Infocom.uz

Telefondan ko‘p foydalanish so‘lak ajralishini kuchaytiradi

Stomatologiya kolleji va VSPM tadqiqotchilik markazi (Hindiston, Nagpur shahri) olimlari mobil telefoni orqali ko‘p so‘zlashuvchi odamlarda quloqoldi so‘lak bezlari boshqacha tuzilishga ega ekanligini aniqladilar. Tadqiqotda 142 nafar ko‘ngilli inson ishtirok etdi, ularni «faol telefonchilar» va nazorat guruhiga ajratdilar. Loyiha doirasida olimlar tashqi ta’sir ko‘rsatishsiz bezlar ajratadigan suyuqlik hajmini o‘lchadilar va shu bilan birga, ultratovush yordamida ularning tasvirini suratga oldilar.

Natijalar vaziyatni juda yaqqol ko‘rsatib berdi. Faol telefon foydalanuvchilarida ancha faol qon aylanishi va sekretsiyasi bilan quloqoldi so‘lak bezlari kattaroq bo‘lib chiqdi. Foydalanuvchi odatda mobil telefonni ushlab turadigan yuzi tomonida ular nazorat guruhi bilan solishtirilganda 26 foizgacha ko‘proq so‘lak ajratib chiqarishi aniqlandi. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot doirasida faqat telefon foydalanuvchisi va ajralib chiqadigan so‘lak o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi ta’kidlandi. Biroq mobil telefoni nurlanishi va sabab-oqibatli bog‘liqliklari haqida gapirishga hali erta, buning uchun tadqiqotlarni davom ettirish kerak.

Manba: www.gizmodo.com

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top