Infocom.uz

To‘qqiz oy yakunlari tahlili

Yig‘ilishda Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarning bajarilishi, jumladan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, innovatsion loyihalar, mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlarini, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish dasturlarining, investitsion loyihalarning bajarilishi to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

2010 yilning 9 oyida Kompleks bo‘yicha jami 1 trillion 924 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko‘rsatildi. O‘sish sur’ati 2009 yilning shu davriga nisbatan 116,8 foizni tashkil etdi. Aholiga 925,4 milliard so‘mlik (106,3 foiz) pullik xizmatlar ko‘rsatildi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha 191,9 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi yoki rejaga nisbatan 175,1 foizga bajarildi.

Eksport prognozi ko‘rsatkichlari 123,8 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, yig‘ilishda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish orqali mentalitetimizga xos bo‘lmagan illatlar kelib chiqishining oldini olish, yoshlarni sportga jalb etish, sport inshootlaridan samarali foydalanish, yangi sport komplekslarini qurish hamda jihozlash, ularni yuqori malakali murabbiy kadrlar bilan ta’minlash, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash, arxiv ishini takomillashtirish, markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishining holati, qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishning ahvoli, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligida “ZiyoNET” axborot ta’lim portalini o‘quv-tarbiyaviy resurslar bilan boyitish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini yil yakunigacha so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top