Infocom.uz

To’rtinchi Xalqaro Markaziy Osiyo – ICI 2008 Konferentsiyasi

IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) va IFIP (International Federation for Information Processing) xalqaro tashkilotlari homiyligi ostida o’tgan ICI 2008 anjumanida ishtirok etish uchun axborot texnologiyalari, mobil va optik aloqa vositalari, tarmoq ichidagi aloqa, elektron va mobil tijorat uchun ilovalar, kelajak avlod tarmoqlarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish sohalaridagi ilmiy tadqiqot ishlari tanlab olindi.

Mazkur anjuman AKT haftaligi doirasida chet el olimlari va tadqiqotchilarining axborot texnologiyalari, optik va mobil internet, aloqa tarmoqlari va ularning elektron hamda mobil tijoratni tashkil etishda qo’llanilishi kabi muhim sohalarda olib borayotgan ishlari va tajribalarini almashlashni amalga oshirish uchun har yili o’tkazilayotgan anjumanlarning to’rtinchisidir.

ICI 2008 asosiy maqsadi simsiz va optik industriya sohasida olib borilayotgan innovatsion amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Konferentsiyaning ochilish marosimida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori S.Qosimov, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktor o’rinbosari A.Xodjaev, Italiya Universiteti professori Luidji Frattalarning tantanali ma’ruzalari tinglandi.

Konferentsiyaga Italiya, AQSh, Frantsiya, Isroil, Hindiston, Finlyandiya, Turkiya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya kabi qator xorijiy davlatlar olim va tadqiqotchilari ishtirok etmoqdalar.

Konferentsiya ishida jahon global tarmog’iga simsiz ulanish, mobil aloqaning uchinchi va to’rtinchi avlodlari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sektsiya yig’ilishlarida Evropa komiteti tomonidan tarmoqli texnologiyalar sohasida moliyalashtirilgan texnik loyihalar doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarning rivojlanishini aks ettiruvchi ishlar, shuningdek, simsiz tarmoqlarda xizmat ko’rsatish sifati va xavfsizlikni ta’minlash, tarmoq resurslarini boshqarish, sensorli va “ad-hoc” tarmoqlar, tasvirlarni kodlashtirish bo’yicha original ishlanmalar, ultra keng diapazonning qo’llanilishi va optik tizimlar hamda aloqa tarmoqlari sohasidagi tadqiqotlar muhokama qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top