Infocom.uz

Sony firmasining mahsulotlari sifatiga yana bir bor ishonch hosil qildik

Vaqt o‘tib borgan sari ish hajmi ortib boradi, texnologiyalar rivojlanadi, shu sababli biz yangi 8-megapikselli Sony DSC F828 fotokamerasini sotib oldik. To‘g‘risini aytish kerak ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilardan birini tanlash ancha mushkul bo‘ldi. Lekin yana bir bor masala Sony foydasiga hal bo‘ldi. Nima uchun? Buni siz ushbu maqoladan tushunib olasiz. Bu reklama emas, faqat biz odat bo‘yicha tahririyatimizda nima yaxshi narsa paydo bo‘lsa, hammasi haqida batafsil yozib boramiz. Demak, ilgarigi kamera bilan yangisini (717 va 828) solishtirib o‘rganib chiqamiz.

Yangi kameraning tuzilishi (arxitekturasi) deyarli Sony F717 modeli kabi bajarilgan, lekin o‘ng tomonidan korpus bir muncha kattalashtirilganligi, surat olish tugmasining yanada qulay joylashtirilishi, oldingi modeldan ustunligi hisoblanadi. Shularning hisobiga kameradan har qanday holatdan surat olish paytida qiynalmay foydalanish mumkin. Yangi JK-displey kamera korpusi o‘ng tomoni yuqori qismida joylashgan bo‘lib rangli LCD-displeyi o‘chirilgan vaziyatda sozlash haqida qo‘shimcha ma`lumotlarni ko‘rsatib turadi. Korpusdagi foto yoritgichni multiselektordan foydalanmay ob`ektiv korpusida tugmacha yordamida o‘chirish va yoqish ham qulaylik yaratadi. 717 modelida zum tugmasi unchalik qulay emas edi, shu bilan birga elektr dvigateli bilan harakatga keltirilishi sababli bir muncha silkinish bilan ishlar edi. Bu aniq ishlashga halaqit qilardi.

828 modelida zum mexanik ishlaydi, ishonchli, ob`ektivda odatiy xalqa yordamida ishlashi fotosurat olishni odatiy va tez bajarilishini ta`minlaydi. Elektrodvigateldan voz kechish kameraning elektr quvvati sarflashida ham ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Ob`ektivda qo‘l yordamida fokusirovkani sozlash ham ko‘zda tutilgan, bu ba`zi holatlarda juda ham zarur bo‘ladi (ochiq diafragma bilan makrosurat olish, yorug‘likni kuchli qaytaruvchi ob`ektlar va kabilar).

Komandalar tugmalari joylashishi ham yaxshi, undan barmoqli surat olish tugmasidan barmoqni olmay turib foydalanish imkonini beradi. Umuman kameraning korpusi, uni qo‘lga qulayligi, boshqaruv tugmalari va richaglarini barmoqlarga qulay joylashtirilishi (yaxshi musiqiy asbobda bo‘lgani kabi), ob`ektivning yuqoriga va pastga burilish imkoniyatlari hammasi qulay va yaxshi o‘ylab bajarilgan konstruktsiyali tashkil etadi.
Yagona tomoni: kamerani zarblardan, namlikdan, yuqori elektromagnit maydonidan saqlash zarur.

Kamerada Carl Zeiss firmasining Vario – Sonnar ob`ektivi o‘rnatilgan. Bu ob`ektiv yaxshi yorug‘lik kuchiga (2-2,8) va yaxshi yoritilishga hamda zummirlash katta diapazoniga (28-200), makrosurat olish imkoniyatiga ega bo‘lib deyarli har qanday masalani hal etishga imkon beradi, biroq geometrik to‘g‘ri ob`ektlarni makrosuratga olishda dioptriya sezilib turadi (1-rasm).

pic

Ob`ektiv atrofi yoritilganda hamda tungi surat olishda yaxshi ishlaydi. (2-4 rasm).
Kamera to‘plagichida blenda ham kiritilgan, rezbasi (D – 58 mm) borligi esa deyarli har qanday yorug‘lik filtrlari va qurilmalardan foydalanish imkonini beradi.
Blenda o‘rnatilgan fotoyoritgichdan foydalanilganda va ob`ektivning 28-35 fokusli masofasida tasvirning qisman qorong‘ilashuvi (kashirovanie) kichik bir kamchiligi hisoblanadi (bunday hollarda blendani yechib olish kerak). Sony DSC F828 fotokamerasi boshqariladigan quvvatli o‘rnatilgan fotoyoritgachga, qizil ko‘zlarni qisman pasaytirish hodisasiga hamda uzoq vaqtli ekspozitsiyalarda fotoyoritgichdan foydalanish imkoniyatiga ega.

pic

(Goryachiy kontakt goryachiy bashmak)ka ega bo‘lgan deyarli har qanday uskunalar o‘rnatish imkonini beradi. Kamerada boshqa qo‘shimcha yorug‘lik manbalarini ulash ham ko‘zda tutilgan. Buning uchun ob`ektivning past qismi o‘ng tomonida АCC raz`yomi mavjud, bu raz`yomga har qanday yorug‘lik manbalarini. Har qanchasini ulash imkonini beradi. Bu studiyalarda ishlash paytida juda zarurdir. Faqatgina buning uchun kamerani katta energiya sarflamasligi uchun qo‘shimcha qurilmadan (puskateldan) foydalangan maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ulash sxemasi 5-rasmda misol keltirilgan.

Kamerada akkumulyatorli batareya o‘rnatilgan, bu batareya 717 modelidagi kabidir. Аmmo 1 Gbayt hajmli Flash-kartani o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘lgani sababli yana bitta akkumulyator qo‘shimcha bo‘lsa va blok pitaniyadan akkumulyator kameradan alohida quvvat olish imkoniyatiga ega bo‘lganida juda soz bo‘lar edi. Аytgandek. Ikki turli xildagi xotira kartalarining qo‘llanilishi imkoniyati ham modelning universalligini oshiradi. Suratlarni tahrir qilish (o‘chirish) ham endi qulay, chunki korzina tugmalari va boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri orqa panelgan joylashtirilgan. Ikki marotabalik bo‘lsa ham raqamli zum ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi, lekin bu fokusli masofali (28-200) ob`ektiv uchun bu yetarli.
Hamma asosiy texnik ko‘rsatkichlari jadvalda berilgan Sony Cyber-Shot DSC F828 ehtiyot qismlari

pic

Sony DSC F828 raqamli fotokamera, tarmoq adapteri\tarmoq kabeli bilan qavvat manbai АC-L15АC qurilmasi, NP-FM50 InfoLithium akkumulyator batareyasi, videokabel, USB kabeli, dasturli ta`minot, foydalanish qo‘llanmasi, ob`ektiv qopqog‘i, blenda, bo‘yinga osish kamari.

pic
pic

Oq rangli kuchli sun`iy yoritiluvchi xonalarda o‘zgartirish imkoniyati yetarlicha emas. Uning kuchini konversion svetofiltrlardan foydalanib moslashtirish mumkin (6-7 rasmlar).
Ultrabinafsha nurlari kuchli bo‘lgan joylarda tip =UF – 1* kabi neytral svetofiltrlardan foylanish kerak bo‘ladi. U asosiy ranglarni o‘zgartirmay ortiqcha ultrabinafsha nurlarini to‘sib qoladi. Umuman olganda bu filtrni ob`ektivdan umuman echmasa ham bo‘ladi, chunki u mexanik zararlanishlardan ham saqlaydi.

pic

Yetarlicha yoritilmagan xonada surat olinganda surat bir oz xiralashdi. Qo‘shimcha yorug‘lik yoki tungi surat olish rejimidan foydalanib bu kamchilikni yo‘qotish mumkin. Lekin tungi surat olish rejimidan foydalanganda shtativdan foydalanish va ob`ektlar nisbatan harakatsiz bo‘lishi kerak. Ko‘p kadrli surat olish rejimi ancha qulay va yaxshi ishlaydi. Bu harakatlanayotgan ob`ektni suratga olish va eng yaxshi kadrni tanlab olish imkonini beradi. Ekspozitsion vilka bilan ko‘p pozitsiyali rejim ham mavjud.
Juda kontrast va yorqin ob`ektlarni suratga olishda kontrasti va ranglar to‘qligini boshqarish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Аmmo bu asosan grafik kompyuter dasturlaridan foydalanmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri suratni chiqarishda (kamera konstruktsiyasida ana shu imkoniyat ham bor) yuzaga keladi.
Videokliplarni ham yozib olish mumkin, buni ilgarigi modeldan ko‘ra ancha yaxshi sifat bilan bajarish mumkin, diktofon sifatida foydalanish mumkin.
Sony DSC F828 ko‘plab professional imkoniyatlarga ega (qo‘l yordamida surat olish, ekspozitsiya va diafragma bo‘yicha tanlab suratga olish rejimi, qo‘l bilan sozlash, turli xil qurilmalar va filtrlar o‘rnatish uchun rezba, qo‘shimcha yorug‘lik imkoniyati, ko‘p kadrli surat olish va shu kabilar). Bularning hammasi ushbu kamerani turli xil vaziyatlarda yuqori sifatli surat olishga imkon beruvchi zamonaviy, ko‘p imkoniyatlarga ega, yaxshi ishlangan apparatlar qatoriga qo‘yadi.

pic

Umuman aytganda kamera har tomonlama yaxshi va undan foydalanuvchi juda quvonadi.
Endi faqatgina maqtab bir og‘iz gap aytish qoldi. Gap shundaki, Sony DSC F828 oldingi modeldan farqli ravishda Sony firmasining o‘zi ishlab chiqaradigan va 8-megapiksellik kamera uchun xotirasi bugungi kunda yetarlicha bo‘lmagan hamda ancha qimmat bo‘lgan, Memory Stick xotira kartasi uchun raz`yom bilan birga CF (Compact Flash) xotira kartasi, hatto 10 Gbaytgacha hajmdagi IBM micro Drive turidagi privodni ulash uchun ham raz`yomga ega. Shu sababli biz 1 Gbayt sig‘imli va atigi 65 $ turadigan CF xotira kartasini sotib olganimiz eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz. Kameraning o‘zi bugungi kunda taxminan 810 $ atrofida sotiladi (to‘g‘ri bu narxlar Moskvada), demak, xotirasi hajmi yetarli bo‘lgan va ajoyib imkoniyatlarga ega 8-megapikselli fotokamerani 1Gbayt sig‘imli CF kartasi bilan birga 900 $ dan arzonga sotib olish mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top