Infocom.uz

UCell – 7 million abonent tanlovi

Kompaniya abonentlari soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. 3 oydan qisqa vaqt avval UCell abonentlari soni 6 millionga yetgan edi va endi yangi cho‘qqiga erishildi.

“Bizning kompaniyamiz uchun bu juda muhim voqea. UCell mamlakat aholisining ishonchini qozonishni davom etmoqda va barcha abonentlarimizga men o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman» – dedi janob Oguz Memigyuven, Ucellning bosh direktori. “Mobil telefon aloqasi insonlarning muloqot qilish va yaqinroq bo‘lishi uchun muhim vositadir. Biz kompaniyamiz abonentlarini yangi qiziqarli takliflar bilan xursand qilib kelaveramiz”.

UCell ushbu marrani qiziqarli tariflar, sifatli aloqa, yorqin brend va abonentlarning turli-tuman talablarini qondira oladigan eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan xizmatlar tufayli zabt etishga erishdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top