Infocom.uz

Talabalarning birinchi media konferensiyasi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “O‘zinfokom” markazi ko‘magida tashkil etilgan anjumanda yurtimizdagi bosma va elektron OAV vakillari, agentliklar, ijodiy tashkilotlarning rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

img_4477

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori G‘.Muhamedov, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari A.Xodjaev, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri S.Ostonov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyat hayotini isloh etish va yangilash jarayonida bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Bugun mamlakatimizda voqelikni xolis, oshkora va faol yoritish uchun OAVga barcha sharoit va imkoniyat yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarni tezkorlik bilan keng ommaga yetkazayotgan internet jurnalistikasi bugungi axborot makonida alohida o‘ringa ega. Yurtimizda o‘tkazilayotgan turli ijodiy tanlov va loyihalarda internet jurnalistikasi ijodkorlari faoliyatiga alohida e’tibor berilib, xalqimizning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda elektron nashrlar faol ishtirok etayotir. Ayni paytda mazkur yo‘nalishda yuqori salohiyatli, internet imkoniyatlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanib, aholini ishonchli axborot bilan tezkor ta’minlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir.

Jurnalist kadrlarni tayyorlashda mamlakatimizda yetakchi o‘rin tutuvchi O‘zbekiston Milliy universitetida bu ishlarni yanada takomillashtirish, internet nashrlarning jadal rivojlanayotganini inobatga olgan holda, bo‘lg‘usi mutaxassislarni sohaga oid yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, ilg‘or texnologik jarayonlardan xabardor etish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Universitetning yetakchi nashrlar bilan samarali hamkorlik qilayotgani, nazariy mashg‘ulotlar amaliyot bilan uyg‘un olib borilayotgani, turli ijodiy tanlovlar, seminarlar, anjumanlar, mahorat saboqlarining tashkil etilayotgani buning dalilidir.

Konferensiyada UzNet – O‘zbekiston internet hududi sharhi, bosma ommaviy axborot vositalari va ularning elektron muqobillari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari va internet kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar yetakchi portal yaratuvchilar vakillarining mahorat darslarida qatnashdilar.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top