Infocom.uz

TOSHKENTDA “EVROSET” ALOQA SAROYI OCHILDI

Saroy “Zarafshon” restorani binolari kompleksida sobiq “Ardus” supermarketida joylashgan. Bizning mamlakatimizda birinchi aloqa saroyi ochilishi to’g’risida gapirib “Evroset” filiali boshqaruvchi direktori Timur Karimov shunday deydi: “Ochilish kunlarida biz xaridorlarga telefonlar eng mashhur ishlab chiqaruvchilarining 160 ga yaqin uyali aloqa telefon apparatlarini taklif etamiz. Bizning mahsulotlarimiz orasida Dolce Gabana dizayni bilan modellar ham va hatto Svarovski firmasidan strazalar bilan bezatilgan qimmatli telefonlar ham bor. Telefonlardan tashqari bu yerda raqamli uskunalar, fotokameralar, MP3-pleyerlar va hatto noutbuklar ham mavjud.

pic

Bugungi kunda “Evroset” yana o’nta aloqa salonlari ochildi, shu jumladan, Chirchiqda ikkita va bitta Yangiyo’lda. “Evroset” aloqa salonlarining umumiy soni O’zbekistonda endi 24 salonni tashkil etadi. Biz faqat Toshkentda emas, balki Farg’ona vodiysida ham faoliyat olib boramiz, 2006 yil oxirigacha salonlarimiz sonini 50 tagacha yetkazishni rejalashtirmoqdamiz, ular O’zbekistonning barcha viloyatlari markazlarida joylashtiriladi”.

“Evroset” aloqa saloni boshqa kontrabanda mahsulotlari yoki noqonuniy olib kirilgan telefonlar bilan savdo qiluvchilar bilan raqobat qilishi to’g’risida, ular ancha arzonligi to’g’risida savol berilganida Timur Karimov shunday javob berdi:

pic

“Bizning ba’zi raqobatchilarimiz bojxonadan o’tkazilmagan yoki shubhali mahsulotlar bilan savdo qilishlariga qaramay O’zbekistonda biz o’z biznesimizni juda muvaffaqiyatli boshladik. Biz soliqlarni qonuniy to’lab boramiz, mahsulotni kamida bir yillik kafolat bilan sotamiz, zarur bo’lgan hollarda sifatsiz mahsulotni ikki hafta davomida almashtiramiz, shu sababli bizning savdo hajmimiz faqat o’sib bormoqda. Masalan, Navoi ko’chasida joylashgan yarmarkada uyali aloqa telefonlari sotuvchilar juda ham ko’p bo’lsa ham bizning salonimiz savdo hajmi eng katta.

Aytgandek, bizning kompaniyamizda hozirda 100 dan ortiq xodimlar ishlamoqdalar, yangi salonlar ochilishi sababli ular soni ortib boradi. Shunday qilib, biz nafaqat bojxona to’lovlari va soliqlarni to’laymiz, balki ishchi joylarini ham yaratamiz. Biz taraqqiy etgan bozormiz, bizning xaridorlarimiz mana shu intilishimizda bizni qo’llab quvvatlaydilar.

Xodimlar to’g’risida ikki og’iz so’z. Bizning xodimlarimiz puxta tayyorgarlikdan o’tkazilib, sotayotgan texnika to’g’risida barcha ma’lumotlarni bilishlaridan tashqari, ular birinchi navbatda, mijozlarga xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan. Biz bugun ochayotgan ushbu saroyda janob MIJOZ hukmron bo’ladi”.

pic

Biz yangi Aloqa saroyi xodimlarining sotilayotgan texnikalar texnik ko’rsatkichlarini bilishlari mazmunida qanchaliy tayyorgarlikka ega ekanliklarini tekshirish ko’rmoqchi bo’ldik. Biz qandaydir ilg’or kommunikatorni tanlab berish iltimosi bilan sotuvchi-maslahatchi Yelena Patilisinaga murojaat etdik. Bizga bir necha modellar taklif etildi, ular orasida SonyEricsson P990i ham bor edi.

Elena bu model to’g’risida va uning barcha imkoniyatlari to’g’risida to’la ma’lumot berdi.
Haqiqatan ham “Evroset” xodimlari nimani sotayotganlarini biladilar.

Bizga ma’lum bo’lishicha “Evroset” aloqa salonlarida faqat uyali aloqa telefonlari, raqamli fotoapparatlar, audiotexnika, DECT standartidagi telefonlar, noutbuklar, xotira kartalari, xalqaro aloqa va Internet kartalari, ekspress-to’lov kartalari emas, balki hatto aviachiptalar xarid qilish mumkin ekan. Mahsulotni saroyning o’zida “Xalq banki” bilan shartnoma tuzib kredit asosida xarid qilish mumkin. Aytgandek uyali telefonlar aksessuarlari ancha keng turlari orasida men savdo rastasida “1 tasmani sotib ol va sen nogiron bolalarga yordam bergan bo’lasan” degan yozuvni ko’rib qoldim. Ma’lum bo’lishicha NBVOK markazi (nogiron bolalar va ota-onalar klubi) uyali telekonlarni olib yurish uchun tasmalar kichik ishlab chiqarishini tashkil etibdilar, bu tasmalar imkoniyatlari cheklangan bolalar tomonidan yasalgan. Demak, agarda siz saroyda bo’lsangiz TASMA SOTIB OLING. Faqat bolalarga emas, balki milliy ishlab chiqaruvchimizga ham yordam berasiz.

Mahsulotlar ajoyib, sifatli, asosiysi bizning bolalarimiz qalb qo”ri bilan bajarilgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top