Infocom.uz

Takara Tomy kompaniyasidan Omnibot I-SODOG robot-kuchukcha

Takara Tomy kompaniyasi Omnibot I-SODOG laqabli robot-kuchukchani namoyish etdi. U musiqa navolari ostida raqs tushadi, 50 ta ovozli buyruqni bajara oladi va hatto smartfon yoki planshet ekranidagi virtual ovqatni yeydi. Bundan tashqari, Omnibot I-SODOG kuchukcha sifatida ham biror predmet ustida turib, odatdagi itlardek, uni qo‘riqlay oladi.

Yangilikning yana bir o‘ziga xos jihati mavjud — robot ma’lumotlarini smartfoningizga joylab, «kuchukchani» o‘zingiz bilan ishga olib borishingiz mumkin. Kun mobaynida bo‘lgan hamma yozuvlar yana qayta robotga ko‘chiriladi.

Omnibot I-SODOG savdoda 2013-yil bahor faslida paydo bo‘ladi, uy robotining bahosi taxminan $400 bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.gismodo.ru

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top