Infocom.uz

UCell: «Carucell» aksiyasining 3-bosqich g‘oliblariga sovrinlar topshirildi

10ta LCD televizorlar, 5ta kir yuvish mashinasi, 20ta mikroto‘lqinli pechlar, 50ta DVD-pleyerlar va yuzlab boshqa yutuqlar o‘z g‘oliblarini topdi.

Eng katta yutuq – «Chevrolet Captiva» avtomashinasi uchun sertifikat Surxondaryo viloyatidan Raqiba Mirzayevaga topshirildi. Bu “Carucell” aksiyasi davomida topshirilgan uchinchi avtomashinadir.

ucell_5_1_2011

“Mening xursandchiligim cheksiz. Bu go‘yoki tush”. – dedi Raqiba Mirzayeva. – “Men barcha UCell abonentlariga bu kabi aksiyalarda ishtirok etishni tilab qolardim. Albatta, omad ularga kulib boqadi”.

Aksiyada qatnashib, 3 va undan ortiq, lekin sovringa yetarli bo‘lmagan ballar to‘plagan 6000 nafar abonentlar tarmoq ichida bepul 30 daqiqa va 30 SMS ga ega bo‘ldilar.

ucell_5_1_2011_1

“Carucell” aksiyasi davom etmoqda. 2ta «Chevrolet Captiva» avtomashinasi, 20ta LCD televizorlar, 10ta kir yuvish mashinalari, 40ta mikroto‘lqinli pechlar, 100ta DVD pleyerlar hamda yuzlab tosterlar, fenlar, elektr choynaklar va dazmollar o‘z egalarini kutmoqda.

Aksiya qoidalari oddiy. Har bir balans to‘ldirilganda har 5 ming so‘m uchun bir ball beriladi. Mobil telefon aloqasi xizmatiga qancha ko‘p to‘lasangiz – shuncha ko‘p ballar to‘planib, sovrinlar yutib olishga imkoniyat ham shuncha katta bo‘ladi.

Aksiya besh bosqichdan iborat bo‘lib, 2011-yil 31-yanvarigacha davom etadi. Har bir bosqich yakunlanganidan so‘ng super-yutuq sifatida Chevrolet Captiva avtomashinasi, LCD televizorlari, kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pech, DVD pleyerlar va boshqa qimmatbaho sovrinlar topshiriladi.

ucell_5_1_2011_2

Bundan tashqari, aksiyada ishtirok etgan, biroq sovrin egasiga aylanmagan va aksiya yakunlariga ko‘ra 3 va undan ortiq ball to‘plagan har bir ishtirokchiga joriy kalendar oyi davomida foydalanish uchun tarmoq ichida bepul 30 daqiqa va O‘zbekiston bo‘yicha 30 SMS taqdim etiladi.

Batafsil axborotni www.ucell.uz sahifasida va kompaniya ofislarida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: