Infocom.uz

TATUga Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi muxtor elchisi tashrif buyurdi

tuit_5_04_2010_1

Uchrashuvda universitet rektori, O’zbekiston-Koreya do’stlik jamiyati raisi S.S. Qosimov elchi janoblariga universitetning Janubiy Koreya universitet va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari, hamda O’zbekiston-Koreya do’stlik jamiyati faoliyati haqida ma’lumot berdi. Elchi janoblari O’zbekiston va Koreya do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirishdagi ta’lim va tadqiqot ishlarida, hamkorlikning yangi bosqichlarida birgalikda ishlashga tayyor ekanligini aytib o’tdi.

Uchrashuvda O’zbekiston Do’stlik jamiyatlari Kengashi raisi – S.S.G`ulomov, Kengash a’zolari, «O’zbekiston-Koreya» do’stlik jamiyati kengash a’zolaridan janob Cho Sung Kil – “Super iMax (EVO)” Bosh direktori, janob Pak Yang Gyun – Koreya fuqarolari “Keminhe” Assotsiatsiyasi raisi, janob V.N.Shin – Koreya madaniyat markazlari assotsiatsiyasi raisi va boshqa a’zolar ishtirok etdilar.

Uchrashuv aziz mehmonlarni bahoriy o’zbek dasturxoniga taklif etish bilan yakunlandi.
Manba: www.tuit.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top