Infocom.uz

TATUda ITPA 2008 ANJUMANI

Anjuman 22 sentyabr kuni ertalab plenar kengashi va ikkita o’qitish seminari o’tkazish bilan o’z ishini boshladi. Kunning birinchi yarmida qatnashchilar sho’’balarga bo’linib, Markaziy Osiyoga tegishli qiziqarli mavzularda – ochiq, kirish mumkin bo’lgan resurs dasturlari, arxitektura ishbilarmonligi, Koreyaga AT bo’yicha mutaxasislarni taklif etish, raqamli videokameraga yozish, RFID tizimlari va ilovalari bo’yicha ma’ruzalarda qatnashdilar. Seminarlar 40 daqiqa davomida ushbu sohani yaxshi biluvchi mutaxasislar tomonidan olib borildi. Ajratilgan maxsus joylarda qatnashchilar sohadagi eng so’nggi tadqiqotlar va yangiliklar bilan tanishib, ularni o’rganish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Anjumanning ikkinchi kuni esa ikkita zalda sakkizta konferents sessiya va bitta umumiy seminar o’tkazildi.

Anjumanning asosiy maqsadi Osiyoda AT rivojlanishi bilan qiziquvchi tadqiqotchilar va foydalanuvchilarning turli jarayonlarda olgan natijalarini, ular olib borayotgan ish uslublarini, yangi tadqiqotlar yo’nalishlarini muhokama qilish, shuningdek, ATning sanoatda qo’llanilishini kuchaytirish hamda e’tiborni kompyuter faniga jalb qilishdan iboratdir. Shu bois ATning yangi imkoniyatlarini namoyish etish va hududiy masalalarni muhokama qilish uchun ITPA-2008 anjumaniga barcha ekspertlar va mutaxassislar yig’ildilar. Butunjahon olimlari va tadqiqotchilari o’z kashfiyotlari yuzasidan ma’ruzalar qildilar.

Anjuman quyidagi umumlashgan mavzular bo’yicha tashkillashtirildi:
– Osiyoda AT kursi va strategiyasining regional tadqiqotlari;
– AT rivojlanishi;
– tijorat, davlat, biznes kabi yo’nalishlari bo’yicha korxonalarning biznes takliflari;
– o’qitish tizimi;
– kompyuterlashtirishni joriy etish;
– kompyuterlashtirishni tarqatish;
– Semantic Web kabi Web – texnologiyalar, va Web servis;
– multimedia texnologiyalari;
– internet va mobil aloqa;
– ochiq kirish mumkin bo’lgan resurslar va standartlar;
– olg’a surilgan yuqori turdagi kompyuter jarayonlari.

pic

Shuningdek, ITPA 2008 anjumanida Koreya «2008 yil Koreyaga axborot texnologiyalar bo’yicha mutaxassislarni taklif qilish» taqdimotini o’z ichiga olgan «Koreya AT ishlar bozori» mavzusidagi maxsus uchrashuv va suhbatlar ham o’tkazildi. Muloqotga AT tizimidagi ish tajribasi bir yildan kam bo’lmagan mutaxassislar taklif qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top