Infocom.uz

Toshkent shahar telefon tarmog’idan yaxshi yangiliklar

Bugungi kunda Toshkent shahar telefon tarmog’i poytaxtimizning telefon aloqasidan foydalanuvchi 600 000 ga yaqin telefon raqamlariga xizmat ko’rsatadi, ulardan qirq foizdan ortiqrog’iga raqamli telefon stansiyalari xizmat ko’rsatadi. 2006 yil yakuniga kelib raqamli stansiyalar mijozlar umumiy sonining 68 % ga xizmat ko’rsatishi rejalashtirilmoqda.

pic

2005-2006 yillarda 250 ming raqamli telefon raqamlarini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 2005 yilda 22, 23, 50, 54, 55, 79, 40 ATSlar amal qilish rayonlarida hamda Oxunboboev, “Uzbekzoloto” va Qo’yliq aholi massivlarida istak bildirgan mijozlarga analogli ATSlardan telefon raqamlari raqamli ATSlar xizmat ko’rsatishiga o’tkazildi. TshTT yangi abonentlarining raqamlari quyidagicha boshlanadi: 123, 112, 363, 361, 393, 192.

2006 yilning birinchi choragida 24, 45, 46, 53 va 76 raqamlaridan boshlanuvchi ATSlar yangi elektron ATSlarga o’tkaziladi. Shu bilan birga olti raqamli telefonlarda birinchi ikki raqami (ATS indeksi) raqamli ATS uch raqamli indeksi bilan almashtiriladi, qolgan 4 raqami esa (mijozning shaxsiy raqami) ilgaridek qoladi. Faqatgina yangi stansiyada bunday kombinasiyali raqamlar bo’lmagan holatdagina telefon raqami to’la o’zgartiriladi. Mijozning istagi bo’yicha ham telefon raqami to’la o’zgartirilishi mumkin. Buning uchun turar joyi bo’yicha telefon uzeliga murojaat etish kerak bo’ladi. Mana shu ATSlar amal qilishi zonasida yashovchi barcha xohlovchilarni qayd etilgan telefon aloqasi bilan ta’minlash uchun yangi elektron ATSlarda qo’shimcha quvvatlarni kiritish ko’zda tutilgan. Buning natijasida telefon o’rnatilmagan oilalarda telefon o’rnatish keng imkoniyatlari paydo bo’ladi, aloqa sifati ham ancha yaxshilanadi, elektron ATS mijozlari xizmat ko’rsatish qo’shimcha turlaridan foydalana oladilar.

pic

Odindan haq to’langan “IP-telefoniya+Internet” universal kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish davom ettiriladi. IP-telefoniya bu xalqaro va shaharlararo telefon aloqalarini o’rnatish, haqiqiy vaqt rejimida faks jo’natishni tashkil etish va amalga oshirish vositasi sifatida Internetdan foydalanishga imkon beruvchi texnologiyadir.

Mana shu xizmatdan foydalanish uchun mijoz “IP-telefoniya+Internet” kartasini sotib olishi zarur. Har qanday telefondan (“O’zbektelekom” AK korxonalari tarmog’iga ulangan) kartada ko’rsatilgan maxsus kodni terish yo’li bilan qo’ng’iroq qilish mumkin. TshTT filiali “IP-telefoniya+Internet” kartochkasidan faqat Toshkentda emas, butun O’zbekiston hududlarida foydalanish mumkin, bunda respublika har qanday telefonidan amalga oshirilishi, IP-telefoniyaga ulanish bepul bo’ladi.

Toshkent shahri mijozlari uchun Internetga ulanishni tashkil etish ishlari yaxshilanadi. Hozircha Toshkentda barcha ATSlar ham raqamli emas, Internet tarmog’i ma’lumotlarini uzatish uchun analog ATSlarida texnik kamchiliklar mavjud (olti raqamli). Lekin ob’ektiv gapiradigan bo’lgan mijoz kompyuteri va internet provayderi o’rtasidagi aloqaning sifatsizligiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:

  • Provayderning uskunalari foydalanuvchining kompyuteri ulanadigan ATSdan ancha uzoqda joylashgan
  • Provayderda ishlab turgan telefon stansiyalari bilan ishlashga to’la moslashtirilmagan uskunalar o’rnatilgan
  • Foydalanuvchi qo’llayotgan uskuna yetarli quvvatga ega emasligi va modem texnik ko’rsatkichlaridan ortiq masofada bo’lishi

Provayderlar mijozlarga har doim ham o’zlarining texnik imkoniyatlari to’g’risida to’la ma’lumot bermaydilar degan xulosaga kelish mumkin.

Internet tarmog’iga ulanish sifatiga provayderlarning o’zlari javob beradilar, provayderlar ko’rsatayotgan xizmat sifatini Davlat aloqa inspeksiyasi nazorat qiladi. TshTT filiali uchun provayder – bu abonent, mijoz bilan tuzilgan shartnoma asosida munosabat olib boriladi. Internetdan foydalanuvchilar uchun yana bir muhim axborot:

Agar TshTT filiali ilgari modemdan foydalanganliklari uchun har oyda qo’shimcha haq to’lagan bo’lsalar, hozirda bu haq to’lash bekor qilindi. 2006 yilda ADSL texnologiyasini qo’llash bilan internetga yuksak tezlikda ulanish imkoniyatlari yana ham kengayadi.

Hozirgi kundayoq TshTT filiali aloqa tarmoqlaridan foydalanib ko’pchilik provayderlar ADSL texnologiyasi bo’yicha xizmat ko’rsatmoqdalar. Mana shu texnologiyadan foydalanilganda mijoz Internet tarmog’ida ishlash yuksak tezligiga va bir vaqtning o’zida tarmoqda bo’la turib telefondan foydalanishi mumkin bo’ladi, bugungi kunda analogli modemdan foydalanib “Dial-up” turidagi ulanish bunday imkoniyatga ega emas.

pic

Bugungi kundayoq TshTT filiali ADSL texnologiyasi bo’yicha keng polosada va yuksak tezlikda Internetga ulanish imkoniyatlarini 29, 144, 45, 134, 135, 132, 133, 136, 125, 54, 55, 56, 57, 58, 162, 67, 68, 169, 367, 74, 76, 78, 173, 118, 94, 97, 90, 92, 191, 93, 199 ATSlari mijozlariga taqdim etgan.

2006 yilda 134-135, 21, 24, 22, 23, 53, 54, 55, 162, 60, 63, 41, 42, 398, 116, 117, 170, 196 ATSlarda ADSLuskunalarini o’rnatish rejalashtirilmoqda. Mana shu xizmatdan foydalanish uchun shu to’g’risidagi ariza bilan telefon tarmog’iga murojaat etish zarur. Shartnoma imzolanganda TshTT filiali mijozga bepul modem o’rnatib beradi va 2 Mbit/s gacha tezlikda kafolatli ulanishni ta’minlaydi.

Kompyuter o’yinlari ishqibozlari ham e’tibordan chetda qolmaydilar. Hozirgi kunda TshTT filiali haqiqiy vaqt rejimida pro-geymerlar uchun kompyuterlar o’yinlari yangi xizmatini tatbiq etdi. Mana shu xizmatdan foydalanish uchun kompyuterga ega bo’lish kerak va o’yin hamda chat-serverlariga [url=http://www.gs.tshtt.uz]www.gs.tshtt.uz[/url] va [url=http://www.irc.tshtt.uz]www.irc.tshtt.uz[/url] saytlarida ulanish kartochkalarini sotib olishlari kerak. Ulanish kartochkasini narxi 5000 so’m, bo’lib bir oy davomida vaqtni hisobga olinmay o’ylash mumkin.

pic

Faks orqali axborotlar uzatishda qiyinchilikka duch kelayotganlarga bu haqida abonentga xizmat ko’rsatayotgan aloqa uzeliga xabar berishlarini maslahat beramiz, ushbu abonentlik liniyasiga maxsus kategoriya beriladi va axborotlar uzatish yaxshi sifati ta’minlanadi. Bu xizmat turi pulli, lekin oyiga atigi 575 so’m to’lanadi.

Xulosa qilib aytsak, 2006 yilda Toshkent shahar telefon tarmog’i yaxshi, sifatli va tezkor bo’ladi. Yangi elektron ATSlar ishga tushirilishi hisobiga abonentlar soni 200 mingdan ko’proqqa ortadi. Eskirib qolgan analogli ATSlarni elektron ATSlarga almashtirilishi bilan xizmatlar qo’shimcha turlaridan foydalanish bo’yicha mijozlarda yangi imkoniyatlar paydo bo’ladi. Umuman abonentlar ko’payadi, aloqa yaxshi bo’ladi, xizmatlar turlari yana ko’payadi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: