Infocom.uz

“Ucell” dilerlar uchun yangi imkoniyatlarni taklif etadi

– “Ucell” dilerlik tarmog‘i uzoq vaqt sinchkovlik bilan tashkil qilingan. Kompaniyangiz muvaffaqiyatlarida dilerlar rolini qanday baholaysiz?
– Albatta, faoliyatimiz ixtisoslashuvi dilerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Respublikaning har bir aholi punktlarida yirik ofislarni tashkil qilishning iloji yo‘q, bunga hojat ham yo‘q. Yuqori safarbarlikka ega, mahalliy bozor realliklaridan xabardor dilerlar brendni ilgari surish, bizni uyali aloqa bozorida jozibador qilish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirisha oladilar. Bizga faqatgina dilerlarning sodiqligi va rag‘batlantirilishlarini qo‘llab-quvvatlash qolmoqda. Umid qilamanki, biz buni uddasidan chiqmoqdamiz, chunki bugungi kunda butun respublika bo‘ylab kompaniya bilan 2500 ta diler muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

– Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanlaridan birida “Mobil diler” nomli loyiha haqida xabar berilgan edi. Ushbu loyiha haqida batafsilroq gapirib bera olmaysizmi?
– “Mobil diler” loyihasi dilerlar imkoniyatini kengaytirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Maxsus jihozlangan avtomobil, ko‘chma vitrina yoki mobil peshtaxtani tasavvur qiling. Ular yordamida to‘g‘ri ko‘chaning o‘zida, abonentlarni yaqin ofis yoki statsionar dilerlik shahobchasini qidirib, shaharlarda sarson bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymasdan, ularga tezkorlik xizmat ko‘rsatishning imkoni bor. Mobil diler hozircha kompaniyaning ofisi yoki statsionar dilerlik shahobchasi bo‘lmagan tumanlarda ham juda zarur. Potensial abonentlar uchun juda jozibali imkoniyat, shunday emasmi? Loyiha yangi abonentlarni jalb qilishga, hududlarni yanada to‘liqroq qamrab olishga, “Ucell” brendi imijini oshirishga qaratilgan. Bu kabi ko‘chma shahobcha mijozi o‘zini hech narsadan cheklangan his etmaydi, chunki maxsus avtomobillar nusxa ko‘chiruvchi texnika, printer, Internetga ulangan kompyuter, mobil kassa apparati bilan jihozlangan, bu esa abonentlarga qulay va tez xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashadi.

– Dilerlar uchun yana qanday yangi takliflaringiz bor?
– Ehtimol, dilerlar uchun eng yangi taklifimiz – 2012 yil iyul oyi boshida ishga tushirilgan “Ucell+” Dasturi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Biz uni abonentlarga kompaniyaning sim-kartalarni almashtirish kabi qo‘shimcha xizmatini taqdim etish bilan dilerlik savdo shahobchalarini samaralri rivojalantirish maqsadida tashkil qildik. Ma’lum bo‘lganidek, bugungi kunda mazkur xizmat faqatgina o‘z savdo ofislarida amal qiladi. Biroq, savdo departamenti abonentlik xizmat ko‘rsatish departamenti bilan hamkorlikda uzoq tumanlarda ishlovchi dilerlarning cheklangan soniga mustaqil ravishda sim-kartalarni almashtirish xizmatini ko‘rsatish imkonini taqdim etishga qaror qildilar. Birinchi bosqichda ushbu xizmat Angren, Yangiyo‘l, Ohangaron, Bekobodda amal qiladi, keyin orttirgan tajribamizni mamlakatning boshqa viloyat va tumanlariga tarqatamiz.

– Ishqibozlari ko‘p bo‘lgan dilerlar uchun tanlovlarning ahvoli qanday?
– Tanlovlar – rag‘batlantirishning ajoyib vositasi va biz ularni bekor qilish niyatimiz yo‘q. Hozirgi paytda savdo departamenti muntazam ravishda “Hisobotlar topshirish bo‘yicha eng yaxshi diler” va “Eng yaxshi operator” tanlovlarini o‘tkazmoqda. Chorak yakunlari bo‘yicha ishtirok etish uchun nomzodlar aniqlanadi, keyin ular ichidan adolatli tanlov asosida eng yaxshilar tanlanadi va qimmatbaho sovg‘a hamda kompaniyaning yodgorlik mahsulotlari bilan taqdirlanadi.

Eng ahamiyatli va ana’naviy tanlovlardan biri, shuningdek “Eng yaxshi diler” tanlovi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida kompaniya biznesi rivojiga eng katta hissa qo‘shgan hamkorlar uchun biz xorijiy safarni tashkil etamiz. Jumladan, keyingi uch yil ichida eng yaxshi dilerlar Turkiya (Antalya), BAA (Dubay) va Malayziya kabi mamlakatlarida bo‘ldilar. Bir sir aytaman, bu yili biz dunyoning eng ekzotik mamlakatlaridan biriga safarni rejalashtirganmiz.

Savdo departamenti doimiy ravishda dilerlar uchun rag‘batlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqadi, bu bizni dilerlar uchun jozibali hamkorlarga aylantiradi. Yaqinda dilrlar uchun ishga tushirgan yana bir tanlovimiz – bu “Men Ucellni sevaman” fototanlovi. Uning shartlari oddiy: istalgan diler o‘zining asl suratlarini “Ucell”ga bog‘lagan holda jo‘natishi mumkin. Tanlov yakunlari bo‘yicha eng yaxshi suratlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdiralanadilar.

Bundan tashqari, bu yili biz dilerlar uchun rag‘bat sifatida bir nechta ajoyib sovg‘alarni tayyorlab qo‘yganmiz! Shuning uchun dilerlarimiz ishlashsin, sotishsin va ishlab topishsin!

– Dilerlariz bilan qay holda aloqani ushlab turasizlar? Siz ular bilan faqatgina maxsus tashriflar yoki tekshiruvlar paytida uchrashasizlarmi?
– Yo‘q, albatta, biz dilerlar bilan juda uzviy va doimiy aloqada ishlaymiz. Bu yerda faxrlansa arziydigan “nou-xau”larmiz bor. Xususan, biz tomondan ishlab chiqilgan “CRM” Dasturi – “Ucell” savdo departamenti xodimlari hisobiga 2011 yil may oyida yaratilib, joriy qilingan noyob loyiha. Bugungi kunda mazkur dastur istalgan dilerlik shahobchasini ko‘rish, avtomatik sozlov rejimida dilerlarni tug‘ilgan kun va boshqa bayramlar bilan tabriklash, dilerlar faoliyatining aktivligini kuzatish, qoidabuzarliklar, ulanishlar soni va boshqa ko‘p narsalar haqida bilib olish imkoni beradi. Biz ko‘p minglab dilerlar armiyasini yagona bazaga birlashtirish imkonini beruvchi “CRM” funksiyalarini kengaytirish ishlarini davom ettiramiz. Men sanab chiqqan ishlanmalar o‘xshashi yo‘qligi va O‘zbekistonda noyobligini alohida qayd etmoqchiman. Biz “Facebook” mashhur ijtimoiy tarmoqda dilerlar uchun maxsus “Ucell Dealer” dilerlar guruhini ham tashkil qildik. Guruh mamlakatning turli chekkalaridan bo‘lgan dilerlarga bir-birlari, shuningdek kompaniya xodimlari bilan muloqot qilish, eng oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lish, o‘z muvaffaqiyatlari, xursandchiliklari va muammolari bilan bo‘lishishlari uchun imkon beradi. Sodiq dilerlar bizga atab she’rlar yozadilar va ularni sahifamizda joylashtiradilar. Dilerlarimizdan ijobiy sado olish, ularning muloqot qilishga kayfiyati va intilishlarini his qilish bizga katta mamnuniyat baxsh etadi. Dilerlar – bizning oila va “Ucell” muvaffaqiyati ko‘p ma’noda aynan ularga bog‘liq.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top