Infocom.uz

Tesla muvaffaqiyati sirlari

Robot avtomobilni boshqarishi borasida olimlar ko‘p bosh qotirmoqdalar.

Ibtido

Tesla transport va energiya kompaniyasi hisoblanib, u o’zining “Tesla Motors” savdo belgisi ostida avtomobillar va “Tesla Energy” savdo belgisi bilan uy, tijorat va kommunal loyihalar uchun statsionar batareyalar ishlab chiqaradi. 2003-yilda Martin Eberxard va Mark Tarpenninglar tomonida Tesla Motors kompaniyasiga asos solinadi. Kompaniya mashhur ixtirochi va elektr muhandisi Nikola Tesla nomiga qo‘yiladi. Tez orada ikki asoschi yoniga Iyen Rayt kelib qo‘shiladi va uchovlon kompaniyaga investorlarni qidira boshlaydi. Shu payt ularning orasiga Ilon Mask kelib qo‘shiladi. Mask kompaniya uchun yig‘ilgan 7.5 million dollar investitsiya mablag‘larining 6.5 millioni o‘zi kiritadi. Kompaniya direktorlar kengashi J.B Straubel bilan birga beshtani tashkil etadi.

Ilon Mask

Kompaniyada faoliyati boshlanishida, Ilon Mask Tesla uchun ommaviy nutqlar so‘zlaydi va ko‘proq investitsiya jalb etishga harakat qiladi. Uning harakatlari natijasida 10 millionlab dollarlik investitsiyalar kompaniyaga kiritiladi. Mask kompaniyaga ilk daromadlarni olib kelish uchun qulay va zamonaviy sport avtomobillarini joriy etish va keyinchalik esa oddiyroq va arzonroq elektrik ulovlarni ishlab chiqarishni taklif etadi. Shu tariqa 2006-yilda Tesla o‘z bayroqdor mahsuloti Roadster (inglizchadan – “uzoqqa sayohat qiluvchi”, usti ochiq ikki o‘rindiqli avtomobil) avtoulovini taqdim etadi. 2008-yilda Ilon Mask kompaniya Ijrochi Direktoriga (CEO – Chief Executive Officer) aylanadi.

Roadster modeli

Roadster

Tesla Roadster 2008-yildan ishlab chiqarila boshlanadi. U elektromobillar uglerod gazisiz qanday qulayliklar olib kelishini ko‘rsatadi. O‘sha paytda nisbatan noma’lum avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan bo‘lsada, Roadster magistral yo‘llarda harakatlana oluvchi litiy-ion batareyalaridan foydalanilgan birinchi qonuniy avtomobilga aylandi. U, shuningdek, bir zaryadda 320 kmdan ortiq masofani bosib o’tishga qodir bo’lgan birinchi elektr avtomobil edi. Tesla dastlabki 4 yil davomida 2500 dan ortiq Roadsterlaning birinchi avlodini sotishga muvaffaq bo‘ladi. Aynan ushbu model Teslani yonilg‘i dvigatellarida harakatlanuvchi ulkan avtomobillar sanoatiga kirib borishini ta‘minlab beradi.

S Modeli, quvvatni saqlash va X Modeli

Tesla 2010-yilda ikkita yangi elektromobil ishlab chiqarishni boshlash uchun Fremont zavodini sotib oldi va jadal rivojlanishni boshladi. O’sha yilning oxirida Tesla NASDAQ indeksida paydo bo‘ldi va 50 yildan ortiq vaqt ichida buni amalga oshirgan birinchi AQSh avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. 2012-yil boshida Roadster ishlab chiqarishni to’xtatgandan so’ng, Tesla keyingi yozda S Modelini (sedan turidagi) ishlab chiqarishni boshladi. 2015-yil avtomobil ishlab chiqaruvchisi uchun yana bir ajoyib yil bo’ldi, chunki Tesla uy uchun Powerwall va Powerpack akkumulyator paketlarini taqdim etish bilan energiya saqlash yechimlarini taqdim eta boshladi. Ko’p o’tmay Tesla X Modeli deb nomlangan o’zining  uchinchi elektromobilini taqdim etdi.

Solar loyihasi, 3 Modeli va Y Modeli

2016-yilda Tesla SolarCityni sotib oldi va shu tariqa quyosh energiyasi o’yiniga ham kirdi. Aynan o‘sha paytda elektr transport vositalaridan tashqari quyosh va energiya yechimlarini o‘z ichiga olish maqsadida kompaniya o‘z nomidan “Motorlar” so‘zini olib tashladi.  Avvalgi modellari va yangi energiya korxonalaridan olingan daromadlar Teslaga kompaniya parkidagi eng arzon tanlov bo‘lib qoladigan 3 Modelini mukammallashtirish va ishlab chiqarish imkonini berdi. Ishlab chiqarish muammolari butun 3 Modelini ishlab chiqarish jarayonini murakkablashtirsada, ammo Tesla oxir-oqibat o‘rtacha narxda yetkazib berishga muvaffaq bo‘ladi va bu esa uni qisqa muddatda barcha davrlardagi eng ko’p sotilgan elektr transport vositalaridan biriga aylantirdi. Tesla 3 Modelidan keyin yangi elektromobilni namoyish etguniga qadar uch yil o‘tadi, Y Modeli (crossover) 2020-yilning mart oyida namoyish etadi.

S Modeli

S Modeli

S Modeli Teslaning eng uzoq vaqtdan buyon ishlab chiqarilayotgan elektromobili hisoblanadi. U 2012-yildan boshlab ishlab chiqarilmoqda. Ushbu sportkar 2015 va 2016-yillarda rozetkaga ulanadigan elektromobillar orasida eng ko‘p sotilish reytingida yetakchilik qiladi. Ancha arzonroq 3 Modeli va Y Modellari sotuvga chiqa boshlagach, S Modeli sotuvi ancha kamaygan. Shunday bo‘lsada u sedan turidagi elektromobil bozorida o‘zining hashamati va boshqarishdagi qulayliklari bilan ajralib turadi. Avtoulov 100 km tezlikka 3.1 soniyada chiqib, bir martalik quvvatlanishi avtomagistralda harakatlanganda 650km masofani bosib o‘tish imkoniyatini beradi.

Plaid S Modeli

Avvaliga Tesla oddiy eski Plaiddagi 625kmdan Plaid+da ko‘proq (835 km) masofa bosib o‘tilishini ma’lum etadi. Plaid+ning 3ta motorli shakli 320km yuqori tezlikka chiqadi. Soatiga 100km tezlikka chiqish uchun atigi 2 soniya talab etiladi. Bu Teslaning eng tezkor qo‘zg‘aluvchi elektromobili hisoblanadi.

Plaid+ 2021-yil oxirida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, Ilon Mask bir marta quvvatlaganda 640 kmda ortiq yuradigan elektr ulovga hojat yo‘qliligini takidlaydi. Uning fikricha, Plaid yangi modeli istemolchilarning muhim ehtiyojlarini qondira oladi va u juda ham ko‘rkam modeldir. Kompaniya Plaid+ga to‘lovni amalga oshirgan mijozlarga Roadsterning 2-avlodini alternativa sifatida taklif etmoqda.

X Modeli

X Modeli

Teslaning X Modeli elektromobillari ichida eng yirigi bo‘lib, S Modelidan keyingi ikkinchi eng uzoq ishlab chiqarilayotgan avtoulov hisoblanadi. Garchi X Modeli 2012-yilda namoyish etilgan bo‘lsada, ularning “Lochin qanotlari” eshiklari yetishmasligi sabab 2015-yilgacha kechiktirilgan edi. X Modeli yangilanishni boshdan kechirgach, elektromobil ikki yoki uchta motorda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Ikki dvigatelli ulov bir martalik quvvatlashda 580km yurishi mumkin. 100km tezlikka 3.8 soniya chiqa oladi va eng yuqori tezligi 250kmga yetadi.

X Plaid Modeli

Tesla uch dvigatellik Plaid versiyasi tufayli ilk X Modeli imkoniyatlarini payaytiradi. X Plaid bir martalik quvvatlashda 550km masofani bosib o‘tishi mumkin. Uning eng yuqori tezligi 260kmni tashkil etadi. 100kmga 2.5 soniyada chiqadi.

3 Modeli

Tesla tashkil topgandan buyon Ilon Mask hamma uchun qulay narxdagi avtomobilni taqdim etish kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini takidlar edi. 2016-yilda 3 Modelining taqdim etilishi bilan kompaniya o‘z maqsadiga ancha yaqinlashdi. Elektromobilning narxi 35 000 AQSh dollarini tashkil etgan. U 2017-yildan sotuvga chiqarila boshladi.

3 Modeli

Hozirgacha 3 Modeli dunyoda eng ko‘p sotilgan elektrda yuradigan avtoulov hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, 2021-yilda Tesla aynan 35 000$ turadigan 3 Modeli versiyasini sotuvdan olib tashlaydi. Hozirgi sotuvdagi versiyaning bahosi esa 41 990 AQSh dollarini tashkil etadi. Umuman olganda, endilikda 3 Modelining 3 xil versiyasi mavjud. Ular xaridorning talab va extiyojlari hamda sotib olish imkoniyatiga qarab farqlanadi. Eng arzoni Standard Range Plus deb atalib, uning bir martalik quvvati 420 kmga yetib, eng yuqori tezligi 220 km tashkil etadi va 100 km tezlikka 5.3 soniya sarflaydi.

Y Modeli

Y Modeli

Tesla o‘zining Y Modelini 2019-yilda e’lon qiladi. U X Modelining o‘rtacha yo‘l tanlamas versiyasida kichikroq krossover shakli hisoblanadi. Ushbu avtoulov 2020-yilning mart oyidan sotuvga chiqarilgan. Ushbu modelning ikki dvigatellik ikki shakli mavjud: uzoqqa yurishga mo‘ljallangan va tez yurishga mo‘ljallangan. Birinchi versiya bir martalik quvvatlashda 525km masofani bosib, 215 km/s maksimal tezlikka ega va 100km/s tezlikka 3.5 soniyada chiqa oladi. Uning qariyb 2 metr/kub yuk hajmi mavjud.

Tesla Semi

2017-yilning noyabr oyida ilk bor ommaga namoyish etilgan Semi yuk mashinasi kompaniya tomonidan taqdim etilgan ilk tijorat avtoulovi hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, haydovchi o‘rindig‘i markazda joylashgan va avtoulov 4ta alohida dvigatel bilan ta’minlangan. Semi yuk mashinasi turli quvvatlash kuchiga ega. Uning 2 dvigatelli versiyasi 450 km, 4ta dvigatelli versiyasi bir quvvatlashda 800km masofani bosib o‘tadi. Shuningdek, Mask ulovning namoyishida quyidagilarni takidlab o‘tadi:

  • yuk mashinasi kelajakda 1000 km masofani bir martalik quvvatlashda bosib o‘tishi mumkin;
  • har bir dvigatel alohida ishlash mexanizmiga ega. Bitta dvigatel ishdan chiqsa yoki quvvati tugasa, boshqasi orqali ulovni boshqarishni davom ettirish mumkin;
  • Haydovchida yuk mashinasining barcha ko‘rsatgichlarini kuzatish uchun oson va qulay onlayn ilova mavjud. U orqali barcha funksiyalar sodda amalga oshiriladi;
  • Boshqa yuk mashinalariga qaraganda, ushbu elektrik yuk mashinada bosh qismining aylanib ketishi (jackniffing) holati umuman uchramaydi. Bu holat yuk mashinasi haydovchisining eng havotirli vaziyatlaridan biridir;
  • Yuk mashinasini quvvatlash vaqti bor yo‘g‘i 15-30 daqiqani tashkil etib, uni quyosh batareyalari orqali ham quvvatlash mumkin;
  • Ulov tormoz tizimi to‘liq elektrlashtirilgan bo‘lib, tormoz bosilganda ajralib chiqadigan quvvat to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvvat yostiqchalariga yetib boradi va bosiladigan masofani uzaytirishga xizmat qiladi;
  • Elektrik yuk mashinasi mutlaqo xavfsiz bo‘lib, unda favqulodda holat yuz berganda avtomatik tormoz tizimi ishga tushadi, avtomatik masofa saqlaydi va qarama-qarshi tarafdan kelayotgan avtoulovga to‘qnashish xavfi haqida ogohlantiradi;
  • Avtoulov oynalari termoyadro portlashiga dosh bera oladi, unda hech qanday tezlik uzatish uskuna bo‘lmaganligi tufayli hech bir tezlik funksiyasi buzilmaydi va ta’mirlashga extiyoj qolmaydi;
  • Ulov 36 tonna yuk bilan avtomagistralda yuqori tezlikda harakatlanib, 100km o‘rtacha tezlikka ega bo‘lganda uning bir milya uchun sarflaydigan elektr quvvati 1.26$ga tushadi. Bu dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan yuk avtomobil harajatidan (1.51$) arzonroq deganidir.
Tesla Semi yuk mashinasi

Yuk mashinalar narxi batareyka hajmiga qarab 150 000$-180 000$ oralig‘ida bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar 3 yil ichida yoqilg‘i uchun 200 000$ tejab qolinishini takidlashgan. Birinchi Tesla Semi yuk mashinasi 2022-yil dekabr oyida PepsiCo kompaniyasiga yetkazilib berilgan. Undan tashqari Budweiser, Walmart, UPS kabi kompaniyalar ham Semi yuk mashinasiga buyurtma berishni boshlagan. Tesla Semi Nevadadagi Gigafactory zavodida ishlab chiqariladi. Unda haftasiga 5ta yuk mashina ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Teslaning kelajak elektromobillari

Cybertruck

Cybertruck pikapi

Kelajak pikapi deb atalayotgan Cybertruck o‘ta zamonaviy va elektrlashtirishning eng muvaffaqiyatli avtoulovlaridan biri deb qaralmoqda. 2019-yilning noyabr oyida Tesla tomonidan dizayni va tezlik imkoniyatlari namoyish etilgan. Tashqi ko‘rinishi 30 karatli zanglamaydigan sovuq quyilgan po‘lat konstruksiya va Teslaning maxsus zirhlangan oynasidan iborat. Mashina tomida joylashgan quyosh batareyalari har kuni qo‘shimcha 25 km yurishni ta’minlaydi.

Ulovning hozircha faqat qora mat rangi namoyish etilgan. 100km tezlikka 2.9 soniyada chiqishi va bir martalik zaryadka bilan 800km masofani bosib o‘tishi ma’lum qilingan. Elektroulov namoyishidan bir hafta o‘tgach kompaniya pikap uchun 250 000dan ortiq buyurtmalar oldi. 2020-yil fevral oyiga kelib esa, buyurtmalar soni 500 000dan ortdi. Cybertruckning aniq ishlab chiqarilishi sanasi hozircha no’malum bo‘lib qolmoqda. Kompaniya bir qancha kechiktirishlardan so‘ng 2023-yil o‘rtalarida mashina zavoddan chiqishni boshlashini ma’lum qildi.

Quyidagi jadvalda pikapning turli versiyalari parametrlarini ko‘rish mumkin.

ModelBatareya quvvati100 kmYuqori tezligiYuk sig‘imi
Bir motorli400 km6.5 soniya175 km/soat3,400 kg
Ikki motorli480 km4.5 soniya195 km/soat4,500 kg
Uch motorli800 km2.9 soniya210 km/soat6,300 kg

Roadsterning ikkinchi avlodi

Roadsterning ikkinchi avlodi

Yangi Roadster bir martalik quvvat bilan 1000kmgacha yurishi mumkin. U 100km tezlikka chiqish uchun bor yo‘g‘i 1.9 soniya sarflashi aytilmoqda. Uning yuqori tezligi 400km bo‘ladi. To‘liq elektrlashgan superkar sifatida Roadster aerodinamik muhandislik imkoniyatlarini maksimal darajada oshiradi, unumdorlik va samaradorlik rekordlarini o’rnatadi. 4 o‘rindiqli avtoulov tushiriladigan tomga ega va unda yetarlicha yuk hajmi mavjud bo‘ladi. 4ta g‘ildiraklari bir vaqtda harakatlana oladi. Sayohatchilar uchun qulay bo‘lgan ushbu elektroulovning boshlang‘ich bahosi 50 000$ni tashkil etadi. Roadsterning ikkinchi avlodi ham 2023-yilda yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Tesla ishlab chiqarish zavodlari

Teslaning zavodlari Giga nomli prefiksga ega bo‘lib, ularning birinchisi Kaliforniya shtatining Fremont shahrida bunyod etilgan. Boshqa mavjud zavodlari quyidagilar:

  • Giga Nevada
  • Giga Nyu York
  • Giga Shangxay

Shuningdek, qurilishi davom etayotgan zavodlardan ikkitasi Berlin va Texasda joylashgan. Kelajakda Tesla o‘z zavodlarini Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistonda qurishni rejalashtirmoqda.

Quyosh energiyasi mahsulotlari

Tesla 2016-yilda SolarCityni sotib oldi va o‘shandan buyon barcha quyosh energiyasi yechimlari uchun yagona markaz bo‘lishga e’tibor qaratmoqda. Uning quyosh tom plitkalari mahsuloti keng miqyosda ishga tushirilmagan va mavjud foydalanilayotganlar tomonida ko‘plab salbiy izoh va ta’surotlar qoldirilmoqda. Bunga sabab kompaniya mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga murakkabliklarga duch kelmoqda va uning o‘rnatib berish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jihatlari oqsamoqda.

Kompaniya o‘zining ikkinchi quyosh energiyasi mahsulotini ham bozorga chiqarishni rejalashtirgan. Bu quyosh panellaridir. Ularga uzoq muddatli kafolat beriladi va istalgan uylarning tomiga o‘rnatish imkoniyati bor. Ammo hali hamon o‘rnatuvchi personalning yetishmasligi va xizmat ko‘rsatish pastligi uning ommalashuviga to‘sqinlik qilmoqda.

Teslaning yana bir yangi mahsuloti quvvat devori va quvvat paketlari hisoblanadi. Ular qayta zaryadlanuvchi litiyli ion batareyalari bilan quvvatlanib, statsionar energiya saqlash mahsulotlari sirasiga kiradi.

Superquvvatlash tarmoqlari

Tesla superquvvatlash tarmog‘i kompaniyani uchinchi tomon quvvatlashiga bog‘liq bo‘lib qolishidan ozod etdi. Ushbu tarmoq o‘z ichiga Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi 2100dan ortiq quvvatlash stansiyalarini o‘z ichiga oladi. Faqatgina Shimoliy Amerikaning o‘ziga 1000ta quvvatlash stansiyasi to‘g‘ri keladi.

Tesla Bot

2021-yil avgust oyida kompaniya sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali oʻz-oʻzini boshqarish tizimini rivojlantirayotganligi haqida koʻplab tafsilotlarni eʼlon qildi. Agar u samara bersa, kelajakda Tesla avtomobili egalari mashinani boshqarishlariga xojat qolmaydi. Mashina sun’iy intellect orqali ishlaydigan bot orqali boshqariladi. Natijada, egasi ishdaligi vaqtida mashina taksichilik xizmatini qilib foyda keltirishi mumkin.

Tesla AI Boti

Albatta, bularning barchasi kelajak uchun tasavvurlar. Robot avtomobilni boshqarishi borasida olimlar ko‘p bosh qotirmoqdalar. Masalan, axborotlarga tayanuvchi sun’iy intellekt tabiiy ofat yoki noqulay ob-havo vaqtida, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishi, internet orqali ma’lumotlar uzilishi bo‘lganda qanday yo‘l tutishi hamon no’malumligicha qolmoqda.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top