2010 yil 14 fevraldan 10 martgacha Siz o‘zingizga qadrli bo‘lgan bir UCell abonenti raqamini tanlab, u bilan joriy yil oxirigacha cheksiz so‘zlashish imkoniga egasiz.
Sevimli raqamni tanlab, “Yonimdasan” xizmatini yo‘lga qo‘yuvchi tomon (A abonent) xalqaro formatda B abonent telefon raqami bilan USSD- so‘rov yuborishi zarur.
“Yonimdasan” xizmatiga nimalar kiradi?
Sevimli raqam o‘rnatilgandan so‘ng har ikkala tomon bir-biriga 2010 yil 31 dekabrgacha bepul va cheklanmagan miqdorda qo‘ng‘iroqlar qilish, SMS va MMSlar yuborish imkoniga ega bo‘ladi.
B abonent taklifni qabul qilsa, sevimli raqam yaratishni yo‘lga qo‘yuvchi abonent hisobidan xizmatga ulanganlik uchun $ 1 yechib olinadi va har kuni har ikkala abonentdan mazkur xizmatdan foydalanganlik uchun $ 0.04 miqdorida abonent to‘lovi yechib boriladi.
Xizmatdan kompaniyaning faqat Prepaid abonentlari foydalanishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.