Sony korporatsiyasi bu texnologiyani portativ qurilmalar orasida ma’lumotlar almashish uchun ishlab chiqqan, biroq texnologiya qayta ishlab chiqilib o‘zining hozirgi holatiga kelgunga qadar, bu qurilmaga jahonning yetakchi grant korporatsiyalaridan takliflar tushgan edi.
Jumladan Samsung, Toshiba, NTT DoCoMo, Kodak, Canon, Nikon, Panasonic, Sharp, Olympus, Pioneer va Sony Ericsson shular jumlasidandir. Hozirgi paytda TransferJet texnologiyasini qo‘llaydigan quyidagi CXD3267AGG va CXD3268AGW chip turlari sotuvdadir [Viktor Demidov «Mobilnye sistemy», 51, 2009 god].
TransferJet chiplari 4, 5 GGs chastota oralig‘ida ishlaydi, bu bilan turli xil turdagi ma’lumotlarni 375 mbit/s dan 560 mbit/s gacha uzatish tezligi imkonini beradi. Lekin bu texnologiyaning kamchiligi shundaki, ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofa 3 sm dan kam bo‘lishi kerak emas. Bu kamchilikni ustun taraflari ham bor, ya’ni qurilmalar orasidagi masofa kamayishi bilan qurilma tok manbaining tejalishi, ulanish jarayonining intuitiv oddiyligini ko‘rsatishimiz mumkin.
TransferJet texnologiyasi standartiga mansub bo‘lgan W-USB texnologiyasi bilan solishtiradigan bo‘lsak, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz:
W-USB yordamida kompyuter perifiriyasiga ulanishni vujudga keltirish uchun qo‘llanilsa, TransferJet multimedia-kontentlari bilan ishlashga mo‘ljallangan.TransferJet texnologiyasini qo‘llanilganda uni alohida bir uzatish nuqtasiga to‘g‘rilash shart emas. Faqatgina uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofa texnologiya standarti bo‘yicha bo‘lishi zarur. TransferJet turli xil elektron qurilmalarda universal interfeys vazifasini ham bajaradi.
Agar W-USB, Bluetooth 3.0, TransferJet qurilmalarining qulayliklari va kamchliklarini o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak, quyidagilarni bilish mumkin:
• W-USB, Bluetooth texnologiyalari uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofasi uch metrdan oshmagan holatda ma’lumot uzatish tezligi (nazariy jihatdan) 480 mbit/s tezlikda bo‘la oladi.
• Transferjet texnologiyasida esa bu tezlik, albatta, masofasi uch santimetrdan oshmagan holda 560 mbit/s ga ega.
TransferJet qurilmasi yuqorida keltirilgan texnolgiyalardan faqat tezlik bilan ustivorligi bilan cheklanmay, quyidagi ustunliklarga ega:
• ma’lumotlarni shifrlash extiyoj yo‘qligi (ma’lumotlar uzatilayotganda va qabul qilinishda tashqi hujumni ta’siri eng ozligi)
• qurilmalarning o‘zaro avtorizatsiyalanishi va protokllarning sinxroniztsiyalanishi hamda TransferJet texnolgiyasi yuqori sifatli tasvir va HD-audio, video turidagi ma’lumotlarni simsiz aloqa orqali tez uzatish imkoniyatlarini beradi.
CEATEC 09 bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Toshiba kompaniyasi o‘zining namoyishlarida TransferJet texnologiyasini qo‘llagan holda bir qurilmadan ikkkinchi qurilma ma’lumot almashinishini ko‘rsatib berdi, ya’ni cho‘ntak personal kompyuteri orqali noutbuk bilan ulanib, ma’lumot almashish jaroyonini namoyish etildi. [Arseniy Gerasimenko «Sony TransferJet:560mbit/s bez provodov»]. Bu ko‘rgazmada Toshiba kompaniyasi TransferJet texnolgiyasini qo‘llanilgan audio, video texnikalarini ommaga namoyish etdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi davrda shubhasiz, TransferJet texnologiyasi infokommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida o‘zining ma’lumot uzatish tezligi yuqoriligi va sifatligi, ishonchligi, yuqori samaradorligi bilan turli texnologiyalarda keng qo‘llaniladi. Bo‘lajak mutaxassislar sifatida bizning vazifamiz esa uning ustunlik va kamchiliklarini o‘rganish va afzal jihatlarini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat.