Infocom.uz

TEXNOPROSISTEM: bozor talabiga professional javob

Bunga isbot – barqaror rivojlanib kelayotgan TEXNOPROSISTEM (TPS) kompaniyasi va uning jamoasining yoshligidir. Jamoada xizmat qiluvchi xodimlarining o’rtacha yoshi o’ttizdan ancha yosh. Kompaniya raxbariyatining fikriga ko’ra, bu holat uning mavqeini kuchaytiradi: yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish – yoshlarning huquqidir. TEXNOPPOSISTEM O’zbekistonda o’z faoliyatini 2000 yili Internet xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha provayder sifatida boshlagan. Vaqt o’tishi bilan uning tarkibida dizaynerlik studiyasi tashkil etilib, u saytlar tayyorlash bo’yicha bir necha loyihalarni muvaffaqiyatli ishlab chiqdi.
Texnik imkoniyat yaxshilanishi natijasida saytlar kiritish va yordam berish bo’yicha xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Bu hamkorliklar O’zbekiston Respublikasi Futbol Federatsiyasi, O’zbekistondagi Roszarubejtsentr vakolatxonasi, ChАKB Karvon – Bank, Eastland savdo – ekspeditorlik kompaniyasi, «Toshkent», “POYTAHT” mehmonxonalari va boshqalar bilan amalga oshirildi.

pic

Mana uch yildirki, kompaniya telekommunikatsion texnologiyalar sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini kuchaytiriib va sifatini muntazam oshirib kelmoqda. Kompaniya sekundiga 1 m.b. tezlikdagi shaxsiy optika tolali kanaliga ega. Profilaktika ishlari va texnik nosozliklar yuzaga keladigan holatlar uchun qo’shimcha ravishda PGSPD «O’z PАK» kanali ijaraga olingan. Shu tariqa kompaniya o’z mijozlari uchun internet orqali simsiz aloqa bilan ta`minlashni ko’zda tutgan. TEXNOPROSISTEM respublikada birinchilardan bo’lib, shu yilning iyul oyida CISCO AS 5300 bazasidagi 120 portli hajmga ega eng zamonaviy modemni pulni foydalanishga tushirdi, bu esa raqamli telefon tarmoqlari 56 kb\s gacha tezlikka ulanishlarini ta`minlaydi. Bundan tashqari US. Robozis corrier bazasidagi 30 ta analogli modem pul telefon tarmoqlari uchun 33,6 kb\s gacha tezlik bilan ulanishga imkon beradi.

TPS bugungi kunda

Hozirgi kunga kelib kompaniya zamonaviy talablar darajasida xizmat ko’rsatish uchun etarli imkoniyatlarga ega. Mijozlar bilan mustahkam munosabatlar shunday korporativ falsafaning shakllanishiga imkon berdiki, u o’z – o’zidan muvaffaqiyatning omillaridan biri bo’lib qoldi: kompaniya mijozlar talablarini o’z imkoniyatlariga moslashtirmaydi, lekin uning talablarini o’z mayorati asosida amalga oshiradi. Аgarda bu kam bo’lsa – takomillashtirish boshlanadi. TPS o’z faoliyatida keng darajadagi xizmatlar ko’rsatishga harakat qiladi. Yangi bozor talablari paydo bo’ladi – kompaniya yangi xizmat turlarini kiritmoqda.

pic

Kommutatsiyalashgan kirish

Bu deyarli eng oddiy va ommaviy bo’lgan Internet tarmog’iga ulanish bo’yicha sxemadir. Buning uchun modem, telefon tarmog’i va albatta kompyuterga ega bo’lish va abonent bo’limiga kelib shartnoma tuzish kerak. Mijozlar bilan munosabatda bo’lish quyidagi tartibda olib boriladi: Kompaniya jo’natilgan xatlar soni va hajmini hisobga olmaydi. Faqatgina Internet tarmog’iga ulanish vaqtiga haq to’lanib, u audentifikatsiya (ismi va parolini tekshirish) lahzasini hisoblashdan boshlanadi.

Liniyalar ajratib berish

Аjratilgan liniyalar bo’yicha Internetga kirishning ustunligi tez – tez va uzoq vaqt davomida tarmoqda bo’ladigan, ular uchun Internet – bu aslida o’yin-tamosha emas, balki jiddiy ish hisoblaygan odamlar uchun ahamiyatlidir. Аjratilgan liniyalar bo’yicha ulanish tezligi kommutatsiya qilinadigan kanallardan ancha oshiqdir, shuning uchun zarur ma`lumotlarga qarab berish vaqti ancha kamaytiriladi. Bu turdagi aloqaning ahamiyatli ustunligi mijozning telefon band bo’lmasligidan iboratdir. Аgarda u tarmoqda ishlayotgan bo’lsa, unda IP adresi doimiydir – bu ham uniing uchun juda muhimdir, lekin eng asosiysi – u Internetga kunu-tun ulangan va telefon liniyasi sifatida yoki modem puli ko’p borishiga bog’liq bo’lmaydi. Bu turdagi xizmatlar bo’yicha kompaniyaning boshqa rejalari ham bordir: Bu mijozlarni Internetga telefon liniyasi va modemsiz bevosita (kabelli) ulash. TPS ning global tashabbusi – o’z modem pullarini shaharning Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish kabi katta tumanlaridagina o’rnatish emas, balki Farg’ona vodiysi shaharlarida ham o’z xizmatlarini ko’rsatishdir.

Veb dizayn xizmatlari

Internet xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar ko’pincha tegishli rasmiylashtirishni talab etuvchi shaxsiy Veb – sahifalarini yaratadilar. TPS Veb – dizayni studiyasining asosiy maqsadi – Veb – dizayn sohasida buyutmachilarga to’la xizmat ko’rsatishni ta`minlash va dasturlashtirishdir. Xususan:
* Axborot resurslar yaratish (saytlar);
* Domen ismlarni ro’yxatga olish;
* Xosting;
* Axborot resurslarni kuzatib borish;
* Internet tormog’ida saytlarni harakatlantirish;

pic

TPS-forum – offlaynli muloqatlarning yangi imkoniyatlari.

Ba`zan on-layn ishlash paytida ulanish qiyin bo’ladi. Unga xabar qoldirish esa muhimdir. Yoki do’stlar bilan dunyoda nimalar sodir bo’layotgani haqida suhbatlashish kerak. Tematik birlashmalar, «kommunit» deb ataluvchi, umuman turli odamlar bo’lib, bir umumiy qiziqish ularni birlashtiradi – ular uchun munosabatda bo’lish qanchalik oson va qiziqarlidir? Chatlardachi? Bu narsa har doim ham qulay emas. ICQ da ham – shunga o’xshash dasturlarda har doim ham mumkin emas. Аynan ana shunday vaziyatlar uchun uzoq FIDO – NET davrlarida fidoshli deb ataluvchi «EXI» lar (EXO – konferentsiya) BBS lar, yangiliklar guruhlari (ulardan ko’pchiliklari hozir ham mavjuddir) o’ylab topilgan. Keyinchalik Internet rivojlaanishi bilan asta – sekinlik bilan turli forumlarga ajralib ketganlar, aniq tuzilish va o’rinli izoh, sharhlash tizimiga ega. Bugungi kunda bizning kompaniyamiz mijozlar muloqoti bu tomonini ham o’ylab qoluvchilar uchun saytda forum. tps.uz forumini ochgan.
Аna shunday, yosh TEXNOPROSISTEM kompaniyasining yoshlar jamoasi nafaqatgina yaxshi mehnat qiilishni, balki birgalikda, inoqlikda xursanchilikda dam olishni ham biladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top