Infocom.uz

Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag’ishlangan pochta markalari

Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan zamonaviy Toshkentni xalqaro do’stlik va tinchlik ramzi deb atash mumkin.

YUNESKO Bosh konferensiyasining 34-sessiyasida 2007 yil 2 noyabrda Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini nishonlash haqidagi qarori qabul qilindi. Bu esa xalqaro hamkorlikning O’zbekiston poytaxti mohiyatiga yuqori baho berishidan dalolat beradi.

2007 yilda Xalqaro islom tashkilotining qaroriga binoan maorif, ilm va madaniyat bo’yicha Toshkent shahri siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotiizning jamlanmasi bo’lib hisoblanadi, bu yerda O’zbekistonning hayoti hal bo’ladi. Kelgusi o’zgarishlar rejasi tuziladi, buyuk kelajak poydevori quriladi.

2200 yillik yubileyi arafasida, o’zida qadimiy va zamonaviy me’morchilik urf-odatlarini uyg’unlashtirgan poytaxtimiz ko’rinishi tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketdi.

Ushbu bayramga «O’zbekiston pochtasi» OAJ tayyorlangan va O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag’ishlangan maxsus pochta markalari turkumi 2009 yil 17 avgustdan pochta muomalasiga chiqarildi.

marki_28_08_2009

Shu munosabat bilan bugun Toshkentpochtamtida maxsus xotira tamg’asini so’ndirish marosimi bo’lib o’tdi.

Pochta markalarida: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi – Oliy Majlis dinosi), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosi (Senat dinosi), Toshkent Xalqaro biznes markazi – (Toshkent Xalqaro diznes markazi), O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi – (Temyriylar tarixi davlat muzeyi), Turkiston saroyi – (Turkiston saroyi), G’azrati Imom majmuasi Baroqxon madrasasi – ( Hazrati lmom majmuasi Baroqxon madrasasi), Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi – (Qatag`on qurdonlarini xotirasi muzeyi) va Buyuk ipak yo’li xaritasi fragmenti – (Vuyuk ipak yo`li) tasvirlangan.

marki_28_08_2009_1

Kichik varaqning hoshiyasida Buyuk ipak yo’li xaritasi fragmenti tasvirlangan, alohida parchalar ko’rinishida: Shosh-Tepa qazilmalari qadimgi tangalari bilan eramizdan avvalgi l va ll asrlarda qazilmalar natijasida topilgan Kochin madaniyatining sopol idishlari, ochiq holatdagi «Qur’on» kitobi va masjid gumbazi (Hazrati Imom majmuasi) ostida Abubakr Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi va «TOSHKENT SHAHRINING 2200 YILLIGI *2009*» emblemasi tasvirlangan. Kichik varaqning tepa qismidagi milliy naqsh fonida «Toshkent shakrining 2200 yilligi» deb yozilgan.

marki_28_08_2009_2

Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini nishonlash kunlariga bag’ishlab poytaxtning Kuranti tasvirlangan va «Toshkent 2200 yoshda» sana 29.08.2009. O’zbekiston, Toshkent pochtamt yozuvi tushirilgan maxsus xotira tamg’asi tayyorlandi. Tamg’aning diagonali bo’yicha o’lchami 35 mm.

Kichik varaq va pochta markalar dizayneri U. Yusupaliyev.

Pochta markalarini maxsus xotira so’ndirish tadbirida Toshkent shahar hokimi A. To’xtayev, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston filatelistlar jamiyati vakillar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top