Infocom.uz

SuperJob “Beeline Business” bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

“Boshqa kompaniyalardan farqli, Internet biz uchun qo‘shimcha kommunikatsiya kanali emas, balki xizmat sifatiga katta talablar qo‘yuvchi ish faoliyatimizning asosiy manbaidir, – qayd qiladi “CONCEPTUALL-JVSD” MCHJ Bosh direktori (SuperJobning O‘zbekistondagi SB) Vitaliy Stolyarov. – “Mobil ofis” xizmatiga ulangandan va “Ofis 5 daqiqada”ni sinovdan o‘tkazganimizdan so‘ng, biz “Bilayn” foydasiga ongli tanlovni amalgam oshirdik. Natijada bu bizga nafaqat uzluksiz faoliyatni kafolatladi, balki mobil Inernetga bo‘lgan xarajatni to‘rt marta qisqartirdi.

beeline_11_04_2011

Eslatib o‘tamiz, “Ofis 5 daqiqada” – bu telefon aloqasi, Internetda ishlash, hamda kompyuter tarmog‘ini tashkillashtirish uchun kompleks yechimdir. “Bilayn” SIM-kartali ixchamgina 3G-router statsionar telefonni ulagan, xodimlarga internetda ishlash imkoniyatini taqdim etgan hamda lokal tarmoqni sozlagan holda butun ofis ishini mustaqil ravishda tashkillashtirish imkoniyatini beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “O‘zbekiston uchun noyob hisoblangan xizmatni biznes-bozorga birinchi bo‘lib taklif etganimizdan g‘oyat xursandmiz. Hamkorligimiz mijoz xarajatlarini optimallashga yordam beribgina qolmay, www.superjob.uz faoliyatining samaradorligini oshirishiga ham ishonamiz. Mamlakatning barcha hududlarida davom etayotgan 3G tarmoqlarini kengaytirish ishlari oqibatida “Ofis 5 daqiqada” xizmatiga bo‘lgan talab faqatgina o‘sib boraishi shubhasiz”.

3G-routerga, tarmoq kabeli yordamida ulangan 2 ta kompyuterdan tashqari, 64 tagacha kompyuter va Wi-Fi dan foydalanilgan boshqa moslamalarni, shuningdek, 1 ta statsionar (analogli) telefon apparatini ulash mumkin. 3G-routerning dasturiy ta’minoti ayni vaqtda “Bilayn” ning 3G tarmog‘ida moslamaning ishini ta’minlash uchun avvaldan o‘rnatilgan moslamalarni o‘z ichiga olgan. Asbob-uskunalarni mustaqil sozlash uchun maxsus interfeys ko‘zda tutilgan. Xizmatga ulanishning bahosi QQS siz $300 ni tashkil etadi. Batafsil ma’lumot – http//b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top