Infocom.uz

Smartfon bozoridagi dinamik ko‘rsatkichlar

Counterpoint Research va Canalys tahlilchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari smartfon bozoridagi dinamik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lib, Apple va Samsung kabi yirik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashayotgan Xiaomi va Transsionlarning bozordagi ulushi ortib borayotganini ko‘rsatdi.

Counterpoint Research olib borgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, jahon smartfon bozoridagi choraklik ko‘rsatkichlar 2022-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrdagi 3-chorak sotuvlar hajmi bo‘yicha:

  • Samsung – 13 foizga;
  • Apple – 9 foizga;
  • Mi va OPPO – 15 foizga;
  • VIVO – 14 foizga;
  • Boshqalar – 26 foizga va umumiy bozor ulushi hajmida esa 8 foizga pasayganini ko‘rish mumkin.

Transsion Group kuchli beshlikni savdosini pasayishiga va savdolarda yetakchilikka aylanoytgan Xitoy kompaniyasidir. Mazkur kompaniya o‘zining Techno, Infinix va Itel smatrfonlarini ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Garchi 3-chorakda Afrika va yaqin Sharqda sotuvlar hajmi o‘sgan bo‘lsa ham Shimoliya Amerika va Yevropada sotuvlar hajmi tushib ketgan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra to’rtinchi chorakda sotuvlar hajmi Hindistonning Divali, Xitoyning Bo‘ydoqlar kuni, va G‘arbda Qora juma (Чёрная пятница) bayramlari tufayli oshishini tahmin qilishmoqda.

Shunigdek, Canalys tomonidan olib borilgan tadqiqotda yuqoridagi 8 foizlik ko‘rsatkich 1 foizni tashkil etmoqda.

Ushbu tadqiqotda ham Transsion Group yirik beshlikka kirgan va Xiaomi o‘zining hamyonbop smartfonlari sotuvi ijobiy holatda ekanin deb ta’kidlanadi. Rossiya va dunyoning rivojlanib borayotgan bozorlari mazkur kompaniyaning mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda. Buning asosiy sababi sifatida, Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarini arzon kategoriyada emas balki premium segmentdagi smartfonlar ishlab chiqarishni boshlagani bilan keltirish mumkin.

Canalys tadqiqotchilari mobil aloqa bozorining o’rta va uzoq muddatli istiqboliga qarab, o’sishning yanada sekinlashishini konservativ ravishda bashorat qilmoqdalar.

Manbalar 1 2

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top