Infocom.uz

Sony CL-A2LAS – qo‘lda boshqariluvchi quvvat moslamasi

Sony kompaniyasining yangi CL-A2LAS zaryad olish qurilmasi elektr manbai bo‘lmagan joylarda turli qurilmalar quvvat olishi uchun birmuncha ishonchli va qulay moslama hisoblanadi. Yangi uskuna kichik generatorga ega, u kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. CL-A2LAS tutgichini uch daqiqa davomida aylantirib mobil telefonda taxminan bir daqiqa so‘zlashish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Favqulotda holatlar uchun energiya zahirasiga ega bo‘lish maqsadida qurilma 4000 mA/soat. sig‘imli akkumulyator bilan ham ta’minlangan.

Zaryad olish qurilmasi ikkita USB portga ega, buning hisobiga unga ikki qurilmani ulash mumkin. Yangi mahsulotning narxi 100 dollarni tashkil etadi.

Manba: www.onegadget.ru

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top