Infocom.uz

TATUning Samarqand filiali yangi binoda

Mamlakatimiz ta’lim tizimida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yosh avlodning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maxsus davlat dasturlari asosida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti va bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanayotir.

Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda davlatimiz rahbarining 2005 yil 2 iyunda qabul qilingan “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra, Farg‘ona, Qarshi, Nukus, Urganch va Samarqand shaharlarida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiallari tashkil etildi.

Universitetning Samarqand filialida ham asosiy diqqat-e’tibor axborot va kommunikatsiya sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilayotir. O‘tgan davr mobaynida filialni 1550 nafardan ziyod yoshlar bitirib, bugungi kunda turli korxonalar, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda bu yerda to‘rt yo‘nalishda bakalavr, ikki mutaxassislik bo‘yicha magistr kadrlar tayyorlanmoqda.

Uch qavatli ushbu zamonaviy binoda yoshlarning puxta bilim egallashlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. O‘ttizta o‘quv auditoriyasi, o‘nta kompyuter sinfi, ikkita laboratoriya kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, videokonferensiya zali, multimedia sinfi, lingafon xonasi, elektron kutubxona va axborot resurs markazi, sport zalida ham barcha imkoniyatlar mavjud. Ishonamizki, yoshlarimiz bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadi.

Shu kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosida mazkur universitet va uning joylardagi filiallaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: