Infocom.uz

Sifat va samaradorlik – “Ucell” muvaffaqiyatining asosi

– Janob Memigyuven, o‘quvchilarimizga yangi brend qanday paydo bo‘lganligini eslatsangiz?
– Bir yil avval –2011 yil 12 may kuni – Skandinaviya, Boliq bo‘yi va Markaziy Osiyoning 15 ta davlatidagi 18 ta mobil, qo‘zg‘almas aloqa va Internet operatorlari, ularning ichiga “Ucell” ham kirgan holda umumiy brend ramzi – binafsharangdagi tosh belgisi ostida birlashdilar. O‘ylaymanki, ushbu operatorlar “TeliaSonera”ning sho‘ba bo‘linmalari bo‘lganlari va bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolayotganligini aniqlab o‘tirishga hojat yo‘q. To‘g‘ri, “Ucell” rebrendingni o‘zining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlashga qaror qilib, imidjini o‘zgarganligini 12 may emas, balki 16 iyunda nishonlaydi.

Shunisi e’tiborga molikki, savdo belgisi kompaniyaning bosh ofisida ishlab chiqilib, uning barcha operatsiyalariga “tepadan pastga” qarab tarqatilishini ko‘zda tutuvchi korporativ rebrendingning umum qabul qilingan qoidalariga qaramay, “TeliaSonera” brendining imidji azaldan kompaniyaning Yevroosiyo mintaqasidagi operatsiyalari bilan ishlab chiqilgan.

Birinchi bo‘lib, 2009 yilda Qozog‘iston va Gruziyadagi mobil aloqa bozorlarining yetakchilari – “Kcell” hamda “Geocell” kompaniyalari binafsharangga “burkandilar”. Ulardan so‘ng 2010 yilda Tojikistonda “Tcell”, Nepalda “Ncell”, Moldovada “Moldcell” va Ozarbayjonda “Azercell” shu ishni qaytardilar.

O‘sha paytga odat bo‘lmagan binafsharangli brendning ushbu yangi imidji kompaniya abonentlarining va ko‘rsatilgan mamlakatlar aholisining ko‘ngliga o‘tirdi. Hatto qizil va sariq ranglar muqaddas hisoblangan (“Ncell” kompaniyasi rebrendingga qadar aynan shu ranglardan foydalanganligini fahmlash mumkin), mahalliy aholining kundalik hayotida binafsharang hech qanday o‘ringa ega bo‘lmagan Nepalda ham “Ncell”ning yangi imidji katta zavq bilan qaubl qilindi, kompaniya abonentlarining soni ikki marotaba oshdi, yangi rang esa tez orada rasm bo‘ldi.

– Nahotki barchasi shunchalar oddiy? Muvaffaqiyatni ta’minlash uchun kompaniyaning firma belgisini yangilashning o‘zi kifoya qiladimi?
– Yo‘q, albatta, abonentlarimiz bizlarni faqatgna tashqi ko‘rinishimiz uchungina xush ko‘rmaydilar. Imidjni o‘zgartirishga kirishar ekanmiz, operatorlar o‘z qadriyatlarini, strategiyasini, mijozlar bilan munosabatlarini, o‘z xizmat va takliflarining sifati hamda spektrini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha katta ish olib bordilar. Yangi brend bilan birga savdo hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi konsepsiyasi keldi. O‘zbekiston aholisi ehtimol kompaniyamiz hamda rasmiy dilerlarimiz tomonidan butun mamlakat bo‘ylab ochilgan zamonaviy, texnologik va yorqin “Ucell” savdo markazlariga ko‘nikib bo‘lganlar. “TeliaSonera” guruhining barcha operatorlarida ayni paytda kompaniyaning o‘ziga tegishli qariyb 550 ta kabi markazlar mavjud, dilerlik markazlari bilan birga ularning soni 3 mingdan oshadi.

Ushbu markazlarning qulayligining orqasida puxta o‘ylangan dizayn, tabiiy materiallar va yoritish vositalarining tanlovi, mahsulotlarning maksimal qulay va tushunarli taqdimoti va, albatta, xushmuomala, hushyor va yetarli bilimga ega bo‘lgan personal turadi. “TeliaSonera” guruhi kompaniyalari ofislari, koll-markazlar, savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazlaridagi barcha xodimlar ta’lim olganlar va yetakchilikka intilish, ishonchlilik, tezkorlik, barqarorlik, hushyorlikdan iborat umumiy brendimizning yangi qadriyatlarini o‘zlashtirganlar.

“TeliaSonera” rebrendingidagi nostandart momentlardan yana biri guruhning barcha kompaniyalari o‘zining dastlabki nomlarini saqlab qoldilar. Savdo belgining nomi emas, faqatgina brendning imidji o‘zgardi. Masalan, Shvetsiya va Daniyada bizning nomimiz haliyam “Telia”, Finlyandiyada – “Sonera”, Norvegiyada – “Netcom”, litvada – “Omnitel”, Estoniyada – “EMT”, Qozog‘istonda “Kcell”, O‘zbekistonda esa – “Ucell”. “TeliaSonera” rahbariyati brendlarning nomlarini o‘zgartirmaslikka va ularning qandaydir umumiy nom ostida birlashtirmaslikka qaror qildi. Chunki ushbu brendlarning barchasi juda mashhur bo‘lib, o‘z bozorlarida, ayniqsa “TeliaSonera” yuz yildan ortiq tarixga va telekommunikatsiya sohasida yetakchi mavqeiga ega bo’lgan Skandinaviya davlatlarida yaxshi tanilgan va o‘z o‘rnini egallaganlar.

Agar brendni tanib olish darajasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda “TeliaSonera”ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Tomas Yonssonning so‘zlariga ko‘ra, yangi logotipning Skandinaviya va Boltiq bo‘yi davlatlarida tanib olish darajasi yil mobaynida taxminan 70% gacha o’sdi, Yevroosiyo mintaqasi hududida esa bizning logotip (uning ushbu mintaqada uzoq vaqt mavjudligi tufayli) aholining 90% dan ortig’iga tanish. Abonentlarning ko‘pchiligi bugungi kunda “TeliaSonera” Yevropa va Osiyodagi 20 ta davlatda telekommunikatsion xizmatlarni taqdim etuvchi va golobal strategik rivojlanishga ega, biroq mahalliy yondashuvni qo‘llaydigan va ushbu mamlakatlarning har birida mahalliy brend ostida ishlaydigan xalqaro kompaniyalar guruhi ekanligidan xabardor.

O‘tgan yil mobaynida “TeliaSonera” guruhi tarmoqlaridagi roumingda bo‘lgan umumiy chegirmalar takliflari hisobiga abonentlar guruhning turli mamlakatlaridagi operatorlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lganlar. Jumladan “TeliaSonera” guruhi operatori bo‘lgan mamlakatlardan biriga chiqayotgan “Ucell” abonentlari 60% gacha va undan yuqori chegirmalar olgan holda do‘stlari va yaqinlari bilan muloqot qilishlari hamda Internetdan foydalanishlari mumkin. Masalan, “Telia” (Shvatsiya) tarmog‘ida O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish $3,50 dan $1,85 gacha, “TeliaSonera” guruhi tarmoqlarida Internt narxi bir necha marotaba pasaydi, masalan, “Ncell” tarmog‘ida (Nepal) u megabayt uchun $18,21 tahkil qilar edi, keyin esa megabayt uchun $0,45 bo‘ldi. Narxlar yana pasayadi.

– Siz “TeliaSonera”ning yuz yillik tarixi haqida eslatib o‘tdingiz. Biroq, “Telia” va “Sonera” kompaniyalarining qo‘shilishi nisbatan yaqinda, hozirgi o‘n yillikda amalga oshgann emasmidi?
– Istalgan korporatsiya tarixi unga kiruvchi kompaniyalar tarixidan boshlanadi. “TeliaSonera” kompaniya 1953 yilda asos solinganidan beri telekommunikatsiya sohasida to‘plagan o‘zining boy tarixi hamda tajribasi bilan haqli ravishda faxrlanadi.

U paytda bu Shvetsiya Qirolligi telegraflik agentligi bo‘lib, keyinchalik uning nomi “Televerket”, undan keyin esa – “Telia” bo‘lgan. Tanish nom, shinday emasmi? 2002 yilda “Telia” xuddi shu kabi boy tarixga, texnlogik tajriba hamda Yevroosiyoning rivojlanayotgan bozorlarida faoliyat tajribasiga ega Finlyandiya aloqa operatori – “Sonera” bilan birlashdi. 90-yillarning boshida aynan “Sonera” va uning mutaxassilari Turkiya, Rossiya, Moldova, Kavkaz va O‘rta Osiyoda mobil operatorlarini tashkil qilishda ishtirok etishdi.

Bugun ushbu operatorlar katta “TeliaSonera” oilasiga kiradi va nou-xau bilan shug‘ullanish uchun noyob imkoniyatlarga, bilimlarga hamda guruhnig boshqa global imkoniyatlariga ega, bunday imkoniyatlar esa yetib ortadi. “TeliaSonera” guruhining Skandinaviyadagi operatorlari bir nechta skandinaviyalik telekommunikatsion uskunalarni yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikda 1980-yillarning boshida Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Norvegiyada ishga tushgan dunyodagi birinchi mobil aloqa tizimi “Nordic Mobile Telephony”ni ixtiro qilganliklarini qayd qilishning o‘zi kifoya. 2011 yil 1 oktabr kuni “TeliaSonera” ancha oldin o‘tmishga aylangan, ishlov berishda “TeliaSonera” mutaxassilari ham bevosita ishtirok etgan GSM umumyevropa standartiga o‘rnini bo‘shatgan mobil aloqaning ushbu standartining o‘ttiz yilligini nishonladi.

– Innovatsiyalar “TeliaSonera”ning firma kredosiga aylanganganga o‘xshaydi?
– Shubhasiz. O‘rni kelganda, o‘quvchilarga, ehtimol, bu qiqarlidir, mobil aloqa boshida turgan va bizning dunyoni hamda muloqot qilish imkoniyatlarimizni batamom o‘zgartirib yuborgan afsonaviy shaxs “TeliaSonera” kompaniyasida 44 yil mobaynida ishlagan! Uning ismi Osten Myakitalo. U 2011 yilda 72 yoshda olamdan ko‘z yumgan.

“TeliaSonera” kommunikatsiya sohasidagi novatorlar uchun O.Myakitalo nomli maxsus mukofotni ta’sis qildi va ushbu mukofotlarning birinchi laureatlari 2012 yil 2 may kuni e’lon qilindi. Shvetsiyaning 1999 yilda asos solingan, jamoat tarnsportining barcha shakllari uchun mobil aloqa yechimlarini taklif qiluvchi “Icomera” kompaniyasi yuqori tezlik tufayli uzluksiz mobil signalini ta’minlash alohida sa’y-harakatlarni talab qiluvchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarda mobil aloqa texnologiyasini ishlab chiqqanligi uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bugungi kunda jahonning 20 dan ortiq mamlakalatlaridagi yetakchi temir yo‘l kompaniyalari ushbu texnologiyadan foydalanadilar. Ularning orasida –Shvetsiyaning “SJ”, Britaniyaning “East Coast” va Irlandiyaning “Irish Rail” kompaniyalari.

Ikkinchi mukofot uchta tashkilot – “Karolinska Institutet” instituti, Stokgolmning Janubiy klinik kasalxonasi va “LEKAB Communication Systems” kompaniyasining qo‘shma loyihasiga berildi. Ushbu tashkilotlar insonlarga yurak xurujining dastlabki bosqichida birinchi shoshilinch yordam tizimini yaratdilar. Bemor yoki uning eng yaqinlaridan bo‘lgan birinchi SMS-signal bo‘yicha ko‘ngilli voqea joyida tibbiy brigada kelguniga qadar kechiktirmasdan yordam ko‘rsatishga tayyor.

– Olijanob tashabbus. Bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashingiz jamiyatda kompaniyaning ijobiy imidjini ushlab turish bilan bog‘liqmi?
– “TeliaSonera” kompaniyasi doimo mobil aloqa xizmatlari jamiyatga keltira oladigan foydaga alohida e’tibor qaratib kelgan va bundan keyin ham qaratadi. Yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqib va ularni bozorga chiqarib, biz birinchi navbatda ularning foydaliligi va funksionalligi haqida o‘ylaymiz. 2010 yil noyabr oyida “TeliaSonera” guruhining Yevroosiyo mintaqasidagi mobil operatorlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tgan “Mobil aloqa va jamiyat rivojlanishi” konferensiyasida ushbu sohadagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. “Ucell” konferensiyada SMS orqali abiturientlarni kirish imtihonlari natijalaridan xabardor qilish, tabiiy ofatlar xatari haqida SMS-ogohlantirishlar kabi xizmatlar bilan tanishtirdi, hududiy tariflar, “Student” tarifi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida jihozlangan mobil aloqa laboratoriyasi loyihasi haqida gapirib berdi.

Foydali xizmatlar bilan birga “TeliaSonera” guruhi operatorlari madaniyatdan va sportdan tortib, to tibbiyot hamda ta’limgacha turli sohalardagi ko‘p sonli ijtimoiy loyihalarga homiylik qiladi.

O‘zbekistonda ijtimoiy mas’uliyatga oid loyihalarda “Ucell”ning hissasi 2011 yilda qariyb 100 million so‘mni tashkil qildi.

– Kompaniyaning ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdagi bu kabi yuqori faolligi biznesning bosh yo‘nalishi – mobil aloqa xizmatlari va Internetning rivojlanishiga xalaqit bermaydimi? Yoki O‘zbekistonda brendning ommaviyligini ta’minlovchi o‘z muvaffaqiyat “formulangiz” bormi?
– “TeliaSonera” vazifasi – har bir bozorda birinchi raqamli operator, yuzaga kelgan bozor holatlaridan kelib chiqib, buning imkoni bo‘lmagan joyda esa – bozor yetakchisini musobaqaga chaqiruvchi ikkinchi kuchli o‘yinchi bo‘lish. “TeliaSonera” rahbariyati guruh operatorlariga yetakchilikka erishishga ko‘maklashuvchi uchta muhim ustuvor vazifalarni belgiladi. Bu aloqa tarmoqlarining yuqori sifati, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va butun kompanilar guruhi doirasida ular uchun noyob imkoniyatlarni yaratish, shuningdek xarajat hamda investitsiyalar o‘rtasida optimal balansni qo‘llab-quvvatlash. Muvaffaqiyat “formulasi”ni Yevropadagi eng yirik operatorlardan birining g‘ayratli va professional kadrlarining mijozlarga lokal yondashuv hamda mahalliy bozor haqidagi bilimlari bilan xalqaro tajribasi va texnik innovatsiyalarining uyg‘unlashuvi to‘ldiradi. Hozircha “Ucell” tarixi bu kabi yondashuvning to‘g‘riligini tasdiqlamoqda!

– Raqamlarga bir oz to‘xtalsak. Ucell kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalarning hamji qanday?
– Moliyalashtirish va investitsiya borasida biz g’urur bilan TeliaSonera O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilaridan biri ekanligini aytishimiz mumkin. 3 yil davomida biz 407 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘ladik. Ushbu davr ichida butun mamlakat bo‘ylab Ucell tarmog‘ini rivojlantirishga 700 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritdik. Bu maqsadlarimiz uzoq muddatga mo‘ljallanganligidan va o‘zbek bozorida ishlash istagimizdan darak beradi.

Bundan tashqari, TeliaSonera oxirgi uch yil davomida O‘zbekistonda qariyb 6 milliard so‘mlik homiylik ishlarini amalga oshirdi va bizning global Korporativ Ijtimoiy Mas’uliyat doirasida homiylik ishlarini davom ettiradi. Bugungi kunda Ucell O‘zbekistonda 8 milliondan ortiq abonentlarga ega va ishonamanki, ushbu raqam yana o‘sadi. Biz bozordagi mahalliy yondashuvni qo‘llaydigan va O‘zbekistonda mehmon sifatida o‘z mavqeining qadriga yeatdigan hurmatli o‘yinchimiz. Har kunlik faoliyatimizda biz hech qachon O’zbekistonning meros, madaniyat va urf-odatlarni esdan chiqarmaymiz, shuningdek bu yerda qay tarzda ish olib borilishni qadrlaymiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top