Infocom.uz

Ucell – 6 million abonentlar tanlovi

UCell abonentlari soni tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Bu kompaniya tarmog’ini kengaytirish, yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish hamda mijozlarning turli ehtiyojlarini qondirishga qodir yangi tarif rejalarini va xizmatlarni ishga tushirish sababli mumkin bo’ldi.

“6 million – bu kompaniyamiz uchun katta muvaffaqiyat. Biz Usellni tanlagan barcha abonentlarga bildirgan ishonchlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etamiz», – deydi janob Oguz Memigyuven, XK COSCOM MChJning bosh direktori. – “Biz abonentlarimiz soni ortib borayotganligidan juda mamnunmiz. UCell abonentlarini yangi qiziqarli takliflar bilan xursand qilishni davom etadi”.

Ma’lumki, UCell eng zamonaviy mobil telefon aloqasi texnologiyalarini, jumladan, uchinchi avlod (3G) hamda yaqinda ishga tushirilgan to’rtinchi avlod (4G) tarmog’ini tatbiq etish bo’yicha yetakchilardan biridir. Bugunning o’zidayoq UCell abonentlari muloqot va ko’ngil ochish uchun barcha xizmat turlari, jumladan, video-qo’ng’iroq, internetga ulanish va mobil aloqa telefoni orqali katta hajmdagi ma’lumotlar uzatish kabi imkoniyatlardan foydalana oladilar. Innovasion va qulay xizmatlarni taklif etish, ayni paytda aloqa va abonentlarga xizmat ko’rsatishning yuqori sifati kompaniya faoliyatining asosoiy tamoyillaridir. UCell har bir abonentga doimo aloqada bo’lish va hayotini boy hamda qiziqarli qilishga yordam beradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top