Infocom.uz

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining talabalari o`rtasida”ALSKOM” sug`urta kompaniyasi tanlov e’lon qildi

alskom_4_05_2010_1

Taqdimot marosimida Universitet rektori, S.S.Qosimov, O’I bo’yicha prorektor A.Yu.Yusupov, “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekani M.A.Mahkamova, fakultet professor- o’qituvchilari, hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda “ALSKOM” sug`urta kompaniyasi bosh direktori, professor Tohirjon Iminov hamda bosh direktor o`rinbosari Farruh Hasanov ham qatnashdilar.

Tadbirda so`zga chiqqanlar tashkil etilayotgan tanlovni yuqori baxolab ta’lim hamda amaliyot o`rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada mustaxkamlashga hizmat qilishini alohida ta’kidlab o`tishdi.

Tadbir doirasida Universitet va “ALSKOM” sug`urta kompaniyasi rahbariyati “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish”, “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” va “Eng yaxshi sug`urta maxsuloti” nominatsiyalari bo`yicha pul mukofoti to`lanadigan tanlovni o`tkazish to`g`risidagi qo’shma qarorni imzolashdi.

Bundan tashqari “ALSKOM” sug`urta kompaniyasi rahbariyati tomonidan tanlovni yuqori saviyada o`tkazish, tanlov ishtirokchilariga qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida homiylik tarzida Universitetning Iqtisod va boshqaruv fakultetiga kompyuter topshirildi.

Tashkil etilgan tanlov Universitetda taxsil olayotgan talabalarni bugungi kun talablariga qanchalik javob berishini aniqlash bo`yicha qilingan ishlarning yorqin isbotidir. Zotan, o’tkazilgan tadbir sug`urta tashkilotining yuqori texnologik qaltisliklarni baholash hamda ularni sug`urta qilish sohasida kadrlarga ehtiyoji yuqori ekanligidan dalolat bermoqda.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top