Infocom.uz

Smartfonlar uchun mutlaq bosim datchigi

Mazkur 3,8 x 3,8 x 0,92 mm kattalikka ega kichik sensor balandligi 50 sm o‘zgarishni to‘g‘ri aniqlay oladi. Ushbu metodika tashqi atmosfera bosimini datchik ichidagi vakuum kameraga nisbati bo‘yicha solishtirish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Qo‘shimcha harorat sensori mavjud bo‘lib, u harorat o‘zgarishi sababli balandlikni noto‘g‘ri aniqlashni bartaraf etishga mo‘ljallangan.

Boshqacha aytganda, foydalanuvchi binoning qaysi qavatida joylashganligini aniqlash imkoni paydo bo‘lsa, bu bino ichida, misol uchun, katta savdo obyektlarida kartografiya va navigatsiya uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Avtomobillar navigatorlari ko‘p qavatli to‘xtash joylari va ko‘p qavatli yo‘llarda yo‘l topa oladilar. Yangi qurilma 2013-yil yanvar oyida paydo bo‘ladi.

Datchikda Omron kompaniyasi o‘zining arterial bosim raqamli monitorlarini ishlab chiqishda qo‘llagan texnologiyalaridan foydalangan. Kompaniyaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Omron bosim datchigi, atmosfera bosimi o‘zgarishini MEMS aloqa texnologiyasi bilan sensor ichidagi vakuum kameraga nisbati bo‘yicha aniqlaydi. Bosimni mutlaq o‘lchash vakuum va tashqi atmosfera bosimi o‘rtasidagi bosimlar farqini aniqlash yo‘li bilan olinadi. Sensor harorat kiritilgan datchigiga ega bo‘lganligi hisobiga o‘lchashlar aynan havo harorati sababli kelib chiquvchi havo bosimi o‘zgarishlari bilan buzilmaydi.

APS-sensor jahonda eng aniq va samarali sensorlardan biri hisoblanadi. U faqatgina smarftonlar yoki planshetlarda emas, balki avtomobillar navigatsiya tizimlarida (mashina ko‘p qavatli avto to‘xtash joyi qaysi qavatida ekanligini biladi yoki estakada qaysi darajasi ekanligi farq qiladi) ham paydo bo‘lishi mumkin.

Manba: www.4pda.ru

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top