildan Toshkentda GTS, IVTs, GTS, SАKB <Аloqabank> va АJ ishtirokida aholiga pochta va elektron aloqa xizmatlari ko’rsatish bo’yicha yagona kompyuter tarmog’i yaratish ishlari olib borilmoqda. Hindiston davlati bilan imzolangan shartnoma bo’yicha Toshkent aloqa bo’limlarining uchtasi kompyuterlar bilan jihozlandi, loyiha qiymati-75ming АQSH dol.ga teng.
Pochta aloqa xizmatlari hajmini oshirish, yangi qo’shimcha turdagi xizmatlarni tatbiš etish, pochta-bank xizmatlari ko’rsatish (pochta-bank), xalq iste`mol mollarini sotish(tovarlar-pochta oršali), internetdan foydalanish,kitob-plakat va boshqa poligrafik mahsulotlarga buyurtmalarni bajarish,(kitoblar-pochta orqali xizmati), soha kompyuter tarmog’ini yaratish dasturini ishlab chiqarish va tatbiq etish va zamonaviy texnik vositalar bilan qayta jihozlash ishlari eng birinchi vazifa hisoblanadi.
Pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida bozor iqtisodiyotiga o’tish davri sharoitida O’zbekiston Respublikasi pochta aloqasi faoliyatini takomilashtirishga qaratilgan kontseptsiya (1998-2010yillar) pochta aloqasi avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Shu hujjatlarda bozor sharoitlarida O’zbekiston Respublikasi pochta aloqasi xizmati holati tahlil qilib chiqildi va 2010 yilgacha pochta xizmatining barqaror rentabel faoliyati ko’rsatmasiga qaratilgan takomillashtirish yo’llari taklif etilgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top