Infocom.uz

Tanlov e’lon qilindi

Tanlov nominatsiyalari:

– eng yaxshi ijtimoiy-siyosiy gazeta
– eng yaxshi iqtisodiy nashr
– eng yaxshi sport nashri
– eng yaxshi bolalar nashri
– gazeta/jurnalning eng yaxshi dizayni uchun
– eng yaxshi internet-agentligi va nashri.

Tanlov o‘tkazish tartibi va shartlari

G‘oliblar 2006 yilning 1 sentabridan 2007 yilning 1 sentabrigacha olib borgan faoliyati natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Tanlovda g‘olib chiqish uchun quyidagi mezonlar belgilangan:

– ishtirokchining o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ommaviyligi;
– materiallarning rang-barangligi va dolzarbligi;
– badiiy-estetik bezatilishi.

Tanlov ishtirokchilari faoliyati nufuzli ekspertlardan tashkil etilgan hay’at tomonidan baholanib g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan tahririyatlar Jamoat fondi direksiyasiga yozma ravishda murojaat kilishlari lozim.

G‘oliblarni taqdirlash

Tanlov an’anaviy bo‘lib, g‘oliblar har yili sentabr oyida, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etiladigan mediaforum doirasida e’lon etiladi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘olibi Jamoat fondi ko‘magida MDH mamlakatlarining nufuzli ommaviy axborot vositalarida malaka oshirish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlovda qatnashish uchun arizalar ushbu e’lon matbuotda chop etilgan kundan boshlab quyidagi manzilda qabul qilinadi: 700129, Toshkent sh., A.Navoiy ko‘chasi, 30, 3-qavat, 5-xona.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top