Infocom.uz

Toshkentda Oz’bek-Hind axborot texnologiyalari markazi tashkil etilmoqda

Matbuot-konferensiyasida Hindiston respublikasining O’zbekistondagi elchisi janob Sharat Sabxarval, Hindiston respublikasi elchixonasi maslahatchisi janob Vinod Kumar Ilg’or hisoblash texnologiyalarini rivojlantirish markazi guruh muvofiilashtiruvchi(koordinator) janob Sandip Kulkarni ishtirok etdilar.

Mamlakatitmiz tomonidan O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish Agentligi Bosh direktori o’rinbosari janob A.D.Xodjaev va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori S.S.Qosimovlar ishtirok etdilar. Janob elchi aytganlaridek, ushbu markazni ochilishi bo’yicha tadbirlarni moliyaviy ta’minlash maqsadida Hindiston Respublikasi hukumati Hindiston ilg’or hisoblash texnologiyalarini rivojlantirish markazi (S-DAS) orqali 30 million hind rupiysi (700000 AQSh dollari) hajmida grand taqdim etadi.

Grand mablag’lari texnik uskunalarni sotib olishga, ma’ruzalar o’qish uchun hindistonlik mutaxassislarni taklif etishga, Hindiston o’quv muassasalarida o’qitish yo’li bilan O’zbekistonlik mutaxassislarining malakasini oshirishda foydalaniladi. O’z navbatida O’zbekiston tomoni tashkiliy tadbirlarni bajarish, markazga mos keladigan bino, xonalar taqdim etish, kommunikasion aloqa hamma turlari bilan ta’minlaydi. Markazni tashkil etish bo’yicha ijrochi etib, O’zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilandi.
Loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida yaqin 6-7 oy davomida TATU qoshida kamida ikkita 30-35 o’rinli to’la ta’minlangan o’quv sinflari tashkil etish rejalashtirilgan. Shu bilan bir qatorda tematika, o’qitish muddatlari va markazning ta’lim kurslari yo’nalishi aniqlanadi.

Yuqori malakali AT-mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ilg’or hind tajribalaridan foydalanuvchi markazning faoliyati asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:

* Dasturli kompyuter ta’minotlari sohasida professional qisqa muddatli kurslar
ko’rinishida treninglarni ta’minlash.
* Davlat xizmatlarini IT ko’nikmalariga o’qitish.
* O’zbekistonning oliy o’quv yurtlarida IT-o’qitishga ixtisoslashtirilgan IT bo’yicha pedagogik kadrlar malakalarini oshirish.
* eng zamonaviy dasturli mahsulotlar ishlab chiqishga o’qitish.
* Uskunalarni sinovdan o’tkazish, sozlash, test sinovlaridan o’tkazish, rivojlantirish, rejalashtirish, mijoz talablariga moslashtirish. Ishga tushirish, xizmat ko’rsatish, ya’ni loyihalarni amalga oshirish butun siklini ishlab chiqish va boshqarib borish bo’yicha trening. “Ma’lumotlar bazasini dasturli ta’minlash, vebdizayn, internet texnologiyalar va shu kabilarni yaratish bo’yicha loyihalarni rivojlantirish.

O’qitish dasturlarini yakunlanganidan keyin tinglovchilarga kerakli diplomlar topshiriladi:

* IT bo’yicha diplom (DIT)
* IT bo’yicha prodvinutiy diplom (PDIT)
* Biznes uchun hisoblash texnologiyalari bo’yicha diplom (DBTB)
* Linux bo’yicha diplom (DL)

Shu bilan birga bizning mutaxassislarimizning Puna shahridagi (Hindiston) S-DAS ilg’or hisoblash texnologiyalari maktabiga ko’chma kurslarimiz borishi ko’zda tutilmoqda, ular keyinchalik Toshkent axborot texnologiyalari markazi trenerlari bo’lib qoladilar.
Axborot texnologiyalari rivojlanishidagi Hindiston tajribalariga murojaat etish tasodifiy emas. Hozirgi kunda hindistonlik IT-mutaxassislar dunyoning ko’plab ulkan kompaniyalarida ishlamoqdalar.

Hindistonda yaratilayotgan dasturli mahsulotlar va yechimlar butun dunyoda tan olingan. IT sektori Hindiston iqtisodiyotida eng tez sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgan soha hisoblanadi: 2003 yilda Hindiston IT bozorida sotuv hajmi 12 milliard AQSh dollariga yetdi. IT sohasida 650000 kishi ish olib boradi, 2014 yilga kelib bu raqam 2 milliongacha yetadi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top